|
bitumlarga, qatron esa: toshko‘mir, torf va yog‘ochdan olinadigan qatronlarga
|
bet | 2/3 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 25,02 Kb. | | #132410 |
Bog'liq Organikbitumlarga, qatron esa: toshko‘mir, torf va yog‘ochdan olinadigan qatronlarga
bo‘linadi.
Asosiy qurilish xossasi va holatiga ko‘ra, yo‘l bitumlari va qatronlari shartli
ravishda quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
Qattiq bitumlar va qatronlar 20—25 °S da qayishqoq va mo‘rt xossaga,
180—200 °S da esa oquvchanlik qobiliyatiga ega bo‘ladi.
Yopishqoq bitumlar va qatronlar 20—25 °S da yarim qattiq materiallar
holida bo‘lib, yuqori plastik va kam egiluvchanlikka ega bo‘ladi. Suyuq bitumlar va
qatronlar 20-25 °S da yarim suyuq materiallar holida bo‘ladi hamda uning tarkibida
uchuvchi yengil uglevodorodlar uchraydi. Yengil uglevodorodlarning uchib chiqishi
hisobiga, suyuq bitum va qatronlar qotish imkoniyatiga ega bo‘lib,xossasiga ko‘ra
yopishqoq bitum va qatronlarga yaqin.
Bitum va qatron suyuqliklari mayda zarralar tuzilmasidan iborat bo‘lib, suvli
muhitda qo‘shimcha emulgator va parchalangan bog‘lovchi materiallardan tashkil
topib, tuzilmaga barqarorlik beradi. O‘rtacha haroratda mazkur suyuqlik
oquvchanlik xossasiga ega bo‘lib, sovuq va iliq holatda ishlatiladi.
Ishlab chiqarish texnologiyasiga ko‘ra bitumlar oksidlangan, qoldiq va kreking,
qatronlar esa, haydalgan va tayyorlangan bo‘ladi. Organik bog‘lovchilarning asosiy
xususiyatlari xomashyolarning turiga bog‘liq. Shuning
uchun bitum va qatronlar uchun ishlatiladigan xomashyolar to‘g‘risida qisqacha izoh
byerishimizga to‘g‘ri keladi.
Tabiiy bitumlar qattiq, suyuq yoki yopishqoq, qora yoki to‘q jigarrang
ko‘rinishda bo‘lib, tabiatda sof holda deyarli uchramaydi, asosan cho‘kindi
tog‘ jinslari, ohaktosh va qumga shimilgan holatda uchraydi. Tarkibida 5 foizdan
20 foizgacha tabiiy bitum bo‘lgan tog‘ jinslari asfaltit deb ataladi.
Asfaltit o‘rta hisobda 25 foiz moy, 20 foiz smola va 55 foiz asfaltendan
tashkil topgan bo‘lib, uning zichligi 1,10—1,20 g/sm’,yumshash harorati 145—
215 "S. Asfaltitlar tarkibida yaxshi shimilish xossasiga ega bo‘lgan asfaltogen
kislota va angidritlar bo‘ladi.
Tabiiy bitum shimilgan qum va quchoq tuproqtar kir deb ataladi. Ularning
tarkibidagi bitum miqdori tog‘ jinsining hajmiga nisbatan 10—25 foizni tashkil
etadi. Kir tarkibiga kiruvchi asfaltitlar taxminan 35 foiz moy, 35 foiz smola va 30
foiz asfaltenlardan iborat bo‘ladi.
|
| |