• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Raqamli va dasturiy boshqarish




    Download 0.55 Mb.
    bet1/2
    Sana07.04.2024
    Hajmi0.55 Mb.
    #190834
      1   2
    Bog'liq
    7..
    7, B`OSHLANG`ICH SINFLARNING IQTIDORLI O’QUVCHILAR UCHUN TOPSHIRIQLAR TIZIMINI ISHLAB CHIQISH, Windows operatsion tizimni kompyuterga o‘rnatish, Symbian mobil operatsion tizimi, Diqqat turlari va uning xususiyatlari, 263026, kurs ishi Tarbiya 2, 50610401-Kompyuter injiniringi, 5-mavzu Doston, Biznes tayyor, 3.04. Автоматлаштиришнинг техник воситалари 2017 2 ва 3-курс 1-курс УР буйича, 88 (67), 88 (68), 10..

    ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI “SIRTQI BO’LIM” “EEE” YO’NALISHI K 398-19 GURUH TALABASI QAHHOROV OBBOSNING “RAQAMLI VA DASTURIY BOSHQARISH ” FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI


    DASTURIY
    BOSHQARUV
    TIZIMLARI
    Reja :
    • Dasturiy boshqarish tizimlari
    • Ma`lumotlar kodlash, raqamli tizim.
    • Foydalanilgan adabiyotlar

