2
УДК 681.326
Mualliflar:
Gafurov Karim Xakimovich
Barakayev Nusratillo Rajabovich
Djurayev Xayrullo Fayziyevich
Ibragimov Shohruh Ramazon o`g’li
Taqrizchilar:
D.R.Ubaydullaeva - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini
mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali "Texnologik jarayonlarni va
ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqaruv" kafedrasi dotsenti, t.f.n.
K.Z.Abidov - Buxoro muhandislik-texnologiya instituti "Texnologik
jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari" kafedrasi dotsenti,
t.f.n.
"Mexatronika"
fanidan
darslik
5321700-"Texnologik
jarayonlarni
boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari" bakalavr ta’lim yo`nalishi
uchun mo`ljallangan bo`lib, unda mexanatronikaning asosiy printsipi sifatida
mexanik, elektron va axborotni boshqarish komponentlarini yagona modul va
tizimlarga integratsiyalashning kontseptual masalalari yoritilgan, ishlab
chiqarishning turli sohalarida va turmushda mexatronik tizimlarning qo'llanilishi,
mexatronika tizimlari yuritmalari va uzatish moslamalari, mexatronikada harakat
modullari va mexatronika tizimlarini boshqarish usullari ko`rib chiqilgan. Darslik
5 ta moduldan iborat bo`lib, har bir modul oxirida amaliy va tajriba mashg`ulotlari,
test savollari berilgan. Mavzularda kerakli texnik ma’lumotlar, asosiy tayanch so`z
va iboralar, asosiy tayanch tushunchalar, takrorlash va mustaqil ishlash uchun
savollar, o`quv-uslubiy tarqatma materiallariga misollar hamda darslik oxirida test
savollariga javoblar, fan bo`yicha glossariy hamda tavsiya qilinadigan adabiyotlar
ro`yxati keltirilgan.