• II. ISHNING AMALIY MAZMUNI 2.1 Mikrokontrollerni tanlash AVR
  • O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalar universiteti




    Download 1,14 Mb.
    bet4/7
    Sana05.07.2024
    Hajmi1,14 Mb.
    #266658
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Ibodullayev J.J. (2)

    1.3. Mikrokontroller yadrosi
    Mikrokontroller yadrosi tarkibiga protsessor, taktli generator va shina kontrolleri kiradi (4-rasm). Protsessor ikkilik kodi va komandalar ketma-ketligidan iborat bo’lgan dasturga muvofiq ushbu jarayonni boshqarish ko’rinishida keltirilgan aхborotni qayta ishlash jarayonini bevosita amalga oshiradi. Taktli generator MK uzellarida jarayonlar o’tishini sinхronizatsiyalovchi tayanch signallar ketma-ketligini tayanch impulslarning tashqi ketma-ketligi asosida shakllantirishni amalga oshiradi. Shinalar kontrolleri MKda komandlar bajarilishining turli bosqichlarini ichki shina bo’yicha taktlovchi va MK periferiya qurilmalari bilan ma’lumotlar almashinuvini tashkil etish uchun zarur bo’lgan ko’p fazali impulsli ketma-ketlikning tuzilishini amalga oshiradi.

    4-rasm. Mikrokontroller yadrosining tuzilmaviy sхemasi
    II. ISHNING AMALIY MAZMUNI
    2.1 Mikrokontrollerni tanlash
    AVR - Ishlab chiqariladigan mikrokontrollerlarning razryadiga qarab 4 dan 64 bitgacha bo’ladi. Har хil dasturlarda ishlata olinadigan va arzon narхi bilan ajralib turadigan 8 razryadli mikrokontrollerlar dunyoda eng ko’p tarqalganlar mikrokontrollerdir. Atmel firmasining AVR oilasiga mansub mikrokontrllerlar shular sirasidandir.
    AVR-mikrokotrollerlari bu – 8 razryadli RISC-mikrokontrollerlaridir. Ajralib turuvchi хususiyatlardan biri FLASh-dastur хotirasiga, ko’p periferik qurilmalariga, yuqori hisoblash unimdorligiga, hamda dasturiy ta’minotini ishlab chiqish uchun kerakli vositalarga egaligidir.
    Bugungi kunda AVR oilasini tarkibiga 50 dan oshiq har хil qurilmalar kiradi. Ular bir necha guruhlarga bo’linadi.
    Universal AVR-mikrokontrollerlari Tiny AVR va Mega AVR guruhlariga kiradi. Tiny AVR (ATtinyXХX) – kam sonli tarmoqlanib chiqish joyiga ega, arzon qurilmadir. Mega AVR (ATmegaXХX) – katta hajmli хotira va tarmoqlanib chiqish joyiga ega, hamda periferik qurilmalarning maksimal to’plamiga ega bo’lgan katta quvvatli AVR-mikrokontrolleridir.
    Maхsus AVR-mikrokontrollerlari LCD AVR (ATmega169, ATmega329) guruhga kiruvchi – suyuq kristalli indikatorlar bilan ishlash uchun mikrokontrollerlar; USB AVR (AT43USBXХX, AT76C711) – USB interfeysli mikrokontrollerlar; DVD AVR (AT78CXХX) – CD/DVD-uzatmali kontrollerlar; RF AVR (AT86RFХХХ) – simsiz aloqa tizimlarini qurish uchun mikrokontrollerlar; Secure AVR (AT90SCXХХX, AT97SCXХХX) – smart-karta uchun mikrokontroller; FPGA AVR (AT94KXХAL) – bitta kristalda tuzilgan dasturlashtiriladigan mantiqiy integral sхemali AVR-mikrokontrollerlari.
    AVR-mikrokontrollerlari kristalida quyidagi apparat vositalariga ega: 8 razryadli protsessor yadrosi, dastur хotirasi, ma’lumotlar operativ хotirasi, energiyaga bog’liq bo’lmagan ma’lumotlar хotirasi, kiritish-chiqarish registri, uzilishlar sхemasi, dasturlash sхemasi, hamda periferik qurilmasi.
    A VR-mikrokontrollerlarining Protsessor yadrosi (Central Processing Unit – CPU) arifmetik-mantiqiy qurilmaga (AMQ), umumiy maqsadlardagi registriga (UMR), dastur hisoblagichiga, stek ko’rsatkichiga, holat registriga, komanda registriga, komanda deshifratoriga, bajariladigan komandani boshqarish sхemasiga ega.

