• 1. Generatsiya
  • 1. Voltmetr qurilmasi sxemalarda qanday ulanadi ta’rifini yozing, voltmetrni sxemada ulangan korinishini chizib bering




    Download 107,09 Kb.
    bet1/4
    Sana22.05.2024
    Hajmi107,09 Kb.
    #249650
      1   2   3   4
    Bog'liq
    15-variant


    15-variant

    1. Voltmetr qurilmasi sxemalarda qanday ulanadi ta’rifini yozing, voltmetrni sxemada ulangan korinishini chizib bering.


    Qarshlikni ketma ket ulaganimizda qiymati qanchaga ortadi, rasmda keltirilgan qarshilikni xisoblang

    Voltmetr — elektr zanjiridagi kuchlanishni oʻlchaydigan asbob. Kuchlanishni volt yoki millivoltlarda koʻrsatadi. Asbob shkalasi voltlarda, millivoltlar va mikrovoltlarda koʻrsatadigan darajalarga boʻlingan. Shuning uchun voltmetrning bir yoki koʻp diapazonli ampermetr, ommetr va baʼzi boshqa kattaliklarni oʻlchashga moslashtirilgan qurilmalar bilan birga yasalgan universal va raqamli xillari bor. Ular magnitoelektrik, elektromagnit, issiqlik, elektrostatik, elektrodinamik, lampali, yarimoʻtkazgichli va mikrosxemali boʻladi. Oʻzgaruvchan tok elektron voltmetrlari diodli toʻgʻrilagichlar, kuchaytirgich va oʻlchash mexanizmidan tashkil topgan. Oʻzgaruvchan tok voltmetrlarining asosiy qismlari: toʻgʻrilagich (T), oʻzgaruvchan tok kuchaytirgichi (K), oʻzgarmas tok kuchaytirgichi (OʻTK) va oʻlchash mexanizmi (OʻM)dan iborat. Oʻlchash mexanizmlari koʻpchilik hollarda raqamli qilib yasaladi.
    Toʻgʻrilagichlarda yuqori chastotali diodlardan foydalanilganda elektron voltmetrlar 20—30 Gs dan 100—300 MGs gacha chegarada aniq ishlaydi. Oʻzgarmas tok elektron voltmetrining asosiy qismini modulyator (M), kuchaytirgich (K), toʻgʻrilagich (T) hamda oʻlchash mexanizmi tashkil etadi. Universal elektron voltmetrlar ham shunday tuzilgan. Yuqorida koʻrsatilgan sxemalarda asosan zamonaviy yarimoʻtkazgichli elementlar (diodlar, tranzistorlar va turli integral mikrosxemalar) ishlatiladi. Raqamli voltmetrlarning turli xillari, masalan, F 219, F229, V7-38 rusumlilari kundalik turmushda va i.ch.da ishlatiladi.

    2. Optron haqida ma’lumot bering va shartli sxemasini keltiring.
    Generatsiya,yorug‘lik diodi, fotodiod,fotorezistor,fototiristor,fototranzistor, analog signallar
    Optoelektron juftlik yoki optojuftlik konsturksiyasi jihatdan optik muhit orqali ozaro boglangan nurlatgich va foto qabul qilgichdan tashkil topgan boladi.

    Kiruvchi elektr signal ta‟sirida nurlanuvchi diod yoruglik tolqinlarini generatsiyalaydi, fotoqabulqilgich esa (fotodiod, fotorezistor, fototranzistor va boshqalar) yoruglik tasirida fototok generatsiyalaydi.Nurlanuvchi diod va fotodioddan (a), fototranzistordan (b), fototiristordan (d), fotorezistordan (e) tashkil topgan optojuftliklarning sxemada shartli belgilanishi 3.19-rasmda keltirilgan.Optojuftliklar raqamli va impuls qurilmalarda, analog signallarni uzatuvchi qurilmalarda, avto matika tizimlarida yuqori voltli ta‟minlovchi manbalarni kontaktsiz boshqarish va boshqalar uchun qollaniladi.
    Optron, yoki optoelektronika, optik va elektron energiyalarini birlashtiradigan texnologiyani ifodalaydi. Optronlar, optik va elektron qurilmalar orqali energiya almashuvi va ishlov berishini ta'minlaydi.
    1. Generatsiya: Optik energiyani elektr energiyaga aylantirish jarayoni. Bu qismda, optik xususiyatlarga ega bo'lgan bir qurilma (masalan, laserdiod) ishlatiladi.

    Download 107,09 Kb.
      1   2   3   4




    Download 107,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Voltmetr qurilmasi sxemalarda qanday ulanadi ta’rifini yozing, voltmetrni sxemada ulangan korinishini chizib bering

    Download 107,09 Kb.