5
I-MODUL. “MEXATRONIKA” FANIGA KIRISH
§1.1. MEXATRONIKAGA TA’RIF
1.1.1. “Mexatronika” nima? Mexatronikaning rivojlanish tarixi.
“Mexatronika” fanining asosiy maqsad va vazifalari
Mashinalar,
umumiy qilib aytganda, mexanik ishlarni bajaruvchi
qurilmalardir. Yoki boshqacha aytganda, mashina
energiya yoki materialni
o`zgartirish uchun mexanik harakatni bajaruvchi qurilmadir.
Har qanday mashina mexanik va yuritma qismidan (asosan, elektrmexanik
yuritmadan), hamda boshqarish sistemasidan iborat. Mexanik qismining asosiy
elementlari quyidagilar hisoblanadi:
• foydali mexanik ishni bajaruchi ishchi organ (masalan, yukni
ko`taruvchi
kran lebyodkasi, suyuqlikni haydovchi nasosning ishchi g`altagi,
detalga mexanik ishlov beruvchi metall kesish stanogining frezasi va h.k.);
• harakat tezligini yoki xarakterini (masalan, aylanma harakatni
ilgarilanma harakatga) o`zgartiruvchi mexanik uzatma.
Mashina yuritma qismining vazifasi elektr energiyasini yoki boshqa
energiyani (gidravlik yoki pnevmatik energiyani) mexanik energiyaga aylantirish va
mashinaning ishchi organlarini harakatga keltirishdir. Elektrmexanik yuritma
elektrdvigateldan va elektr kuchli o`zgartirgichdan iborat. U manbadan (elektr
ta’minlash sistemasidan) olinadigan elektrenergiyasini dvigatel o`ramasini
ta`minlovchi ko`rinishga keltiradi. Ana shu o`zgartirgich dvigatel vali holati, kuchi
va tezligini boshqaradi. Elektr kuchli o`zgartirgichlar bu kuchli tranzistorlar,
bipolyar tranzistorlar, teristorlar va intellektual kuchli modullardir.
Kuchli o`zgartirgichlardan harakatni boshqarish tizimida,
qurilmalarni
himoyalashda, avariyali rejimlarda va nosozliklar diagnostikasida foydaniladi.
Yangi kuchli o`zgartirgichlar yarim o`tkazgichli asboblar asosida yaratiladi. Bu
o`zgartirgichlar ijrochi dvigatellar va boshqaruvchi kompyuterlar orasidagi oraliq
zveno bo`lib xizmat qiladi.
6
Oxirgi vaqtda yangi avlod mashinalarini yaratayotganda mexanik
qismlarning funktsiyalarini mashina boshqarish sistemasi tarkib topgan intellektual
(elektron, kompyuterli va axborot) qismlarga o`tkazish tendentsiyasi kuzatilmoqda.
Intellektual qismlar yangi topshiriqqa mos ravishda oson qayta dasturlanadi. Bu esa
mashinaning imkoniyatlarini oshiradi.
Shu bilan birga, texnika rivojlanishi bilan
mashinaning har xil fizik shaklga ega bo`lgan (mexanik, elektromexanik, elektron
va axborot) qismlari konstruktiv yaxlit bir butunlikka birlashtirilmoqda. Ana
shunday “aqlli” mashinalar
mexatronik deb ataladi.
Sobiq Sovet Ittifoqida, Germaniyada va boshqa davlatlarda elektr energiyani
ishchi organlarni (ijrochi mexanizmlarni) harakatga keltiradigan mexanik
energiyaga aylantiradigan qurilmalar o`tgan asrning 30-yillaridan boshlab “elektr
yuritma” deb atala boshladi. Lekin bu atama Yaponiya
va AQSh davlatlarida
qo`llanilmadi, shuning uchun uning o`rniga “mexatronika” atamasi ishlatildi va asta-
sekin Evropa davlatlari va Rossiyada joriy etildi.
“Mexatronika” atamasi 1969 yilda Yaponiyada paydo bo`ldi. Atama
muallifi -
Tetsuro Mori “
Yaskawa Electric” kompaniyasining katta muhandisi.
1
Yaponiyada bu vaqtda dasturli boshqariladigan
stanoklar va markazlar
uchun pretsizion (ingl.
precision - aniqlik ) elektrdvigatellar tayyorlanayotgan edi.
Bu atama mashina va agregatlar ishchi organlarini elektron yarim o`tkazgichli
o`zgartgichlar bilan boshqariladigan elektromexanik uskunalar elektrodvigatelarini
belgilash uchun ishlatilgan edi. Atama 1972 yilda “
Yaskawa Electric”
kompaniyasining savdo belgisi qilib ro`yxatdan o`tkazilgan.
Mexatronika atamasi “
Mexanika” va “
Elektronika” so`zlari birlashuvidan
paydo bo`lgan
«MEXAnika» va
«elek
TRONIKA» (1.1.1-rasm).
Bunday birlashuv texnikaning yangi avlodlarini yaratilishi va uskunalarining
yangi ko`rinishlarini
ishlab chiqish, ilm-fan va texnika jabhalardagi bilimlarni
integratsiyasini anglatadi.
1
T.Mori, “Mechatronics,” Yaskawa Internal Trademark Application Memo, 21.131.01, July 12, 1969.