O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Fizika fakulteti
Qattiq jismlar fizikasi kafedrasi
Qattiq jismlar fizikasiga kirish fanidan
KURS ISHI
MAVZU:RC-ZANJIRLARI TASNIFI VA TURLARI
Bajardi:Abduqodirov.Q
Qabul qildi:Ro’zimurodov.J
Samarqand-2020.
I-BOB. ELEKTR TEBRANISHLAR GENERATORLARI
1.1 Generatorlarning tuzish prinsplari.
Tashqi signal boʻlmaganda elektr manbayi energiyasi hisobiga oʻzgaruvchan elektr tebranishalrini hosil qiluvchi qurilmaga elektr signali generatori deyiladi (1.1-rasm). Kuchaytirgichda musbat teskari bogʻlanishni
amalga oshirish bilan generator chiqishda tebranishlarni hosil qilish mumkin.
Amplituda (1.1) va faza (1.2) balans shartlarini bajarilis hi bilan so‘nmas elektr tebranishlari yuzaga keladi. Chunki kuchaytirgich chiqishidagi kuchlanishni dastlabki oʻzgarishi teskari bogʻlanish zanjiri orqali qaytadan kuchaytirgichning kirishiga beriladi va u chiqish kuchlanishining yanada koʻproq oʻzgarishiga olib keladi.
1.1-rasm. Elektr signali generatorining tarkibiy tuzilish sxemasi
Kuchaytirgichni tashkil qilgan kaskad tranzistorining ishchi nuqtalari chiqishdagi tebranishlari amplitudasining ortishi bilan kuchaytirgich tranzistori dinamik tavsifnomasining nochiziqli sohasiga oʻtadi, natijada kuchaytirgichning kuchaytirish koeffisenti qiymatga qadar kamayib boradi va kuchaytirgich chiqishida tezlanishlar amplitudasining statsionar qiymati oʻrnatiladi. Yuqorida koʻrilgan ifoda shuni koʻrsatadiki, kuchaytirgich s ignalni necha marta oshirsa teskari bogʻlanish zanjiri uni shuncha marta kamaytiriladi va bu shartga amplituda balans sharti deyiladi. Amplituda balans sharti bajarilganda ta’minlash manbayi energiyasi musbat teskari bogʻlanish zanjiri orqali yoʻqotilgan energiyani kompensatsiyalab turadi. Kuchaytirgichning faza chastota tavsifnomasining bogʻliq holda amplituda va faza balans sharti teskari bogʻlanish zanjirida chastotaning toʻliq spektri uchun yoki bitta chastota uchun bajarilishi mumkin. Birinchi holda generator chiqishida murakkab shaklli tebranishlar, ikkinchi holda esa sinusoidal shakldagi tebranishlar generatsiyalanadi. Bitta chastotada amplituda va faza balans shartlari bajarilishi uchun kuchaytirgich sxemasida yoki koʻp hollarda teskari bogʻlanish zanjirida chastotaga bogʻliq boʻlgan zanjir tuziladi.
Musbat teskari bogʻlanish generatorlarda tashqi yoki ichki boʻlishi mumkin. Tashqi chastotaga bogʻliq zanjirlar tuzish bilan amalga oshiriladi.
Ichki musbat teskari bogʻlanish esa elektron asboblarning ish rejimlarida ishlashi bilan yuzaga keladi. Odatda sinusoidal tebranishlar generatorlarini tuzishda tashqi musbat zanjirlaridan foydalaniladi, chunki bunday teskari bogʻlanish ichki teskari bogʻlanishga nisbatan yuqori chastota stabiliga ega boʻlgan tebranishlarni hosil qiladi. Generatordagi statsionar tovushlar amplitudasini aniqlashda tebranishlar tavsifnomasi va teskari bogʻlanish chizigʻidan foydalangan holda grafik usulda aniqlash mumkin.
