• 1.1.2. Mexatronika ob’ektlariga ta’rif
  • Zbekiston respublikasi




    Download 10,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/213
    Sana04.12.2023
    Hajmi10,93 Mb.
    #110708
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   213
    Bog'liq
    Zbekiston respublikasi

    Mahsulot maqsadi: Mahsulotning mexanik yo`naltirilgan vazifasi ... “Jismlarni 
    maqsadga muvofiq harakatlantirish”. 
     
     
    Istagimiz: 
    “Quyidagi vazifalarni hal etishda qo`llab-quvvatlang”
     
     
    1.1.4-rasm. Mexatron tizimlar g`aroyib xossali mahsulot sifatida
    11
     
    10
    Intro to Mechatronics. p.7 
    11
    Klaus Janschek. Mechatronic Systems Design. Methods, Models, Concepts. c 2012 Springer-Verlag Berlin 
    Heidelberg. p.4. 


    14 
    1.1.2. Mexatronika ob’ektlariga ta’rif 
    «Mexatronika ob’ekti» deganda raqamli boshqariladigan va biror maqsadli harakatni 
    amalga oshiruvchi qandaydir predmet (mahsulot) tushuniladi. U uchta darajada bo`lishi 
    mumkin: mexatronik modul; mexatronik agregat (mashina); mexatronik tizim. 
    Birinchi darajaga mexatronik modul kiradi.
    Mexatronik modul (MM) – bir nechta integrallashgan elementlardan iborat bo`lib, 
    konstruktiv ravishda mustaqil mahsulot shaklida bo`ladi va mexatron qurilmalarda ma`lum 
    bir operatsiyani bajaradi.
    Mexatronik modul – qoida bo`yicha, birta koordinata bo`yicha harakatni amalga 
    oshirishga mo`ljallangan, avtonom hujjatlar majmuasiga ega bo`lgan unifikatsiyalangan 
    mexatronik ob`ektdir. Bularga misol bo`lib dvigatel, reduktor va b. xizmat qiladi. Biroz 
    murakabroq modullarga (avtonom yuritmalar) motor-reduktor, motor-g`altak, motor-
    baraban va aylanuvchi stollar kiradi. 
    Ikkinchi daraja – mexatronik agregat (mashina) bo`lib, u tashqi muhit bilan o`zaro 
    ta`sirlashgan holda kerakli harakatlarni amalgan oshirishga mo`ljallangan va bir nechta 
    modullardan tuzilgan. Bularga misol bo`lib sanoat robotlari, raqamli boshqariladigan 
    stanoklar va b. xizmat qiladi. 
    Uchinchi daraja – mexatronik tizim (MT). Ma`lumki, tizim – bu bir butun bo`lib 
    faoliyat ko`rsatadigan va ma`lum maqsadni amalga oshirishga mo`ljallangan, ma’lum bir 
    qonuniyatga bo`ysunadigan va bir-biri bilan ma`lum bir munosabat bilan bog`langan 
    komponentlar majmuasidir. Mexatronik tizim ushbu ta`rifga to`la mos kelib, mexanik, 
    elektron va boshqaruv komponentlarining sinergetik birligidir va u bir butun bo`lib faoliyatini 
    amalga oshiradi. 
    U bir nechta yoki birta agregat (mashina)dan va bir qator alohida modullardan, ya’ni 
    bir xil yoki har xil quyi pog`ona ob’ektlaridan tashkil topgan bo`ladi. Bularga misol bo`lib 
    moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlari, zamonaviy avtomobillar va b. xizmat qiladi.
    Ijrochi mexanizm – mexatronik ob`ektning funktsional qismi bo`lib, 
    boshqarish sistemasidan keladigan signallarga asosan mexanik harakatni amalga 
    oshiradi. 


    15 
    Ishchi organ – ob’ektning texnologik maqsadini amalga oshiruvchi qurilma. 

    Download 10,93 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   213




    Download 10,93 Mb.
    Pdf ko'rish