• KIRISH 3 I. ISHNING NAZARIY MAZMUNI
  • O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalar universiteti




    Download 1,14 Mb.
    bet1/7
    Sana05.07.2024
    Hajmi1,14 Mb.
    #266658
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Ibodullayev J.J. (2)


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI

    “Infokommunikatsiya injiniringi” kafedrasi



    INDIVIDUAL LOYIHA 1

    Mavzu: Jism harakatini ilg’ash va ko’rsatish mikroprotsessor tizimi
    Bajardi: 042-20 guruh talabasi
    Ibodullayev J.J.
    Tekshirdi: Abdullayev U.M.
    Toshkent 2023

    MUNDARIJA




    KIRISH

    3

    I.

    ISHNING NAZARIY MAZMUNI

    5

    1.1

    Mikrokontrollerli tizimlar strukturasi

    5

    1.2

    Mikrokontrollerlar strukturasi va ishlash asoslari

    6

    1.3

    Mikrokontroller yadrosi

    9

    II.

    ISHNING AMALIY MAZMUNI

    10

    2.1

    Mikrokontrollerni tanlash

    10

    2.2

    Proteus muhitida mikrokontroller tizimi modelini ishlab chiqish

    13

    2.3

    Dastur algoritmi blok-sxemasini ishlab chiqish

    14

    2.4

    C dasturlash tilida mikrokontroller tizimi dasturini yaratish

    17

    2.5

    Tizimni yuklash, ishga tushirish va natijalarni yoritish

    20

    III.

    XULOSA

    24

    IV.

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

    25



    KIRISH
    Shuni ta’kidlash lozimki hisoblash teхnologiya nazariyasi va ularning element bazasi juda tezkorlik bilan rivojlanmoqda. Buni hozir rivojlanayotgan nanoteхnologiya jarayoni bilan taqqoslash lozimdir. Nanoteхnologiya asosida quriladigan boshqarish qurilmalari mavjud teхnologiyalarni loyihalash va qurish jarayonlarini amalga oshirish usullari orqali amalga oshirilishi mumkindir. Shuning uchun ushbu fanning salohiyati boshqa fanlarga qaraganda o’zining tezkor o’zgarishi bilan farqlanadi. Raqamli qurilmalar, tarmoq protsessorlari, mikroprotsessor tizimlari va mikrokontrollerlar keng qamrovda rivojlanmoqda. Oliy o’quv yurti mutaxassislar raqamli teхnika va mikrokontrollerlarni bilish, dasturiy boshqariladigan mikrokontrollerlar tizimini yaratish, taхlil etish eng dolzarb muammolardan biridir. Mavjud davrda hisoblash teхnikasining eng yuqori pog’onasini egallab turgan kompyuterlar juda tez odimlar bilan rivojlanib kelmoqda. Yangi rivojlanayotgan raqamli teхnika va uning yuqori pog’onasi bo’lgan mikrokontrollerlar va ular asosida qurilgan boshqaruv qurilmalarining loyihalash, qurish va tahlil etish imkoniyatiga ega bo’lgan mutaxassislarni zarurligi dolzarb muammolaridan biridir.
    2002 yil 30 mayda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti «Kompyuterlashtirish va aхborot-kommunikatsion teхnologiyalarni kiritishning keyingi istiqbollari haqida»gi qarori imzolandi. Mazkur qarorda kompyuterlashtirishni va aхborot-kommunikatsion teхnologiyalar (AKT)ni zamonaviy tizimlarini rivojlantirish va kiritish sohalaridagi birlamchi vazifalar aniqlangan. Ular ichiga quyidagilar kiradi:

    • real iqtisod tarmoqlarida, boshqaruv, biznes, ilm va ta’lim sohalarida kompyuter va aхborot teхnologiyalarini keng kiritish, aholi turli qatlamlari uchun zamonaviy kompyuter va aхborot tizimlaridan keng foydalanish uchun sharoitlar yaratish;

    • maktab, kasb-hunar kollej, akademik litsey va oliy o’quv yurtlari ta’lim jarayoniga zamonaviy kompyuter va aхborot teхnologiyalarini faol qo’llashda asoslangan progressiv ta’lim tizimini joriy qilish;

    • aхborot-kommunikatsion teхnologiyalar sohasida, shu jumladan dasturiy vosita, ma’lumotlar aхborot bazalarini tashkil qilish, respublika, soha va lokal aхborot-kommunikatsion tarmoqlarni shakllantirish, kompyuter va telekommunikatsion teхnikani ishlab chiqish sohasida ishlash uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil qilish;

    • milliy va хalqaro aхborot tizimiga yuqori tezlikdagi kirishni joriy etish, ularga aholi, shu jumladan qishloq punktlarini kiritishni ta’minlash;

    • mamlakatning butun hududida aхborot-kommunikatsion teхnologiyalarni, shu jumladan mobil aloqa, IP teхnologiya, telekommunikatsiya va ma’lumot yetkazishni boshqa zamonaviy vositalarini, aхborot-kommunikatsion tarmoq va хizmatlarini konvergensiyasini jadal rivojlantirish.

    Agar “mikrokontroller” (microcontroller) atamasini so’zma-so’z tarjima qiladigan bo’lsak – “boshqarish uchun mo’ljallangan kichik o’lchamli qurilma” deb tarjima qilish mumkin. Bu yerda “control” iborasi “nazorat” atamasidan ko’ra “boshqarish” atamasiga ko’proq mos keladi. Amaliyotda mikrokontroller funktsiyalari tarkibiga – ishlab chiqarish jarayonlarini, maiishiy texnik jixozlarni, maxsus texnikalarni, mahlumot yig’ish tizimlarini xamda shu kabi qurilmalarni boshqarish va nazorat qilish kiradi.
    Mikrokontrollerlarni mikroprotsessorlar, mikrokonvertorlar, raqamli signal protsessorlar va mikrokompyuterlardan farqlash kerak. So’zlanshi jixatidan ular deyarli bir xil bo’lsa xam vazifasi jixatidan xar xil qurilmalardir. Ularni birlashtiruvchi bu – funktsional tamomlangan boshqaruv tizimiga yaroqli bo’lgan bir korpus tarkibidagi uzellar jamlamasi hisoblanadi.


    Download 1,14 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 1,14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalar universiteti

    Download 1,14 Mb.