• «INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI» FANIDAN “_________________________________________________ _________________________________________________”
  • KIRISH 3 I.NAZARIY QISM 7
  • Yordam tizimi (On-line help). 12 II. ASOSIY QISM 16
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 36
  • Srfgsrfgfd




    Download 349.5 Kb.
    bet1/14
    Sana04.09.2023
    Hajmi349.5 Kb.
    #80213
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    Delphi String grid
    buyuk allomalar, Kompyuterni tashkil etilishi-azkurs.org, 1-mavzu.-1, птм маруза матни, @uzbgmat Online Test-16, @uzbgmat OnlineTest-5, m, cc, yarim-o-tkazgichlarda-termoelektrik-xodisalar, 9 2 O‘tgan va qaytgan nurlardan hosil bo‘lgan interferensiya Nyuton, avtomobillarni-xavfsizlik-xususiyatlarini-sinash-usullari-tahlili, bf05b789e909463d9cfa999803cde4ca, Якуний иш саволлари, Документ Microsoft Word

    O`zbekiston Respublikasi
    Oliy va O`rta Maxsus ta’lim Vazirligi
    ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI


    MASHINASOZLIK” FAKULTETI


    YEUTTyo’nalishi 165-15 guruh talabasi


    __________________________________________ ning


    «INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI»
    FANIDAN
    _________________________________________________
    _________________________________________________”


    mavzusidagi


    MUSTAQIL ISHI

    Rahbar: ____________________
    A NDIJON– 2016
    REJA



    KIRISH 3
    I.NAZARIY QISM 7
    1.1. Zamonaviy dasturlash tillari. 7
    1.2. Delphi dasturlash tili va uning tarixi. 9
    I.3.Delphi dasturlash muhitining ishchi interfeysi. 11
    Formalar dizayneri (Form Designer); 12
    Dastur matni muharriri (Editor Window); 12
    Komponentlar to’plami (Component Palette); 12
    Yordam tizimi (On-line help). 12
    II. ASOSIY QISM 16
    2.1. Massiv va ular bilan ishlash. 16
    2.2. Massivlar bilan vizual rejimda ishlash. 23
    Mazkur mustaqil ishda yaratilishi maqsad qilingan ilova visual rejimda amalgam oshiriladi. Mustaqil ishni yaratish uchun quyidagi komponentlardan foydalanildi: 30
    XULOSA 35
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 36



    KIRISH


    Mamlakatimizda ta’limga e’tibor yildan – yilga ortmoqda. Keyingi yillarda ko`plab yangi, zamonaviy kasb – hunar kollejlari, akademik litseylar qurilib ishga tushirildi, eskilari esa rekonstruktsiya qilindi. Ularning moddiy – texnika bazasi zamonaviy qurilma va asbob – uskunalar, axborot vositalari bilan jihozlandi. Prezidentimiz I.A.Karimov so’zlari bilan aytganda, “hozirgi axborot, kommunikatsiya, kompyuter texnologiyalari asrida, internet kundan-kunga hayotimizning barcha jabhalariga tobora chuqur va keng kirib borayotgan bir paytda, odamlarning ongi va tafakkuri uchun kurash hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan bir vaziyatda bu masalalarning jamiyatimiz uchun naqadar dolzarb va ustuvor bo’lib borayotgani haqida gapirib o’tirishga hojat yo’q”.
    Davlat ta’lim standartlari talabalariga javob beradigan kadrlar tayyorlash uchun yangi texnika vositalaridan foydalanish lozim bo`ladi. O`qitiladigan fanlar saviyasi kadrlar saviyasiga juda kata ta’sir etadi. Darhaqiqat, Respublikamiz prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “fanning vazifasi kelajagimizning shakl-shamoyilini yaratib berish, ertangi kunimizning yo’nalishlarini, tabiiy qonuniyatlarini, uning qanlay bo’lishini ko’rsatib berishdan iborat… Odamlarga mustaqillikning afzalligini, mustaqil bo’lmagan millatning kelajagi yo’qligini, bu tabiiy bir qonuniyat ekanligini isbotlab, tushuntirib berish kerak. Fan jamiyat taraqqiyotini olg’a siljituvchi kuch, vosita bo’lmog’i lozim.
    Yangi axborot texnologiyalaridan foydalanib, ma’ruza tayyorlash va o`qitish uslubi, o`kuv jarayoniga kompyuterli o`qitish va nazorat qilish texnologiyalarini ishlab chiqish va qo`llashning tarkibiy qismi hisoblanadi.
    O`qitish va nazorat qilish dasturi tarkibi quyidagicha bo`ladi: ishchi dastur, elektron o`kuv qo`llanmasi, labaratoriya va amaliy mashg`ulotlar uchun metodik materiallar va topshiriqlar, animatsiyali ma’ruzalar, videoslaydlar, test materiallari:
    Birinchi kirish ma’ruzasida o`qitish va nazorat qilish dasturi mazmuni, strukturasi, elementlari va u bilan ishlash uslubi bayon qilinadi. Talabalar tavsiya qilinayotgan adabiyotlar ro`yxati, ishchi dasturi va baholash mezoni bilan tanishadi. O`qitish – nazorat qilish dasturi namoyish kilinadi.
    Fanning aniq bir mavzusi bo`yicha ma’ruza o`qishning umumiy sxemasi quyidagicha:

