• O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‟RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI BUXORO MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI N.R.BARAKAYEV, N.F.O‟RINOV
  • - Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish bakalavriat ta’lim
  • X.F.Jo‟rayev
  • N. R. Barakayev, N. F. O‟rinov, D. X. Bafoyev tokarlik ishi




    Download 6.28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/234
    Sana04.09.2023
    Hajmi6.28 Mb.
    #80188
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   234
    Bog'liq
    13.Укув кулланма-ТОКАРЛИК ИШИ
    organik bo\'yoqlar, amaliy mashg\'ulot № 13, 2-курс. Курилиш механикаси, tabiiy-gazni-nordon-komponentlardan-tozalashda-absorbentning-yo-qotilishi, Chastota o`zgartkichlar, намуна аттистация саволлари учун, 1 презентация, ТАУ ТЕМА2 ОБЩИЕ ПРИНЦИПЫ УПРАВЛЕНИЯ, oriental renaissance 2022, Amaliy ustaxona 2- kurs ishchi, 1807c61ce5675f5ad20377f91ac8a4e0, Теоретико методолгические основы глобалистики, 4-AMALIY, 6-mavzu. Guruxlab tandalash, uning xisobi va moxiyati, ariza soni



    N.R.BARAKAYEV, N.F.O‟RINOV,
    D.X.BAFOYEV
     
     
     
    TOKARLIK ISHI 
     
     
    Toshkent - 2022 



    O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‟RTA 
    MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI 
    BUXORO MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
    N.R.BARAKAYEV, N.F.O‟RINOV,
    D.X.BAFOYEV
     
     
    TOKARLIK ISHI
     
    (
    60720800 
    - Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab 
    chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish bakalavriat ta’lim 
    yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun o’quv qo’llanma sifatida 
    tavsiya etilgan) 
     
    Toshkent  2022 



    Taqrizchilar: X.F.Jo‟rayev - Buxoro muhandislik-texnologiya
    instituti ―Texnologik jarayonlarni boshqaruv 
    tizimlari‖ fakulteti dekani, texnika fanlari 
    doktori, professor  
    Z.O.Shodiyev - ―TIQXMMI‖ milliy tadqiqotlar
    universiteti, Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish
    instituti ―Umumkasbiy fanlar‖ kafedrasi dotsenti 
    O‗quv qo‗llanmada kesish jarayoni va keskichlar, tokarlik-vintqirqar stanokning 
    tuzilishi va ularga xizmat ko‗rsatish, ishlov beriladigan detallarni mahkamlash usullari, 
    joizlik va o‗tkazishlar, tokarlik stanokida ishlov beriladigan detallar sirtlarining talab 
    etilgan g‗adir-budurligi va aniqligiga erishish, bazalar va detallarni tokarlik stanoklarga 
    bazalash to‗g‗risida asosiy ma‘lumotlar keltirilgan. Silindrik va konussimon sirtlarga 
    ishlov berish, rezba kesish va boshqa jarayonlarga alohida e‘tibor qaratilgan. Shuningdek
    texnologik jarayon va texnik vaqt me‘yori haqida asosiy tushunchalar berilgan hamda 
    ishlab chiqarishda texnika xavfsizligi qoidalari, yong‗inga qarshi tadbirlar va ularga rioya 
    qilish shartlari bayon qilingan.
    O‗quv qo‗llanma oliy o‗quv yurtlarining mashinasozlik va boshqa texnik ta‘lim 
    yo‗nalishi talabalari uchun mo‗ljallangan bo‗lib, undan kasb-hunar maktablari 
    o‗quvchilari va ishlab chiqarish ta‘limi ustalari ham foydalanishlari mumkin 
    В учебном пособии приведены основные сведения о процессе резания и 
    резцах, устройстве токарнных станков, способах закрепления обрабатываемых 
    деталей, допусках и посадках, обработки поверхностей с заданной шероховатости 
    и точности, о базах и базировании деталей на токарных станках. Особое внимание 
    уделено обработки цилиндрических и конических поверхностей и отверстий, 
    нарезанию резьб и другим процессам. А также приведены материалы о 
    технологическом процессе и технической норме времени, о технике безопасности и 
    противопожарных мероприятиях на производстве. 
    Учебное пособие предназначено для студентов машиностроительных и 
    других технических направлений, может быть также полезна учащимся 
    профессиональных школ и мастерам производственного обучения. 
    The textbook provides basic information about the cutting process and cutters, the 
    device of lathes, methods of fixing the machined parts, tolerances and landings, surface 
    treatment with a given roughness and accuracy, about the bases and basing of parts on 
    lathes. Special attention is paid to the processing of cylindrical and conical surfaces and 
    holes, threading and other processes. Materials on the technological process and the 
    technical standard of time, on safety and fire-fighting measures at work are also provided. 
    The textbook is intended for students of mechanical engineering and other 
    technical fields, it can also be useful for students of vocational schools and masters of 
    industrial training. 



