Zbekiston respublikasi




Download 10,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/213
Sana04.12.2023
Hajmi10,93 Mb.
#110708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   213
Bog'liq
Zbekiston respublikasi

 
Mexatronika (I-qism) (o’liy o`quv yurtlari uchun darslik)K.X. Gafurov, 
N.R. Barakayev, X.F. Djurayev, Sh.R. Ibragimov – шаҳар, нашриёт 
номи, йил. – бетлар сони 
 
 
 
ISBN ____________ 



KIRISH
 
Oxirgi yuz yillikning umumilmiy va texnikasi rivojiga ilmlar integratsiyasi, 
dekompozitsiyalash tamoyilini yengish, tizimli yondoshishga intilish kabilar asosiy 
rol egallaydi. Buning guvohi sifatida kibernetika, bionika, sistemotexnika va nihoyat 
mexatronika kabi yangi ilmiy-texnik yo`nalishlarning paydo bo`lishini kuzatishimiz 
mumkin. Ayniqsa mexatronika kontseptsiyasi texnik tizimlarning barcha 
funktsiyaonal komponentlarini global integratsiyasini ko`rsatib berib, texnikaning 
umumiy masalalarini yechishda zamonaviy avtomatik va avtomatlashtirilgan 
tizimlar va ularning kompleksi yagona konstruktsiyalarini jipslashtirishda aks 
etilishi mumkin bo`ldi.
Mexatronik tizimni bir necha qismga bo`lish mumkin: 
- ishchi organlarning harakatini ta'minlovchi mexanik qismi; 
- mikroprosessorlar yoki mantiqiy moslamalar asosida qurilgan boshqaruv 
qismi; 
- sensorlardan mikroprosessorlarga va mikroprosessorlardan aktuatorlarga 
signallarni uzatishni ta'minlovchi elektron qismi; 
- berilgan boshqarish algoritmlarini amalga oshiruvchi dastur qismi. 
Mexatronika kontseptsiyasi texnikaning ikkita umumiy rivojlanish 
muammosini - miniatyurizatsiyalashtirish va intellektuallashtirish muammolarini 
hal qilish asosida texnik tizimlar barcha funktsional tashkil etuvchilarining global 
integratsiyalash tendentsiyasini to`liq aks ettiradi.
Mexatronikaning 
shiori 
"intellektlashtirishni 
miniatyuralashtirish
hisoblanadi. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151 sonli 
Qarorini bajarish maqsadida Shvetsiya Qirollik texnologiya instituti, Lyoven katolik 
universiteti (Belgiya) va Lints universiteti (Avstriya) tajribalari o`rganilib, 
"Mexatronika" fani mutaxassislik fani sifatida 5321700-"Texnologik jarayonlarni 
boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari" ta`lim yo`nalishi bakalavr 
talabalari uchun o`quv rejasiga kiritildi. 



O`quv rejasi bo`yicha "Mexatronika" fani VI va VII-mavsumlarda o`qitiladi. 
VI-mavsumda 36 soat ma`ruza va 20 soat amaliy darslari hamda 16 soat tajriba 
mashg`ulotlari, VII-mavsumda 28 soat ma`ruza va 16 soat amaliy darslari hamda 12 
soat tajriba mashg`ulotlari o`tkazish rejalashtirilgan. Ushbu darslik umumiy 
"Mexatronika" darsligining birinchi qismi bo`lib VI-mavsum o`quv darslarini olib 
borish uchuí mo`ljallangan. 
Ushbu darslikning maqsadi - talabalarni mexatronik tizimlarni yaratish va 
qo'llashning zamonaviy texnologiyalari bilan tanishtirish. Asosiy e'tibor 
mexanatronikaning asosiy printsipi sifatida mexanik, elektron va axborotni 
boshqarish komponentlarini yagona modul va tizimlarga integratsiyalashning 
kontseptual masalalariga qaratilgan (I-modul), ishlab chiqarish turli sohalarida va 
turmushda mexatronik tizimlarning qo'llanilishi (II-modul), mexatronika tizimlari 
yuritmalari va uzatish moslamalari (III-modul), mexatronikada harakat modullari 
(IV-modul) va mexatronika tizimlarini boshqarish usullari (V-modul) batafsil ko'rib 
chiqilgan. 

Download 10,93 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   213




Download 10,93 Mb.
Pdf ko'rish