|
Rangli metallar va ularning qotishmalari
|
bet | 8/9 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #112712 |
Bog'liq 4 Amaliy mashg Rangli metall qotishmalarining xalq xo‘jaligida ishlatilishi
Xalq xo‘jaligida rangli metallar va ularning qotishmalarining ahamiyati katta. Xalq xo‘jaligining ba’zi sohalari, masalan, aviatsiya sanoati, raketasozlik, elektrotexnika va radiotexnikada rangli metallar va ularning qotishmalari asosiy konstruksion material hisoblanadi. Rangli metallarga oltin, kumush, platina, mis, aluminiy, rux, magniy, qo‘rg‘oshin, qalay, titan, nikel va boshqalar kiradi. Shularning ichida biz aluminiy va mis qotishmalariga oid ma’lumotni ko‘rib chiqamiz.
Aluminiyning ishlanishi va markalanishi
DST 11069-64 ga ko‘ra aluminiy 13 markada ishlab chiqari- ladi. Aluminiy markasi tozalik darajasiga qarab 3 guruhga bo‘li- nadi. 1-guruhga tarkibida 0,0001% gacha qo‘shimchalar bo‘lgan
nihoyatda toza aluminiy kiradi va ular A-999 bilan markalanadi. 2-guruhga juda toza aluminiylar, jumladan, A-995, A-99, A- 97, L-95 markalilar kiradi. 3-guruhga esa texnikaviy jihatdan toza aluminiylar: A-85, A-8, A-7, A-6, A-5, A-0, AE va Ac kiradi. Faqat A harfli markalarda qo‘shimcha element 1% ga yetadi. Sof aluminiy elektrotexnikada, asosan, kimyoviy apparatlar, alu- min qog‘oz, elektr simlari ishlab chiqarishda, aluminiy qotish- malari esa mashinasozlikda keng ishlatiladi.
Aluminiy qotishmalarining turlari
Aluminiy qotishmalari 2 guruhga: deformatsiyalanadigan va quymabop qotishmalarga bo‘linadi.
Aluminiyning bosim bilan ishlash uchun mo‘ljallangan deformatsiyalanadigan qotishmalari deformatsiyabop qotish- malar deyiladi. Bular, o‘z navbatida, termik yo‘l bilan pux- talanadigan va puxtalanmaydigan qotishmalarga bo‘linadi:
termik yo‘l bilan puxtalanmaydigan aluminiy qotishmasi jumlasiga A1-Mp va A1-Mg qotishmalari kiradi. A1-Mp tizimidagi qotishmalar AMg harfi bilan markalanadi. Masalan: AMs, AMg, AMgZ, AMg5 AMg7 va h.k. Markadagi raqam magniyning % miqdorini ko‘rsatadi;
termik yo‘l bilan puxtalanadigan aluminiy qotishmalari ichida eng ko‘p ishlatiladigani duraluminiydir. Duraluminiy tarkibiga mis Cu va marganes Mg kiradi. Duraluminiy A-Cu- Mg harflari bilan belgilanadi, uning belgilanishida raqamlar ham bo‘ladi. Masalan: D1, D6, D16.
D—duraluminiy ekanligini, raqam tartib raqamini bildiradi. Agar, qotishma tarkibiga rux qo‘shilsa, uning puxtaligi yanada oshadi. Ulardan V95 markalisi ko‘p ishlatiladi. Aluminiyning deformatsiyabop qotishmalariga uning bolg‘alash, prokatlash, shtamplash yo‘li bilan ishlanadigan qotishmalari kiradi.
Masalan: AK4, AK5, AK6 markalardagi raqamlar tartib raqamini bildiradi. Aluminiyning quymabop qotishmasi – bu qotishmalar ichida eng ko‘p tarqalgan A1-Si tizimidagi qo- tishmalar bo‘lib, ular siluminlar deb ataladi.
Siluminlarning ba’zi markalarida ma’lum miqdorda Si, Mg, Zp, P elementlari bo‘ladi. Aluminiyning quymabop qotish- malari AL harfi va raqamlar bilan markalanadi. Masalan: AL1, AL2, ALZ, ..., AL18, AL19V AL2 — normal silumin bo‘lib, A-8 magnoliydir.
|
| |