    KIRISH 
    Mashinasozlik 
    sanoati
     xalq 
    xo‗jaligi uchun mehnat qurollari, 
    shuningdek, iste‘mol buyumlari va mudofaa ahamiyatiga ega bo‗lgan mahsulotlar 
    ishlab 
    chiqaruvchi og‗ir 
    sanoat sohalari 
    majmuidir. 
    Mashinasozlik 
    sanoatiga energetika mashinasozligi, elektrotexnika, stanoksozlik va asbobsozlik, 
    traktorsozlik va qishloq xo‗jaligi mashinasozligi kabi yirik tarmoqlar kiradi. 
    Mashinasozlik 
    sanoati 
    butun 
    xalqxo‗jaligini texnika bilan 
    ta‘minlashda 
    moddiy asos hisoblanadi. Ijtimoiy mehnat unumdorligi, texnika taraqqiyoti 
    (progressi), xalqning moddiy farovonligi va mamlakatning mudofaa quvvatini 
    oshirish mashinasozlik sanoatining taraqqiyot darajasiga bog‗liq. Mashinasozlik 
    sanoatining asosiy vazifasi xalq xo‗jaligining barcha sohalarini ilm-fan yutuqlari 
    asosida zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ta‘minlashdir. Shuningdek, 
    metallga ishlov berish, metall buyumlarini, metall konstruksiyalarini ishlab 
    chiqarish hamda mashina va asbob-uskunalarni ta‘mirtalab detallarini qayta ishlab 
    chiqarishni tashkil etadi.
    Mashinasozlik sanoati sanoat sifatida XVIII asrda vujudga keldi, dastlab 
    XIX asrda Buyuk Britaniyada, G‗arbiy Yevropaning ba‘zi mamlakatlarida, 
    keyinchalik AQShda tez rivojlana boshladi. Rossiyada birinchi mashinasozlik 
    zavodi XVIII asrda qurilgan. 
    O‗zbekistonda mashinasozlik sanoati kichik temirchilik korxonalari asosida 
    qishloq xo‘jaligi uchun ish qurollari, aravalar ishlab chiqarilgan dastlabki 
    korxonalari XX asr boshlarida vujudga kelgan. Bu davrda metallga ishlov berish 
    sanoati, asosan, 14 ta kichik tuzatish ustaxonalaridan iborat edi. Ularda, asosan, 
    to‗qimachilik, yigiruv, paxta tozalash va yog‗ zavodlarini ta‘mirlash ishlari 
    bajarilgan. Yalpi sanoat mahsuloti umumiy hajmida og‗ir sanoat va metallga ishlov 
    berish tarmog‗ining hissasi 1,3% ni tashkil etgan. 1920-yildan qishloq xo‗jaligi, 
    sanoat va transportni rivojlantirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda mavjud 
    ta‘mirlash korxonalari kengaytirildi, yangilari qurila boshlandi. 1927 yil, noyabr 
    oyida Toshkentda «Boshpaxtasanoat»ning mexanika zavodi ishga tushirildi. 1931 
    yilda bu zavod negizida paxta tozalash zavodlari uchun asbob-uskunalar ishlab 