    Ma`lumotlar kodlash, raqamli tizim.
    Raqamli dasturiy boshqariladigan EMT va komplekslar elektr yuritma dasturiy boshqariladigan universal tizimdir. U dastgoxlardlagi turli buyumlarni qayta ishlashda keng qo’llanishga ega bo’lib, detallarni qayta ishlash sifati va mexanik unimdorligini sezilarli darajada oshishni ta'minlaydi.
    RDU li elektr yuritmalar qo’llanilganda buyumlarni qayta ishlash bo’yicha barcha texnologik ma'lumotlar buyum yoki qayta ishlovchi instrumentning tezligi va siljishi ishlab berishdagi operasiyaning ketma - ketligi va boshqalar raqamlar ko’rinishida beriladi. Barcha raqamlarning majmuasi ushbu buyumga ishlov berish dasturini tashkil etadi. Dastur oldindan mos ravishda xisoblandi, kodlashtirilgan u yoki bu turdagi dastur tashuvchiga yoziladi. Buyumga ishlov berish oldidan dastur elektr yuritmaning dasturiy qurilmasiga kiritiladi.
    U operatorning bevosita qatnashi ishsiz buyumga ishlov berishni ta'minlaydi. Boshqa buyumga ishlov berish uchun faqat dasturni almashtirish talab qilinadi.
    U yordamchi operasiyalarni (instrumentni olib kelish va chetlashish detalni o’lchash, keltirish kattaliklarini xamda kesish tezliklarini o’rnatish va boshqalar) chiqarib tashlashi xisobga ishlov berish vaqtini sezilarli kamaytiradi.
    Shunday qilib, RDB li dasturiy boshqarish tizimi (DBT). Dasturiy boshqariladigan elektr yuritmaning ma'lum birkўrinishidir. RDU lik tizimlar analogi, (uzluksiz) va diskretli (impulsli) tizimlarga bo’linadi.
    Analogli ROU tizimlarda buyumlarga ishlov berish dasturlarini tashkil qiluvchi raqamlar majmuasi qandaylir uzluksiz o’zgaruvchi analogli fizikaviy kattalikka (o’zgarmas tok kuchlanishi sinusoid kuchlanishning fazasi yoki amplitudasi va boshqalar) o’zgartiriladi. Bu kattalik elektr yuritma uchun kirish, boshqaruvchi ta'siri bo’ladi. Diskretli RDB tizimlarida dastur boshqaruvchi impulslar ketma-ketligi sifatida berilib, ularning xar biriga buyum yoki instrumentning ma'lum bir siljishi mos keladi. Bunda impuls sonlari siljish qiymatini, ularning chastotasi esa siljish tezlanishini aniqlaydi.
    RDB li tizimlar quyidagi ikki rejimlardan biridan ishlaydi: pozisiyalash bo’yicha va konturli bo’yicha ishlov berish. Pozision (koordinatali) RDB tizimlari buyumga yoki uning to’g’ri chiziqli siljishiga nisbatan instrumentni aniq o’rnatishni ta'minlaydi. Bunday rejimlar frezerlash bir necha teshiklarni formalashda yoki yo’nishda, shuningdek buyumlarni randalash va silliqlashda kerak bo’ladi. Bunda instrument yoki buyum instrument o’rnatilgan (pozitsiyalashgan) nuqtalar orasidagi eng qisqa to’g’ri chiziqli yo’l bo’yicha siljiydi.
    Konturli (funksional) RDB li tizimlar buyum, instrument yoki buyumni ixtiyoriy trasktoriyada siljishini ta'minlaydi, bu turli konfigurasiyaga ega bo’lgan buyumlarga konturli ishlov berishda talab qilinadi.
    Ochiq RDB tizimlarida instrument yoki buyumning xarakati nazorat qilinmaydi va topshiriqqa nisbatan bevosita solishtirilmaydi. Shuning uchun, tizim ko’rsatkichlarini yoki qandaydir tashqi ta'sirlarni, misol uchun, yuritma validagi qarshilik momentni, tasodifiy o’zgarishi dasturga ishlov berish aniqligini kamayishini chaqiradi. Shu bilan bir qatorda ochiq tizimlar yopiqlarga nisbatan sozlash va ishlashda soddaroqdir. RDB tizimi dastgoxlarda buyumga ishlov berish jarayoniga bir necha bosqichlardan iborat bo’lgan bunda tastur tashuvchini tayyorlash oldin keladi. Buyumga ishlov berish dasturini tuzish uchun boshlang’ich ma'lumotlar sifatida quyidagi texnologik kattaliklar bo’ladi: tayyorlamaning o’lchovlari (chala maxsulot) va buyumning chizmasi, tayyorlamaning materialli, instrumentning xarakteristikalari, buyum tayyorlashning aniqlik darajasi, ishlov berishning ko’rinishi va xarakteri.
    Dastur tuzishning 1-chi bosqichida maxsus chizma tayyorlanadi. Bunda buyum to’g’ri burchakli koordinatalar tizimida ko’rsatiladi. (xajm bo’yicha ishlov berilganda 3-koordinata xam beriladi) so’ngra qabul qilingan koordinatalar tizimida instrument (buyum)ning siljishi dasturlanadi, bunda pozision RDB tizimlari orasidagi siljishlar dasturlanadi, konturli RDB tizimlari uchun esa - instrument (buyum) markazini kerakli troektoriya bo’yicha siljishi dasturlanadi. Dastur tayyorlashning keyingi bosqichida buyumga ishlov berishning texnologik kartasi tuziladi. Unda kesim tezligi berilishi va chuqurligi va koordinata o’qlari bo’yicha siljish kattaliklari ko’rsatilgan xolda instrument (buyum) ning barcha siljishlarining ketma-ketligi aniqlanadi.
