• Mehnat faoliyatini tashkil etishning mohiyati va asoslari .
  • Ishlab chiqarishda mehnat taqsimotishshg uchta turi mavjud bo‘ladi: umumiy mehnat taqsimoti, xususiy mehnat taqsimoti, qisman (ayrim) mehnat taqsimoti.
  • Ibrohimov behruzning hayot faoliyati xavfsizligi fanidan mustaqil ish




    Download 84.89 Kb.
    Sana14.03.2024
    Hajmi84.89 Kb.
    #171320
    Bog'liq
    Ibrohimov B. HFX
    sport to`garagi qatnashchilarining jismoniy sifatlarini nazorat qilish metodikasi, Prepositions Ma\'rufjon 312, oliy-ta-limda-kredit-modul-tizimi, 620557, PEDAGOGIKA, Oʻzgarmas tok generatori - Vikipediya, 6-sinf informatika testlari, 6-mavzu Elektr zaryadlari. Kulon qonuni Elektrostatikada birlik, Kompyuter tarmoqlari, 1, 2, Huquq tizimi alohida huquq sohalaridan tashkil topadi, Pedagogika fanini o\'qitishda didaktik o\'yini ta\'lim texnologiyalarini qo\'llash, ALUMINIY, Taqdimot (1) (1)

    AndMI

    ELEKTROTEXNIKA FAKULTETI

    EEE KAFEDRASI EE YO`NALISHI

    K-24-20 GURUH TALABASI

    IBROHIMOV BEHRUZNING

    HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI

    FANIDAN MUSTAQIL ISH

    TAQDIMOTI

    MAVZU: ISH O`RNINI TASHKILLASHTIRISHNING TALABLARI.

    REJA:

    1. Mehnat faoliyatini tashkil etishning mohiyati va asoslari. 2. Ish o’rnini tashkil etish va mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi. 3. Ish o‘rinlarini tashkil etish, uni rejalashtirish va xizmat ko‘rsatish.

    Mehnat faoliyatini tashkil etishning mohiyati va asoslari.

    Mehnat faoliyati deganda insonni biror mehnat turi bilan band bo‘lishi tushiniladi. Mehnat faoliyati insonning hal qilinadigan vazifalar va bajariladigan ishlari yig‘indisidan tashkil topadi.

    Mehnat faoliyatining mohiyatini umumlashgan, hamda konkret shaklda olib qaraladigan bo‘lsa, bir-biri bilan bog‘liq ikki muhim vazifani hal qilishning ob’ektiv zarurati bilan belgilanadi. Bu vazifalardan biri — insonlarning moddiy mehnat elementlari bilan o‘zaro harakatga kirishuvini aniklashdan iborat bo‘lsa, ikkinchisi — birgalikda yoki o‘zaro bog‘langai faoliyat qatnashchilari o‘rtasida munosabatlari shakllanishidan iboratdir. Xuddi mana shu narsa mehnat faoliyatini tashkil etish predmeti hisoblanadi. Buning mohiyati mehnat faoliyatini tashkil etish vazifasiga (keng ma’noda olganda) mehnat sub’ektini (ayrim xodim yoki mehnat jamoasi)

    aniqlash, uni zarur mehnat predmetlari va vositalari bilan ta’minlash, qulay mehnat sharoitlarini yaratib berish, mehnat (ishlarini bajarish) jarayonlarini tashkil etish, mehnatga haq to‘lash kabi masalalarini o‘rganish bilan bog‘liqdir.

    «Tashkil etish» tushunchasi frantsuzcha organisation, lotincha organizo -«tartibga keltiraman» so‘zidan kelib chiqqan. Mazkur tushuncha yaxlit bir butunlik ichida o‘zaro aloqalarning yuzaga kelishi hamda takomillashishiga olib keladigan jarayon yoki harakatlar jamlamasini anglatadi. Tashkil etish deganda birgalikda amalga oshiruvchi muayyan qoida va tamoyillar asosida, biror aniq maqsad sari harakat qiluvchi kishilarning birlashgan faoliyati tushuniladi. Shunga ko‘ra, funktsional nuqtai nazardan, tashkil etish ichki tartiblarni o‘rnatish va takomillashtirish jarayoni demakdir. Binobarin, mehnatni tashkil etish atamasi kishilar faoliyatini tartibga solish va muayyan tizimga keltirishni anglatadi.

    Ishlab chiqarishda mehnat taqsimotishshg uchta turi mavjud bo‘ladi: umumiy mehnat taqsimoti, xususiy mehnat taqsimoti, qisman (ayrim) mehnat taqsimoti.

    Umumiy mehnat taqsimotiga kishilar faoliyatining ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari o‘rtasidagi mehnat taqsimoti kiritiladi, bu sohalar ichida esa — sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, aloqa, savdo, xalq ta’limi, fan, davlat boshqaruvi, madaniyat va hokazolar o‘rtasidagi mehnat taqsimoti kiritiladi. Ana shu sohalar o‘rtasida xodimlarning taqsimlanishi umumiy mehnat taqsimoti va jamiyatning ayrim mamlakat va uning mintaqasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi jarayonidagi o‘zgarishlar tasnifi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.


    Download 84.89 Kb.




    Download 84.89 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ibrohimov behruzning hayot faoliyati xavfsizligi fanidan mustaqil ish

    Download 84.89 Kb.