    chiqarish va qishloq xo‗laligi texnikasi ta‘miri bilan shug‗ullanadigan 
    «Qishloqmash» (hozirgi ―Toshkent qishloq xo‗jaligi mashinasozligi zavodi‖ 
    aksiyadorlik 
    jamiyati) 
    tashkil 
    etildi. 
    Zavodda chigit seyalkalari, borona va 
    kultivatorlar ishlab chiqarish yo‗lga qo‗yildi. 
    1941–45 yillardagi urush davrida respublikada 16 ta mashinasozlik zavodi 
    ishga tushirildi. Sanoatning tarmoq tarkibi o‗zgardi. Urush davrida ishga 
    tushirilgan mashinasozlik korxonalari front ehtiyojlari uchun qurol–yarog‗, o‗q–
    dori va boshqa asbob-uskunalar, detallar ishlab chiqarildi. 1945 yildan 
    so‘ng  paxtachilik va irrigatsiya qurilishi uchun mashinalar ishlab chiqarishi yo;lga 
    qo‘yildi. To‗qimachilik, kimyo va xalq xo‗jaligining boshqa tarmoqlari uchun 
    yangi texnika va texnologiyalar jihozlar ishlab chiqarilishi tashkil etildi. Paxta 
    terish mashinalari, ekskavatorlar, ko‗prikli elektr kranlari, yigirish mashinalarini 
    ishlab chiqarish o‗zlashtirildi, korxonalarning ixtisoslashuvi va kooperatsiyasi 
    rivojlandi. 
    Respublikada mashinasozlik sanoati 15 ta tarmoqqa mansub 100 dan ortiq 
    yirik korxonalardan iborat. Traktorsozlik va qishloq xo‗jaligi mashinasozligi, 
    to‗qimachilik 
    mashinasozligi, 
    paxta 
    tozalash 
    mashinasozligi, elektrotexnika sanoati, yengil va yuk mashinalarini ishlab 
    chiqarish, aviasozlik hamda mashinasozlik texnikalar sanoatining salmog‗i oshib 
    bormoqda. 
    Ayni 
    paytda respublika iqtisodiyoti 
    uchun 
    yangi 
    bo‗lgan 
    avtomobilsozlik, radioelektronika kabi sanoat tarmoqlari yanada rivojlantirildi. 
    Respublikamizda ―Mashinasozlikni, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini 
    rivojlantirish, 
    mahsulotlarni 
    standartlashtirish 
    masalalari 
    axborot-tahlil 
    departamenti‖ Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 8 avgustdagi 174-son qaroriga 
    muvofiq tashkil etildi. 
    Mashinasozlikni, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, 
    mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti to‗g‗risida 
    Nizomda bandlarida 
    mashinasozlik korxonalarini rivojlantirish tarmoqni 
    modernizatsiya qilish va texnik jihatdan jihozlashga, alohida e‘tibor qaratilgan. 
    Bunda ishlab chiqarish potensialidan to‗liq foydalanish, yangi ish o‗rinlarini 



