19
“
Elektryuritma” va “
mexatronika” atamalarini amalda
sinonim so`zlar deb
qabul qilish mumkin. Bu ikkita tizim orasidagi asosiy o`xshashlik shundan iboratki,
ularning ikkisi ham elektromexanik tizim bo`lib, asosiy vazifalari elektr energiyani
mexanik energiyaga aylantirib, texnologik jarayon talablari bo`yicha
ishchi organ
(ijrochi mexanizm) harakatlarini boshqarishdir. Bundan kelib chiqadiki,
bu ikkita
tizim elektrmexanik tizimlar sinfiga kiradi.
1.2.1
b-rasmda ko`rsatilgan MT nisbatan murakkabroq MTning tarqibiy
qismi bo`lishi mumkin. Bunga o`xshash, bir-biri bilan bog`liq ko`p
dvigatelli
elektryuritmalar ham mavjud.
Endi funktsional sxemalarni qiyoslab, ular orasidagi farqlarni ko`rib
chiqamiz:
MT da boshqaruvchi rolini mikroprotsessor o`ynaydi,
elektryuritmada esa
bu boshqa qurilmalar, shu jumladan analogli qurilmalar ham bo`lishi mumkin.
MTning funktsional sxemasida KO`Q, ED va UM bloklari yo`q. Ularning
funktsiyalari mexatron modullarda mujassamlangan.