    Ma'lumotlarning kiritishga qulay bo’lishi va dastur tashuvchining uzunligini kamaytirish uchun texnologik kartadagi barcha ma'lumotlar kodlashtiriladi. RDB tizimlarida ikkilangan va ikkilanmagan- 10 li kodlar eng ko’p tarqalgan. Bunda ikkilangan va 10 li sanoq tizimdan foydalaniladi. Dastur tashuvchiga dastur aloxida. "Bo’laklar" (bloklar) ko’rinishida yoziladi. Xar bir blok texnologik siklining ushbu bosqichidagi buyumga ishlov berishi to’g’risidagi barcha ma'lumotlarni o’z ichiga oladi. Kordinata o’qlari bo’yicha siljish tezligi va yo’nalishi, ishlov berish rejimlari. Sovutish rejimlari va boshqalar. Bu ma'lumot aloxida "So’zlar" yordamida ifodalanib, ularning xar biri yoki koordinata o’qlari bo’yicha siljish qiymatini yoki uning tezligi va yo’nalishini yoki qandaydir yordamchi kamandalarni aniqlaydi.
    Kirish va dasturga ishlov bersh qurilmasi (KDIB.Q) da foto o’quvchi F.O’. va kuchaytirgich - shakllantirgich ksh yordamida dastur tashuvchi DT dagi kodlashtirilgan axborot aloxida kadrlar bo’yicha qo’yiladi va elektrik signallarga qo’yiladi. O’qilayotgan bir kadr to’g’risidagi ma'lumot bufer (oraliq xotiraga yozilguncha R.D.B) tizimining ishchi xotirsi va keyingi bloklarida oldingi kadrlar to’g’risidagi axborotlarga ishlov berish amlg oshiriladi. Ishchi xotira bo’shatilishi mobaynida unga bufer xotirasidan ma'lumotlar o’tkaziladi, bu orqali dastgoxni boshqarish jarayonini uzluksizligi ta'minlanadi.
    Bufer va ishchi xotir qurilmasi XQ tarkibiga keyingi xotiradan elektrik signallar interpolyator (deshifrator) И kirishiga beriladi. U ushbu kodlashtirligan signallarni elektr impulslar ketma - ketligi (bular unitar kod deb ataladi) ga o’zgartiradi va ularni elektr yuritma kirishiga beradi, elektr yuritma impulslar ketma - ketligini qayta ishlashini amalga oshirib, dastgox ijro organini siljishi ta'minlaydi. Bunda, impulslar soni siljish kattaligini ularning qaytalanish chastotasi esa siljish tezligini aniqlaydi. Xotira qurilmasi XQ boshqarish pulti BP bilan bog’langan.
    RDB tizimi shuningdek, mos ravishda turli elektro mexanik va elektromagnit qurilmalarni-elektromagnit nuqtalar, dastgoxlarning turli mexanik vositalarining elektromagnitlari, rele va kontaktorlarning g’altaklarini xamda boshqarishni ta'minlaydi. 9.1- rasmda ular shakli ravishda elektro avtomatika bloki EB tarzida kўrsatilgan.
    O’zining texnikaviy imkoniyatlari va xususiyatlariga ko’ra RDB ning tuzilmasi 4 guruxga bo’linadi.Ular xalqaro tasnifga ko’ra quyidagicha belgilanadi; HNC, SNC, CNC va DNS. HNC (Hond numericad control) tizimi boshqarish pulttidan dasturlarni dastagi berilgandagi tezkor boshqarishini ta'minlaydi. SNC (Stored numericad control) tizimi dasturlarni saqlash uchun xotira qurilmasiga ega va ishlov berish oldidan bir marta qo’yiladigan dasturli bir xil turdagi chala maxsulotlar partiyasiga ishlov berishni ta'minlaydi. CNC (Computer numericad control) tizimi o’zishini dasturlash va boshqarishning talab qilingan algoritmini ishlab chiquvchi mikro EHMni qo’llashga asoslangan. DNC (Pirect numericad control) tizimi SNC va CNC tizimlarga ega bo’lgan RDB li bir gurux dastgoxlarni bevosita raqamli boshqarishni amalga oshirishni ta'minlaydi.
    Kompyuterga boshqaruvchi dastur dastur tashuvchi DT dan yoki boshqaruvchi pultdan BP dan dastur kirituvchi blok DKB va kirsh - chiqish qurilmasi KChQ 1 orqali kiritiladi. So’ngra u kompyuterning xotira qurilmasiga keladi. Doimiy xotira qurilmasi DXQ dasturning o’zgarmas qismi, dekotlashtirish, interpolyasiyalash va kerakli xisoblar uchun ma'lumotlar saqlandi.
    Tezkor xotira qurilmasi TX ga (DZU) boshqauvchi dastur ma'lumotlaridan tashqari texnalogik jarayonning borishi, ximoya blokirvkalarning xolati to’g’risidagi teskar aloqa datchiklari TAD dan olinadigan joriy ma'lumotlar keltiriladi. Bular asosida elektr yuritma EYuG ga va dastgoxning elektroavtomatika EA qurilmasiga boshqaruvchi tasirlash ishlab chiqariladi.


    Download 0.55 Mb.
      1   2




    Download 0.55 Mb.