    tashkil etish maqsadida avtomobilsozlik, qishloq xo‗jaligi mashinasozligi va 
    boshqa mashinasozlik korxonalarida detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish 
    loyihalariga alohida e‘tibor qaratilgan [1]. 
    Metall kesish stanoklari zamonaviy mashinalar, asbob-uskunalar va boshqa 
    mahsulotlarni ishlab chiqarishning asosini tashkil etadigan jihoz turidir. 
    Mashinasozlik ishlab chiqarish korxonalarida 95% gacha detallarga metall kesish 
    stanoklarida ishlov beriladi. Metall kesuvchi stanoklarning soni, ularning texnik 
    darajasi va holati ma‘lum darajada mamlakatimizning ishlab chiqarish quvvatini 
    tavsiflaydi.
    Mamlakatimiz ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish, sifatli va 
    raqobatbardosh 
    mahsulot 
    ishlab 
    chiqarilishini 
    ta‘minlash 
    – 
    mavjud 
    texnologiyalarni takomillashtirish va yangi texnologiyalarni joriy qilish, texnologik 
    mashina va jihozlarni takomillashtirish, yuqori samaradorlikka ega bo‗lgan yangi 
    avlod texnologik tizimlari va texnikasiga o‗tishni talab qiladi. Buni ta‘minlash 
    uchun mashinasozlikni rivojlantirishga birinchi darajali e‘tibor qaratilishi kerak. 
    Metall 
    kesish 
    stanoklari 
    yangi 
    materiallarga, 
    tayyorlanmalar 
    konstruksiyalariga va detallarga ishlov berish; shaxsning texnik va ekologik 
    xavfsizligini ta‘minlash; bozor sharoitlarida raqobatbardosh mahsulotlarni 
    tayyorlash talablarni qanoatlantirishi kerak. Metall kesish stanoklari ularning narxi 
    yuqoriligi tufayli iste‘molchi tomonidan samarali foydalanilishi kerak.
    Metallga tokarlik ishlov berish metall kesuvchi maxsus qurilmalar yordami 
    bilan amalga oshirilib, ular zamonaviy texnologiyalar asosida raqamli dasturiy 
    boshqarish (RDB) tizimlari bilan jihozlangan. 
    Metall bo‗yicha tokarlik ishlari tayyorlanmadan ma‘lum qalinlikdagi metall 
    qatlamini kesish sodir bo‗ladigan jarayonni o‗zida aks etadi. Ushbu jarayon detal 
    to‗liq tayyor bo‗lguniga qadar davom etadi, ya‘ni bunda metalldan tayyorlangan 
    mahsulot zaruriy o‗lchamlarga va talab etilgan shaklga ega bo‗ladi. Hozirgi vaqtda 
    tayyorlanmalarga tokarlik ishlov berish juda dolzarb bo‗lib hisoblanadi, chunki 
    ishlov berishning ushbu jarayonini har xil turdagi materialdan yasalgan 



    tayyorlanmalar bilan amalga oshirish mumkin. Tokarlik ishlov berishning 
    imkoniyatlari juda kengdir. 
    Tokarlik ishlari – metalldan detallarni tayyorlash va ishlab chiqarishning 
    majburiy tartibli harakatidir. O‗zining mohiyati bo‗yicha metall bilan ishlashning 
    eng oddiy, ammo shu bilan birga juda ishonchli usulidir. Aynan shuning uchun har 
    xil materiallar bilan ishlashning boshqa usullari metall bo‗yicha tokarlik ishini 
    to‗liq almashtira olmadi va tokarli ishi hozirgi kunda dolzarbligicha va 
    ommabopligicha qolmoqda. 
    Tokarlik kasbi esa mashinasozlik korxonalarida eng keng tarqalgan ishchi 
    kasblaridan biri bo‗lib hisoblanadi. Bu kasbni egallash uchun belgilangan razryad 
    doirasidagi tokarlik ishlari murakkabligi bo‗yicha har xil ishlarni sifatli va unumli 
    bajara olishi; tokarlik stanoklarining tuzilishi, ishlatish qoidalari, moslamalar, 
    kesuvchi va o‗lchov asboblarining vazifasi va tuzilishini, ishlov beriladigan va 
    asbobsozlik materiallarining xossalarini; texnologik jarayonlarni tuzish qoidasini 
    va kesishning maqbul tartibotlarini tanlashni, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash 
    va avtomatlashtirish asoslarini; texnika xavfsizligi va yong‗inga qarshi tadbirlar 
    bo‗yicha qoidalarni yaxshi bilish kerak. 
    Ushbu o‗quv qo‗llanmaning tarkibi tokarlarni universal ishlar uchun nazariy 
    va amaliy tayyorlashga mo‗ljallangan bo‗lib, undan talabalar, yosh ishchilar ishlab 
    chiqarishda malakalarini oshirishlari uchun foydalanishlari mumkin. 




    Download 6.28 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   234




    Download 6.28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. R. Barakayev, N. F. O‟rinov, D. X. Bafoyev tokarlik ishi

    Download 6.28 Mb.
    Pdf ko'rish