2. Qotishmalar Kristallanish jarayoni




Download 191.07 Kb.
Sana18.04.2024
Hajmi191.07 Kb.
#200707
Bog'liq
mmt2
Konvertor jarayonining asoslari va maqsadlari, Diniy fanatizmning, marten, . Nodir metallarning fizik va kimyoviy xossalari., KORXONANING ASOSIY FONDLARI VA ISHLAB CHIKARISH QUVVATLARI , Radial taqsimlash tarmog\'ida elektr energiyasini uzatish, Geomexanik jarayonlar modelini qurish bosqichlari, Elektr apparat MUST, Kokil usulida quymalar olish texnologik jarayonini yozing., Qisqa tutashuvning boshlang\'ich toklarini hisoblashda qo\'llaniladigan usullar, GIDRAVLIKA, Eyler tenglamasi shakldagi qovushqoq bolmagan suyuqlik uchun har-fayllar.org, Bernulli tenglamasining geometrik va energetik mohiyati. , bir cho\'michli ekskavatorlar, 24. Yuqori molekulyar birikmalar.Babayev.B.

Reja

1.Metallar


2.Qotishmalar
3.Kristallanish jarayoni

Metallar (lotincha: metallum; qadimgi yunoncha: metallon — qaziyman, yerdan qazib olaman) — oddiy sharoitda yuqori elektr oʻtkazuvchanligi, issiq oʻtkazuvchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, elektromagnit toʻlqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oddiy moddalar. Metallar qattiq holatda kristall tuzilishda boʻladi. Bugʻ holatida esa bir atomlidir.



1-rasm. Sanoatda qo’llaniladigan asosiy metallar
Metallarning oksidlari suv bilan birikkanida koʻpincha gidroksidlar (asoslar) ga aylanadi. Metallar elektron tuzilishi tufayligina yuqorida aytib oʻtilgan oʻziga xos xususiyatlarga ega. Metallar atomlari tashqi (valent) elektronlarini osonlikcha beradi. Metallarning kristall panjarasida hamma elektron oʻz atomi bilan birikkan boʻlavermaydi. Ulardan baʼzilari harakatlanadi. Kristallarni tashkil etgan zar-rachalar shu kristallar hajmidageometrik tarzda tartibli joyla-shadi, bunday tuzilish kristallpanjara deb aytiladi

2-rasm. Kristall panjara va uya

Qotishma kamida bittasi metall boʻlgan ikki yoki undan koʻp unsurlarning qattiq aralashmasidir. Qotishma metall xossalariga ega boʻlgani bilan, tarkibidagi moddalardan farq qiladi. Bir metalldan yasalgan qotishma shu metall xossalarini yaxshilaydi. Masalan, poʻlat uning asosiy masalligʻi - temirdan mustahkamroqdir. Odatda qotishmalar ularning masalliqlarini eritib, aralashtirish natijasida hosil qilinadi. Qotishmalar mashinasozlik, kemasozlik, aviatsiya va qurilish sanoatlarida qoʻllaniladi


Qotishmalar suyuqlantirilgan metallarga boshqa metallarni yoki metalmaslarni erishidan hosil boʻlgan eritmalardir. Ular kristall tuzlarga ega. Qotishmalar: yumshoq, qattiq, qiyin va oson suyuqlanadigan, kislota va ishqorlarga bardoshli, chidamlilarga boʻlinadi
Qotishmalar tarkibiga koʻra: gemogen, geterogen, intermetal qotishmalarga boʻlinadi. Qotishmalar xossalarining turli-tumanligi bilan sanoatda va maishiy turmushda keng qoʻllaniladi.
Kristallanish — modda va jismlarning termodinamik turgʻunsizlik qolatdan turgʻun holatga oʻtish jarayonida kristallarnsht hosil boʻlishi. Kristallar hosil boʻladigan muhitlar oʻta sovitilgan bugʻ yoki toza modda suyuqligi, muayyan moddaning boshqa moddadagi oʻta toʻyinga eritmasi, boshqa kristall tuzilishli modda va h. k. boʻlishi mumkin.
Suvning sovib, qattiq qolatga oʻtishi ham K. jarayonidir. K.da jism energiyasi kamayadi, chunki bunda issiqlik kurinishida yashirin energiya ajralib chiqadi (K. issiqligi deyiladi) va bu jarayon moddaning erish temperaturasidan past temperaturadagina yuz beradi. Koʻpchilik jismlar uchun K. temperaturasi bosim ortishi bilan koʻtariladi. Suyuqlikda oʻsayotgan kristallda kattagina temperatura gradiyenti mavjud boʻladi. Bu hol turli qatlamlarda atomlararo masofalarning birday boʻlmasligiga olib keladi. Nihoyat, kristall oʻsib boʻlganidan soʻng, uning sovishida hosil boʻlgan termoelastik kuchlanishlar kristalldagi dislokatsiyani vujudga keltiradi.
Har qanday metall vaqotishmalarning ichki tuzilishi, xossalari, uni qizdirganda vasovitganda ro‘y beradigan hodisalar aralashmaning bir-biribilan qanday miqdorda aralashishiga bog‘liq. Odatda, metall(qotishma) sovitilgan vaqtda kristallanadi, ya’ni suyuq holatdanqattiq holatga o‘tadi. Bunday kristallanish birlamchi kristallanish deb ataladi.

3-rasm. Kristallanish darajasi
Qotgan metallning sovishi nati-jasida qaytadan kristallanishi ikkilamchi kristallanish deb aytiladi. Kristallanish jarayonini yaxshiroq o‘rganish uchun uni grafik ko‘rinishda ko‘rib chiqamiz.
Grafikdan ko‘rinib turibdiki, ha-rorat ma’lum darajaga yetganda bir-muncha o‘zgarmay turadigan to‘xtash(bu to‘xtashlar sovitganda ham mavjudbo‘ladi) bo‘lib, bunda ichki o‘z-garishlar sodir bo‘ladi

4-rasm. Metalning erish grafigi
Metall qizdirilgan vaqtda berilganissiqlikni o‘ziga yutadi, sovitilganda esa undan issiqlik ajraladi, bu esa metallni qizdirganda yoki sovitganda to‘xtatishlarga sabab bo‘ladi.

5-rasm.Metalning sovush grafigi
Metallning biror holatida yoki tu-zilishidagi o‘zgarishlarga mos keladiganharorati kritik nuqta deb aytiladi. Erigan metallning kristallanishi uchunerish haroratidan pastroq bo‘lgan haro-ratgacha sovitish kerak, chunki ana shu haroratda atomlar aniq bir sxema bo‘yicha guruhlanib, kristall hosil qiladi.

6-rasm. Metalning kritik nuqtasi grafigi
Download 191.07 Kb.




Download 191.07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2. Qotishmalar Kristallanish jarayoni

Download 191.07 Kb.