|
Mis elementlari va qotishmalarining turlari
|
bet | 9/9 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #112712 |
Bog'liq 4 Amaliy mashg
DST 859-66 ga ko‘ra, misning quyidagi markalari mavjud: MOO, MO, M1, M2, MZ, M4.
MOO da 99,99 %, MO da 99,95 %, M1 da 99,90 %, M2 da
99,70 %, MZ da 99,5 %, M4 da 99 % mis bo‘ladi.
Juda toza mis navlarining elektr o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lganligi uchun ular radiotexnika va elektrotexnikada keng qo‘llaniladi. Qolgani, asosan, mis qotishmalari tayyorlash uchun ishlatiladi. Mis qotishmalari ikki guruhga: latunlar va bronzalar guruhiga bo‘linadi.
Latunlar. Asosan, mis bilan ruxdan iborat qotishmalar latunlar deb ataladi. Texnikaviy latunlar tarkibida rux miqdori 45 % ga yetadi. Latunlar L harfi va raqamlar bilan markalanadi. L62, L68, L — latun ekanligini, 62 — misning % miqdorini ko‘rsatadi. Latun tarkibida ruxdan boshqa legirlovchi elementlar bo‘lishi mumkin. Masalan: LS74-3, LO70-1, LAN59-3-2, LMs-58-2. Markadagi birinchi son misning % miqdorini, qolgan sonlar tegishli elementlarning % miqdorini ko‘rsatadi. Bu maxsus latun tarkibida elementlar quyidagicha belgilanadi. A — aluminiy, S — qo‘rg‘oshin, O — qalay, J — temir, N — nikel, Mn — marganes, K — kremniy. Masalan: LMs58-2 - Si—58 %, Ms—2%, 2Z—40%. Latun markasi oxirida L harfi bo‘lsa, quymabop, L harfi bo‘lmasa, deformatsiyabop latunlar deyiladi. Masalan: Ak 80-3l.
Tarkibida mis miqdori ko‘p (A96, L90, L85 markali) latunlar tayyorlanadi. Bunday latunlar tompak deb ataladi.
Bronzalar. Misning qalay, aluminiy, qo‘rg‘oshin, berilliy va boshqa elementlar bilan hosil qilgan qotishmalari bronza deb ataladi. Mis bilan qalaydan iborat qotishma qadimdan ma’lum va bu qalayli bronza deyiladi. Tarkibida qalay bo‘lmagan qotishmalar ham bor, bular maxsus bronzalar deb ataladi. Bronzalar BR harfi tarkibidagi elementlarni bildiruvchi harflar va shu elementlarning o‘rtacha % miqdorini ko‘rsatuvchi raqamlar bilan markalanadi. Masalan: BrONST11-4-3 da 11 % qalay, 4 % nikel, 3 % qo‘rg‘oshin, qolgani misdan iborat.
Deformatsiyabop bronzalar: Br, Of 6,5-0, 25-BrOF-4-0,25, BrOTs-4-3, quymabop bronzalar: BrOg-10, BrOTsSN-3-7-5-1, BrOTsS12-5, BrOF10-1, aluminiyli bronzalar BrA bilan bel- gilanadi. Masalan: BrA7, BrAMs9-2, BrAJS7-1,5-1,5 va h.k.
Misning yuqorida ko‘rib chiqilgan qotishmalardan (latun va bronzalardan) tashqari, nikel bilan hosil qilgan qotishmalari ham bor. Bunday qotishmalar MN harflari, legirlovchi ele- mentlarni bildiruvchi harflar, nikelning va legirlovchi element- larning % miqdorini belgilovchi raqamlar bilan markalanadi. MNMs-3-12, MNJMs-68-2,5-15 monel qotishma, MNMs-15-20 neyzilbor, MN SAR milxior deb ataladi.
Nikel juda aniq va korroziyabardosh buyumlar tayyorlashda ishlatiladi.
|
| |