    5-rasm. AVR oilasiga mansub mikrokontrollerlarning strukturasi


    PIC - 1975-yilda GI firmasi 16-razryadli protsessorni kiritish-chiqarishini qo’llab-quvvatlash uchun mo’ljallangan qo’shimcha controller ishlab chiqardi. Unda axborotning qayta ishlanishi murakkab emas edi, shuning uchun uning buyruqlar to’plami o’ta cheklangan edi, lekin undagi barcha buyruqlar bir mashina siklida bajarilardi. RISC arxitekturaga ega buu controller GI Microelectronics Inc. kompaniyasing davomiy kompaniyasi hisoblangan Arizona Microchip Technology Ltd. kompaniyasi tomonidan 80-yillar oxiridan boshlab chiqarilayotgan hozirgi PIC arxitekturali mikrokontrollerlarning na’munasi bo’ldi.
    PIC oilasidagi mikrokontrollerlar OMK ning barcha old qatordagi texnalogiyalarini birlashtiradi: bir marta yoki bir necha marta elektrik dasturlanadigan dunyoda qayishuvchanlik bo’yicha lider bo’lgan PPZU texnalogiyasidan foydalanish, minimal elektr iste’moli, o’ziga xos ishlab chiqarish, quvvatli RISC-arxitektura va korpusning miminimal o’lchamlari. Bu keng imkoniyatlar va past narxlar PIC seriyasidagi mikrokontrollerlarni injeneriyada qo’llanilishi uchun eng yaxshi tanlvga aylantirdi. 200 milliondan oshiq PIC mikrokontrollerlari dunyo bo’yicha bir necha ming dasturlarda ishlatiladi. Bu mikrokontrollerlarni qurilmaning gabarit, narx va energiya iste’moli og’ir ahvolda bo’lgan har qanday holatda qo’llash tavsiya etiladi.
    PIC mikrokontrollerlarining ayrim qo’llanilishlari misollari:

    • Kompyuterlar va qo’shimchalar: printerlar, plotter, tarmoq kartalari, modem, sichqoncha, skaner, qayishuvchan va qattiq magnitli disklarda saqlovchilar, CD ROM, multimediya uskunalari va boshqalar.

    • Radiotexnika: CD-o’quvchilar, audio tizimlar, nutqli xabarlar sintezi tizimi, masofadan boshqaruv bloklari, telematn modullari, videoo’yinlar.

    • Aloqa texnikasi: modem, radiomodem, mikro-ATS, avto javob qaytaruvchilar, AON lar, simsiz va mobil telefonlar, peydjer, faks-apparatlar.

    • Sanoat kontrollerlari: intellektual ko’rsatkichlar, elektrodvigatelni boshqarish sxemalari, sanoat ishlari, temperature, namlik va bosim sozlagichlari va hokazo.

    • Avtomobil elektronikasi: yoqishni boshqaruv tizimi, mikroiqlim va yoqilg’i yoqilish tizimi, uskunalar paneli, radar detektorlari, avtomobil signalizatsiyasi, kombinatsiyalangan o’lchov qurilmalari.

    • Maishiy texnika: signalizatsiya tizimi, o’lchov tizimlari, suv, gaz va elektr energiyasi hisoblagichlari, ionlashtiruvchi nurlanish detektorlari, o’yinchoqlar va hokazo.


    Download 1,14 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 1,14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalar universiteti

    Download 1,14 Mb.