• Java texnologiyalari: Java SE
  • Java Applet Reja




    Download 19.57 Kb.
    bet1/2
    Sana27.06.2023
    Hajmi19.57 Kb.
    #75853
      1   2
    Bog'liq
    Java Applet Reja
    Коррозия метала и его виды, ze2zHzOUxGU1N34vXvWoSY1lI87QOTpTHGYQc2HA, Crossword ppt Tursunova M 206 group, Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika. Abdushukurov A, Zuparov T, 1-maruza, ҲИЛОЛА УМАРОВА, maktab, 109 namunaviy algoritm, 2, Aksiz solig\'i, Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, portal.guldu.uz-TAQDIMOT, 3 amaliy kiber (, 4 amaliy kiber



    Java Applet
    Reja:
    1. Java dasturlash tili haqida umumiy ma’lumot.
    2. APPLET nima?
    3. Xulosa.
    Hozirgi kunda dasturlash tillari to`g`risidagi ayrim tortishuvlar quloqqa chalinadi. Bu til yaxshi… Yo`q, mana bunisi… Bu tilda qilingan ishni, bunisida qilib bo`lmas emish, mana bunisi eng tezi emish va hokazo. Bular xato fikrlar. Biz dasturlash tillarini imkoniyati haqida tortishayotkan bir paytda, g`arbliklar boshqa galaktikalarni o`rganib, odamni boshini boshqa tanaga ko`chirishni amallashmoqchi! Keling, bu tortishuvga bitta o`zbekona o`xshatish bilan nuqta qo`yamiz. “Lacetti yaxshi… Yo`q Nexia yo`lga zo`r… Malibu qulay va obro`li… Captiva undanam obro`li… Sparkka yetmaydi baribir va hokazo”. Sezganingizdek, bu xato tortishuv. Hammasini o`z o`rni va maqsadi bor. Dasturlash tillari ham shu kabidir. Javaning ham o`z maqsadi bor. Kerak bo`lsa, bir nechta tillardan foydalanib yagona kompleks dastur yozish mumkin.
    Java texnologyasi o’ta sodda, xavfsizlikni yuqori darajada ta’minlab bera oladigan, kuchli, to’la obyektga yo’naltirilgan dasturlash tili bo’lib, muhit (platforma)ga bog’liq bo’lmagan holda ishlaydi. U bilan xatto eng kichik qurilmalarga ham dasturlar yozish mumkin.
    Java texnologiyasi to’laligicha Java Virtual Machine (JVM) ga asoslangan. JVM ning vazifasi tarjimonlik ya’ni, dastlab biz
    yozgan *.java faylni compilyator yordamida bayt kodga o’giriladi va JVM yordamida esa mashina tiliga o’girilad
    Java texnologiyalari:

    • Java SE – Java SE yoki Java Standart Edition, serverda, shaxsiy kompyuterda desktoplarda ishlovchi dasturlar, applet’lar yaratish uchun ishlatiladi. Bu texnologiya yordamida yaratilgan dasturlar deyarli barcha Operatsion tizimlarda ishlay oladi (Windows NT, Macintosh, Linux va Solaris). Shu bilan birga Java SE boshqa Java turlarining asosi hisoblanadi.

    • Java EE – Java Enterprise Edition Java texnologiyalari orasida eng keng tarqalgan turi hisoblanib unda asosan serverda ishlovchi dasturlar yaratiladi. Masalan ko’p foydalanuvchilarga mo’ljallangan web-saytlar yaratishda keng qo’llaniladi va asosan internetda ishlovchi dasturlarda qo’llaniladi. Java SE ni Java EE dan eng asosiy farqi Java EE o’z tarkibiga Java SE ni olibgina qolmay shu bilan birga ko’pgina boshqa qo’shimcha kutubxonalarni (odatda *.jar) ham o’z ichiga oladi ya’ni: Servlet, JavaMail, JSF(Java Server Face) va boshqa ko’pgina internetga asoslangan qo’shimcha kutubxonalar.

    • Java ME – Java ME yoki Java Micro Edition Java SE ning ba’zi qismlarini o’z ichiga oladi. JavaME yordamida kichik qurilmalar uchun dastrular yozish mumkin. Masalan, mobil telefon uchun o’yinlar, dasturlar yaratish mumkin.

    “Sun” firmasi ma`lumotiga ko`ra, 3 mlrd atrofidagi qurilmalar Javani ishlatadi (eski ma`lumot, hozir undan ko`p).
    Mana ulardan ba`zilari:
    -Shaxsiy kompyuter dasturlari (Desktop Applications) – acrobat reader, media-pleyer, antiviruslar va h.k.
    -Web-dasturlar
    -Korxona-tashkilotlar dasturlari (Enterprise Applications) – bank yoki ishlab chiqarishga oid dasturlar
    -Mobil dasturlar
    -Smart kartalar
    -Robotlar
    -O`yinlar
    -…..

    Download 19.57 Kb.
      1   2




    Download 19.57 Kb.