33
mikroprotsessor bazasidagi quvvatli hisoblash sistemasiga va
juda katta funktsional
imkoniyatlar va ishlatish samaradorligiga ega. Hozirgi vaqtda bunday MTlar ishlab
chiqarilmoqda va ulardan foydalanish o`sib bormoqda.
III-avlod MTlar – intellektual tizimlar. Bu
tizimlar xuddi birinchi va
ikkinchi
avlod tizimlar kabi ishlaydi, ya`ni tashqi muhit o`zgarishini
sezadi va
shunga qarab o`zining harakatini belgilaydi. Boshqa
avlod tizimlardan farqi
shundaki, ular o`zining harakatini belgilangan mezonlarni baholab, ushbu chegaralar
ichida ko`plab yechimlardan eng optimalini aniqlab, ushbu optimal variant asosida
vazifasini hal qiladi. Bunday tizimlar yaratilib, endi ishlab chiqarishga qo`yilmoqda.
Asosiy tayanch so`z va iboralar
Mexatronika elementlari – mexanika qismi;
elektromexanik elementlari; elektr /
elektron qismlari; boshqarish interfeysi /hisoblash texnikasi elementlari;
kompyuter/ axborot tizimi; apparat ta`minoti va dasturiy ta`minot