Tebranishlar tavsifnomasi – bu kuchaytirgich chiqishidagi tokning asosiy (birinchi) garmonikasi amplitudasining teskari bogʻlanish zanjiri orqali kuchaytirgichning kirishiga uzatilayotgan kuchlanishga bogʻliq ligid ir. Tebranishlar tavsifnomasi nochiziqlidir. Chunki uning koʻrinishi nochiziq li elementar parametrlari bilan aniqlanadi. Teskari bogʻlanish chizigʻi – bu kirish kuchlanishi amplitudasining kuchaytirgich chizish toki amplitudasining garmonikasiga bogʻliqligidir. Teskari bogʻlanish chizigʻi teskari bogʻlanish zanjirining susaytirish xususiyatini xarakterlaydi va u toʻgʻri chiziqli ogʻmadan iborat boʻladi, uning ogʻmasi chiziqli boʻlib,chiziqli toʻrt qutbli teskari bogʻlanish zanjirining parametrlari bilan aniqlanadi.
Statsionar tebranishlar amplitudasini aniqlash uchun teskari bogʻlanish generator chizigʻining va tebranishlar tavsifnomas ini bitta grafikda chiziladi (1.2- rasm).
1.2-rasm. Yumshoq uyg‘onuvchi generatorning grafigi
Statsionar tok amplitudasi tebranishlar tavsifnomasi bilan toʻgʻri chiziqning kesishish nuqtasiga mos keladi. Kesishish M nuqtasida amplituda balans sharti bajariladi. Chunki kirish signali kuchaytirgich orqali oʻtish vaqtida qanchaga kuchaytirilsa, toʻrt qutbli teskari bogʻlanish zanjirini shuncha marta susaytiradi.
Kuchlanishni oʻzgarishi gorizantal sterilkalar bilan tokning oʻzgarishi esa vertikal sterilkalar bilan koʻrsatilgan. Tebranish tavsifnomas ining koʻriishiga bogʻliq holda generatorlarda ikki xil oʻz-oʻzidan uygʻonish rejimini ajratib koʻrsatish mumkin.
1. Yumshoq rejim – bu rejim tebranishlar tavsifnomasining nol nuqtadan va uning ogʻmasining absissa oʻqidagi burchagi kichik amplitudalar sohasida teskari bogʻlanish chizigʻi ogʻmas ining burchagidan kata boʻladi. Bunday tebranishlar tavsifnomasi 1.2-rasmda tasvirlangan. Bu vaqtda generatorni ta’minlash manbayiga ulaganda tebranishlar amplitudasi statsionar qiymatga qadar bir tekis ortib boradi.
2. Qattiq rejim – bu rejimda tebranishlar tavsifnomasi yumshoq rejimda keltirilgan shartlarni qanoatlantirmaydi. Bunday rejim 1.3-rasmda tasvirlangan. Qattiq rejimda teskari bogʻlanish chizigʻi (1.3-rasm) tebranishlar tavsifnomasini M` va M nuqtalarda kesib oʻtadi. M nuqta qattiq dinamik muvazanat nuqtasidan iborat. M` esa muvazanat qat’iy boʻlmagan muvazanat nuqtasi boʻlib, kirish kuchlanishidagi qiymatdan har qanday chetlanishlar tebranishlarning yoʻqolishiga yoki amplituda qiymatining ortib ketishiga olib keladi. Shunday qilib qattiq rejimli generatorlarda sunmas tebranishlarni hosil qilish uchun dastlabki implusli kuchlanish boʻlishi va u tok hosil boʻlishini ta’minlashi lozim.
1.3 rasm. Teskari bog‘lanish chizig‘i tebranishlar tavsifnomasi 2M va M' nuqtaviy kesib o‘tadi.
Sinusoidal tebranishlar generatori ikki turga boʻlinadi.
1. LC – tipidagi generatorlar boʻlib, bunday generatorlarda teskari bogʻlanish zanjiri sifatida chastotaga bogʻliq boʻlgan tebranish konturi qo‘llaniladi. Bunday generatorlar odatda radio chastotali signallarni hosil qilish uchun qo‘llanilad i.
2. RC – tipidagi generatorlar. Bunday generatorlarda musbat teskari bogʻlanish zanjirida chastotaga bogʻliq boʻlgan RC zanjirlardan foydalaniladi.
|