    • Mavzu nomi va savollar bir paytning o`zida ushbu mavzu bo`yicha elektron ishchi dastur fragmentlari ko`rsatilib yetkaziladi;

    • Ushbu mavzu bo`yicha elektron ma’lumotnomasi materiallari ko`rsatiladi;

    • Alohida mavzular bo`yicha videoma’ruzalar ko`rsatib – eshittiriladi;

    • Ma’ruza materiallari videoslaydlar yoki boshqa videomateriallar bilan birgalikda bayon qilinadi;

    • Talabalarga zarur bo`lganda slaydlar qayta namoyish qilinadi va ma’ruzani alohida fragmentlari yana tushuntiriladi.

    • Bitta yoki bir nechta mavzu o`tib bo`lingach, ochiq ko`rgazmali xolatda test sinovlari o`tkaziladi.

    Ma’ruzaning asosiy qismi – bu materiallarni savol bo`yicha videotasvir materiallari bilan birgalikda tushuntirishdan iborat. Bu o`rinda ma’ruzachini o`quv materialini tushuntirishda videomateriallarni tasvirlashni optimal uyg`unlikda olib borishi muhimdir.
    Foydalanilayotgan videomateriallar turlicha bo`lishi mumkin: videoslaydlar, universal ofisli dasturlar elementlari va vositalari. Videoslaydlar – tushuntirilayotgan mavzuni ma’ruzachi tomonidan jadval, sxema, diagramma, grafik, matematik ifoda va modellar shaklida tayyorlanadigan asosiy nazariy holatlari fragmentlaridan tashkil topadi. Ofis dasturlarining vosita va elementlari – bu turlicha matematik masalalarni yechishga mo`ljallangan protsedura, funktsiya va boshqalardan iborat.
    Raqamli videomateriallardan foydalanib ma’ruza tayyorlash va o`qish, o`qituvchi – ma’ruzachini malaka darajasiga yuqori talablar qo`yadi va uning ishini jadallashtiradi. Ma’ruzachi raqamli videoslaydlardan foydalanib ma’ruza o`qishida videoslaydlarga material yig`ishi, uni ekranda namoyish qilish shaklini aniqlashi, rangli, ovozli va boshqa turdagi samarali multimedialarni kiritishi, tushuntirilayotgan material matnini videoslayd materiallari bilan optimal uzviyligini ta’minlashi asosiy elementlarning bir qismi hisoblanadi.
    Bu o`rinda yaxlit uslubiy yondashuv mavjud emas, ma’ruzani samarali o`tishi, o`qitilayotgan fanning o`ziga xos xususiyatlari va o`qituvchining malaka darajasiga bog`liq. Raqamli videotasvir texnika vositalaridan foydalanib ma’ruza o`tishni o`ziga xos filmga qiyoslasak, ma’ruzachi – o`qituvchi film rejissyori vazifasini bajaradi. O`qituvchining ishlash sifati oshadi va ishi jadallashadi.
    Odatda qo`llanilayotgan doskaga yozish, plakatlar, diaproektor uchun slaydlar va boshqa ko`rgazmali vositalardan farqli ravishda, raqamli videoslaydlar na faqat ma’ruza o`qish paytida foydalaniladi, shuningdek talabalarga elektron variantlarda berilishi, ta’lim dargohining namunaviy serveriga kiritilib masofadan o`rganilishi, ya’ni ular saqlanishi, to`ldirilishi, ko`paytirilishi ham mumkin bo`ladi.
    Ba’zi mavzu va bo`limlarni tushuntirishda nafaqat kompyuterlashtirilgan, shuningdek ma’ruzachi nutqi ham kiritilgan videoma’ruzalardan foydalanish mashg`ulot sifatini oshiradi. Shuni ham e’tiborga olish lozimki, videoma’ruzalarni tayyorlash katta mehnat talab qiladi va kompyuter resurslariga yuqori talablar qo`yadi. Bundan tashqari biror bir video nutq ma’ruzachini jonli nutqi o`rnini bosa olmaydi. Shu sababli bunday ma’ruzalardan doimiy foydalanish ham maqsadga muvofiq emas. Murakkab mavzularni tushuntirishda, yoki mavzuni ba’zi qismlarini tushuntirishda videoma’ruzalardan foydalanish yaxshi samara beradi.

    1. Download 349.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 349.5 Kb.