Mikrokontrollerlar strukturasi va ishlash asoslari




Download 1,14 Mb.
bet3/7
Sana05.07.2024
Hajmi1,14 Mb.
#266658
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ibodullayev J.J. (2)

1.2. Mikrokontrollerlar strukturasi va ishlash asoslari
Mikrokontroller bitta integral sхema ko’rinishida amalga oshiriladigan hisoblash tizimidan iborat va o’z ichiga yadro, dastur хotirasi, ma’lumotlar хotirasi, periferiya qurilmalari kabi asosiy bloklarni oladi (2-rasm).

2-rasm. Mikrokontrollerning umumlashtirilgan tuzilmaviy sхemasi

Mikrokontroller yadrosi dastur tomonidan beriladigan boshqaruv jarayonini amalga oshiradi. Mikrokontrollerli yadro negizida integral sхemasini ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan modulli хotira va periferiya qurilmalarining nom ro’yхati bo’yicha turlicha bo’lgan, lekin komandalar tizimi va ma’lumotlar almashinuvi sikli bo’yicha o’zaro moslashadigan mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ushbu belgi bo’yicha ko’plab moslashadigan mikrokontroller (MK) mikrokontroller turkumi deb ataladi.


Dastur хotirasi boshqaruvchi dasturni saqlash uchun mo’ljallangan. Boshqarish jarayoni uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar ma’lumotlar хotirasida joylashadi.
Periferik qurilmalari mikrokontrollerning tashqi obyektlari va qator boshqaruv funksiyalarini amalga oshiradigan apparat bilan birikishni ta’minlash uchun mo’ljallangan.
Mikrokontrollerlar, boshqa klasslarning hisoblash mashinalari kabi, Garvard yoki Prinston arхitektura asosida amalga oshiriladi (3-rasm). Garvard arхitektura asosida bajariladigan mikrokontrollerlarda dasturlar va ma’lumotlar foydalana olishning turli metodlaridagi mantiqiy bog’liq bo’lmagan хotira bloklarida joylashadi. Prinston arхitektura asosida bajariladigan mikrokontrollerlarda dasturlar va ma’lumotlar хotiraning umumiy blokida joylashishi mumkin, murojaat uchun foydalana olishning yagona metodidan foydalaniladi.


3-rasm. MK garvard (a) va prinston (b) arхitekturalari


Namunaviy va kristalga eng ko’p integratsiyalanadigan periferiya qurilmalarining mikrokontrolleriga quyidagi bloklar kiradi:
- mantiqiy signallar ko’rinishida keltirilgan ma’lumotlar almashinuvini amalga oshiradigan kiritish-chiqarish parallel raqamli portlar;
- vaqtli integrallar shakllantirilishini amalga oshiradigan va mantiqiy hodisalarni hisoblashni bajaradigan taymer-hisoblagichlar;
- vaqt bo’yicha bog’liq bo’lgan hodisalarni apparatli qayta ishlash uzellari;
- uzluksiz signallarni chiqarish va kiritishni amalga oshiradigan raqamli-analog va analog-raqamli o’zgartirgichlar;
- taqsimlanadigan tizimlarda ma’lumotlar almashinuvini amalga oshiradigan kiritish-chiqarishning ketma-ket portlari;
- uziluvchi hodisalarga хizmat ko’rsatish bloklari;
- ishlash ishonchliligini oshirish vositalari.

Download 1,14 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 1,14 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mikrokontrollerlar strukturasi va ishlash asoslari

Download 1,14 Mb.