|
4 Amaliy mashg’ulot. Metall materiallarni o’rganish
|
bet | 4/9 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #112712 |
Bog'liq 4 Amaliy mashgbo‘lgan po‘latlar va tarkibida 0,8 %—2,14 % C bo‘lgan po‘latlar
evtektoiddan keyingi po‘latlar deb ataladi.
PSK chizig‘i bo‘yicha barcha qotishmalarda hamma qoldiq austenitdan perlit hosil bo‘ladi. Shuning uchun PSK chizig‘i perlit hosil qiluvchi chiziq deb yuritiladi.
Diagrammadan S va C nuqtalarini bir-biriga solishtirsak, quyidagilarni ko‘ramiz:
C nuqtadan yuqorida suyuq aralashma, S nuqtadan pastda esa qotgan austenit bo‘ladi;
C nuqtada AC va CD chiziqlari uchrashgan bo‘lib, su- yuq aralashmadan kristall paydo bo‘lishini ko‘rsatadi. S nuq- tadan GS va SE chiziqlari uchrashgan bo‘lib, qotgan aralash- maning ikkilamchi kristallanishini ko‘rsatadi;
C nuqtada 4,3 % C li suyuq aralashma bo‘lib, kristal- lanib ledeburit evtektika hosil qilsa, S nuqtada 0,8 % C li aralashma qayta kristallanib, perlit hosil bo‘ladi;
C nuqta sathida FE evtektik-ladeburit chizig‘i yotgan bo‘lsa, S nuqta sathida RK chizig‘i, evtektoid-perlit chizig‘i yotibdi;
C nuqta birlamchi kristallanish markazi bo‘lsa, S nuqta qotishmaning ikkilamchi kristallanish markazi hisoblanadi.
Temir — uglerod qotishmasi suyuq holatdan asta-sekin (soatiga 10 °C dan) uy haroratigacha sovitilib borilganda, qu- yidagi tuzilishlarni ko‘ramiz. Ferrit, sementit, austenit, perlit va ledeburit:
ferrit (F) uglerodning alfa temirdagi qattiq eritmasi bo‘lib, bu eritmada uglerod juda oz miqdorda (0 dan 0,006 % gacha) bo‘ladi. Ferrit texnik toza temirdir;
sementit (S) temir bilan uglerodning kimyoviy birik- masi (temir karbidi), bu birikma juda qattiq bo‘lib, uning qattiqligi NB=80 N/mm2;
austenit (A) uglerodning gamma temirdagi qattiq eritmasi bo‘lib, unda uglerod 2,14 % bo‘ladi;
perlit (P) ferrit bilan sementit mayda donlaridan hosil bo‘lgan mexanik aralashma (evtektoid aralashma);
ledeburit (L) austenit bilan sementitning mexanik ara- lashmasi bo‘lib, bunday aralashma cho‘yanning 1147 °C da qotishidan hosil bo‘ladi.
Po‘latlar va oq cho‘yanlar temir-sementit diagrammasiga muvofiq tasniflanadi. Vazifasiga ko‘ra, uglerodli po‘latlar kons- truksion, asbobsozlik po‘latlari va maxsus maqsadlarda ishlatiladigan po‘latlarga tasniflanadi.
|
| |