O`quv-uslubiy tarqatma materiallariga misollar
▪ Asosiy tayanch so`z va iboralar.
▪ Asosiy tayanch tushunchalar.
▪ Mavzu bo`yicha asosiy rasm va illyusrtatsiyalar.
§1.2. MEXATRONIKA TIZIMLARINING STRUKTURASI
1.2.1. Mexatronika va odatdagi elektryuritmalar tizimlari orasidagi umumiy
xususiyatlar va farqlar
Uslubiyot nuqtai-nazaridan mexatronika va odatdagi elektryuritmalar
tizimlari orasidagi umumiy xususiyatlar va farqlarni ko`rib chiqish maqsadga
muvofiqdir. Buning uchun elektryuritma va MTning funktsional sxemalarini ko`rib
chiqamiz (1.2.1-rasm).
1.2.1a-rasmda elektryuritma sxemasi keltirilgan. Bu sxema ta`rifi bo`yicha
elektromexanik tizim bo`lib, asosiy vazifasi elektr energiyani mexanik energiyaga
aylantirib, texnologik jarayon talablari bo`yicha ishchi organ (ijrochi mexanizm)
harakatlarini boshqarishdir.
Elektr yuritma quyidagi elementlardan iborat:
- elektrdvigatel (ED). Elektr energiyani mexanik energiyaga aylantirib
beradi. Bu ishni har xil elektrdvigatellar bajaradi;
17
- kuchli o`zgartgichli qurilma (KO`Q). EEM- elektr energiyasi manbaidan
olayotgan elektr energiya paremetrlarini: tok kuchi, kuchlanishi, chastotasini ED
iste’mol qiladigan qiymatlargacha o`zgartiradi. Zamonaviy elektryuritmalarda
KO`Qni yarim o`tkazgichli asboblar – tiristorlar
12
va tranzistorlar
13
asosida
yasaydilar.
- uzatuvchi mexanizm (UM). EDdan chiqadigan mexanik harakatni mashina
yoki agregatning ishchi organi (ijrochi mexanizmi) harakatlanishi uchun kerak
bo`lgan harakat turiga (aylanma, ilgarilanma) va kerakli qiymatga (aylantiruvchi
moment, kuch, aylanish chastotasi, tezlik) aylantirib beradi;
- parametr datchiklari (D1-D3). Elektr yuritmaning joriy holati haqida
ma`lumot beradi. Bu ma`lumot texnologik va texnik talablarga mos keladigan
boshqarishning teskari aloqasini shakllantirish uchun kerak. O`lchash koordinatalari
bo`lib tok kuchi, kuchlanish, harakatlantiruvchi momentlar, tezlik, burchakli va
chiziqli harakat va b. xizmat qiladi;
- boshqaruvchi qurilma (BQ). U-signal beruvchi va teskari aloqadagi
datchiklardan kelayotgan signallar asosida KO`Qga boshqaruvchi signallarni
shakllantiradi. BQ mantiqiy va kuchaytiruchi releli va tranzistorli sxemalar hamda
regulyatorlardan zamonaviy mikroprotsessorlargacha rivojlanish yo`lini bosib o`tdi.
Boshqaruvchi signal texnologik jarayonni nazorat qilib boruvchi operator
yoki yuqori darajadagi kompyuter sistemasidan keladi.
1.2.1 b-rasmda keltirilgan MT ning funktsional sxemasini ko`rib chiqamiz.
Bu sxemada:
•
mikroprotsessor boshqarish qurilmasi vazifasini bajaradi. Bunda u
boshqarish va indikatsiyalash tizimidan keladigan topshiriq va axborot datchigidan
kiruvchi o`zgartgichlar orqali kirayotgan signallar asosida raqamli chiquvchi
signallarni shakllantiradi;
12
Tiristor (yun. thyra — eshik, kirish va rezistor) — elektrik ventil xossasiga ega boʻlgan kremniy monokristall
asosidagi yarimoʻtkazgichli asbob. Ishlash prinsipi kremniy monokristallning elektronteshikli oʻtish (elektron p
oʻtkazuvchanlikdan teshikli r oʻtkazuvchanlikka oʻtish) xossasiga asoslanadi.
13
Tranzistor (ing. transfer — koʻchirmoq va rezistor) — elektr tebranishlarni kuchaytirish, generatsiyalash (hosil
qilish) va oʻzgartirish uchun moʻljallangan 3 elektrodli yarimoʻtkazgichli asbob.
|