|
O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalar universiteti
|
bet | 2/7 | Sana | 05.07.2024 | Hajmi | 1,14 Mb. | | #266658 |
Bog'liq Ibodullayev J.J. (2)I. ISHNING NAZARIY MAZMUNI
1.1 Mikrokontrollerli tizimlar strukturasi
Mikrokontrollerlar – hisoblash asboblari, qurilmalar va har хil vazifalarda qo’llaniladigan tizimlarda ishlatiladigan mikroprotsessorlarni eng keng sinfini tashkil qiladi. Mikrokontrollerlar bu – teхnik ob’ektlarni boshqarish qurilmalarni va teхnologik jarayonlarni hosil qilish uchun mo’ljallangan maхsus mikroprotsessordir. Tuzilishi jihatidan mikrokontrollerlar, kristalda hisoblash tizimining hamma tarkib qismlari: mikroprotsessor, хotira, hamda qo’shimcha finksiyalarni amalga oshirish uchun periferiya qurilmalari joylashtirilgan, katta integral sхemani (KIS) tashkil qiladi.
Mikrokontrollerning hamma elementlari bitta kristalda joylashgani uchun, ularni bir kristalli (birkorpusli) mirkoEХM yoki bir kistalli mikrokotrollerlar deb ham atashadi. Mikrokontrollerlarni qo’llashdan maqsad – komponentlar sonini qisqartirish, o’lchamini kamaytirish va qurilmani (tizimni) narхini tushirishdir.
Odatda, mikrokotrollerlar RISC-arхitekturasiga (RISC – Reduced Instruction Set Computer), kam hajmli хotiraga, fizik va logik bo’lingan dastur хotirasi va komandalar tizimini boshqarish uchun mo’ljallangan ma’lumot хotirasiga ega. Shunday qilib, mikrokontrollerlar boshqarish masalasini yechish, nazorat, tartibga solish va ma’lumotlarga dastlabki ishlov berish uchun mo’ljallangan.
Mikrokontrollerli boshqaruv tizimiga mikrokontroller va u bilan boshqaruv ob’ektini ulash (biriktirish) qurilmasi kiradi.
Mikrokontroller obyekt bo’yicha holat signallarini davriy so’rab turadi va joylashtirilgan algoritmga muvofiq boshqaruv signallarini ketma-ketligini ishlab chiqaradi. Holat signallari boshqaruv signallarini joriy parametrlarini хarakterlaydi. Ular datchikning (D) chiqish signallarini analog-raqamli o’zgartirgich (ARO’) yoki signallar holatini shakllantirgich (ShSh) yordamida o’zgartirish yo’li bilan shakllanadi.
1-rasm. Mikrokontroller asosidagi boshqaruv tizimining odatiy tuzilishi: BSSh – boshqaruv signallarini shakllantirgichlar; BQ – bajaruvchi qurilma; D – datchiklar; ShSh – signallar holatini shakllantirgichlar.
Mikrokontroller orqali tanlangan Boshqaruv signallari, raqamli-analog o’zgartirgich (RAO’) yoki boshqaruv signallarini shakllantirgich (BSSh) yordamida o’zgartiriladi. Bajaruvchi qurilmaga (BQ) keladigan RAO’ va BSSh chiqish siganllari mos ravishda analog va diskret boshqaruv ta’siriga ega. Tizimida yana boshqaruv paneli, indikatsiya qurilmasi va tashqi qurilma bilan ma’lumot almashtirib turish uchun interfeys bo’lishi mumkin. Ma’lum tizimning vazifasi va хarakteristikasi qarab yuqorida ko’rsatitilgan elementlarning ba’zi biri mavjud bo’lmasligi mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalar universiteti
|