-rasm. Temir — uglerod qotishmalarining holat diagrammasi. ACD chizig‘i likvidus




Download 0,63 Mb.
bet3/9
Sana06.12.2023
Hajmi0,63 Mb.
#112712
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4 Amaliy mashg

5-rasm. Temir — uglerod qotishmalarining holat diagrammasi.
ACD chizig‘i likvidus chizig‘i bo‘lib, uning yuqorisida joylashgan hamma qotishmalar suyuq holatda, AECF chizig‘i esa solidus chizig‘i bo‘lib, undan pastda joylashgan hamma qotishmalar qattiq holatda bo‘ladi.
Chiziqlarning tavsifi diagramma murakkab ekanini, ya’ni 1 va 2 tiðdagi diagrammalar yig‘indisidan tashkil topganligini ko‘rsatadi. Bu yerda A nuqtadan E nuqtagacha 2 tiðdagi va E dan F gacha 1 tiðdagi diagrammalardir. Sovish jarayonida ara- lashmadagi uglerod miqdoridan qat’i nazar, AS chizig‘i bo‘ylab suyuq aralashmalardan qattiq eritmaning birinchi kristallari paydo bo‘la boshlaydi, bu austenit deb yuritiladi.
Demak, ACE hududida aralashma ikki fazadan iborat bo‘lib, suyuq aralashma va austenitdan tashkil topgan.
CD chizig‘i bo‘yicha suyuq aralashmadan qattiq sementit- ning kristallari paydo bo‘la boshlaydi. 6,67 % C li sementitning bir qancha kristallari paydo bo‘lib, S nuqtada suyuq aralash- madagi qolgan sementit kristallanadi va evtektik aralashma hosil qilib (4,3 % S), 1147 °C da qotadi. Demak, ECF chizig‘ida sementit to‘la qotib bo‘ladi. CFD hududi ikki fazali aralash- madan iborat bo‘lib, suyuq qotishma va sementitdan iborat. C nuqtada (4,3 % C) bir vaqtning o‘zida austenit va sementit kristallanib, evtektika, ledeburit hosil qiladi. Ledeburit tarki- bida 2,14—6,67 % C bo‘lgan hamma qotishmalarda mavjud bo‘ladi va bu qotishmalar cho‘yan deb yuritiladi.
E nuqta temirning uglerod (2,14 %) bilan to‘yingan nuq- tasi hisoblanadi. E nuqtadan chap tomonda yotgan hamma qotishmalar to‘la qotgan vaqtda austenitning bir o‘zidan iborat bo‘lib, bunday qotishmalar po‘lat guruhini hosil qiladi.
Qotgan qotishmadagi o‘zgarishlarni ko‘ramiz. GSE, PSK va GPQ chiziqlari ko‘rsatib turibdiki, qotgan aralashmalarda ham tuzilish o‘zgarishlari yuz beradi. Qattiq holatdagi o‘zgarishlar temirning bir modifikatsiyasidan ikkinchi modifikatsiyasiga o‘tishida uglerodning temirda eruvchanligining o‘zgarishi hiso- biga bo‘ladi.
Diagrammada AGSE hududida austenit (A) bo‘lib, qotish- ma sovishi davomida austenitdan GS chizig‘i bo‘ylab ferrit ajraladi. Ferrit uglerodning Fe dagi qattiq eritmasi, boshqacha qilib aytsak, -Fe -Fe ga o‘tadi. Bundan tashqari, haroratning 1147 °C dan 727 °C gacha pasayishida uglerodning -Fe da eruvchanligi 2,14 % dan 0,8 % gacha pasayadi.
Diagrammada SE chizig‘i bo‘yicha austenitdan ikkinchi sementit ajraladi. Bu sementit qattiq qotishmadan ajralib chiqadi. GSP hududi ikki fazadan iborat, ya’ni ferrit va bo‘linuv-
chi, o‘zgaruvchi austenitdan iborat.
S nuqtada (0,8 % C) 272 °C da hamma austenit bo‘linib, o‘zgarib, ferrit va ikkilamchi sementitdan iborat mayin mexanik aralashma hosil qiladi.
Ushbu evtektoid aralashma serlit deb ataladi. Tarkibida 0,8 % dan kam uglerod bo‘lgan po‘latlar evtektoidgacha

Download 0,63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Temir — uglerod qotishmalarining holat diagrammasi. ACD chizig‘i likvidus

Download 0,63 Mb.