• SANOAT TONTARILISHI OQIBATLARI .
  • Paxtani qayta ishlash sanoati.
  • Og` ir sanoat.
  • Industrial sivilizatsiyaning shakllanishi davrida yevropaning iqtisodiy taraqqiyoti (XIX asr) Reja




    Download 117.3 Kb.
    bet1/5
    Sana01.06.2023
    Hajmi117.3 Kb.
    #68688
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    5-mavzu Doston
    7, B`OSHLANG`ICH SINFLARNING IQTIDORLI O’QUVCHILAR UCHUN TOPSHIRIQLAR TIZIMINI ISHLAB CHIQISH, Windows operatsion tizimni kompyuterga o‘rnatish, Symbian mobil operatsion tizimi, Diqqat turlari va uning xususiyatlari, 263026, kurs ishi Tarbiya 2, 50610401-Kompyuter injiniringi, Biznes tayyor, 3.04. Автоматлаштиришнинг техник воситалари 2017 2 ва 3-курс 1-курс УР буйича, 88 (67), 88 (68), 10.., 7..

    INDUSTRIAL SIVILIZATSIYANING SHAKLLANISHI DAVRIDA YEVROPANING IQTISODIY TARAQQIYOTI (XIX asr) Reja:


    1
    2
    3
    Angliyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo'nalishlari
    Fransiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari
    Germaniyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo'nalishlari

    SANOAT TO'NTARILISHI OQIBATLARI.

    SANOAT TO'NTARILISHI OQIBATLARI.

    XIX asrning 30-yillariga kelib Angliyada sanoat to'ntarilishi yakunlandi. Yirik mashinalashgan ishlab chiqarish past mehnat unumdorligi va qo'l mehnatiga asos- langan hunarmandchilik va manufaktura ustidan g'alaba qozondi. Mamlakatda muhim ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar yuz berdi. XIX asr o'rtalariga kelib Angliya shaharlar va ishchilar shaharchalari mamlakatiga aylandi, ularda aholining 86% istiqomat qilar edi. Qurilish va sanoatda band bo'lganlar ulushi 50%gacha ko'tarildi, qishloq xo'jaligida esa 15%ga pasaydi.

    Paxtani qayta ishlash sanoati.

    Industrial taraqqiyot yetakchisi bo'lib paxtani qayta ishlash sanoati saqlanib qoldi. To'qish sta- noklari bilan jihozlangan fabrikalar soni ko'paydi. 1800-1870 yy.da paxta matosini ishlab chiqarish 19 martaga, paxta iste'moli 1000 martaga o'sdi. XIX asr o'rtasiga kelib tekstil va to'qimachilik sanoatida ish kuchining 1/3 qismi band edi.

    Og`ir sanoat.

    og'ir sanoat ham sekin-asta rivojlana boshlandi. Mamlakat­da 600ta domna pechlari ishlab turardi

    1800-1870 yy.da ko'mir qazib olish 11 marotaba va metallni qayta ishlash mahsulotlari 28 marotaba o'sdi 72 dunyo bo'yicha cho'yan ishlab chiqarishning yarmi, toshko'mir qazib olishning yarmidan ortig'i Angliyaga to'g'ri kelardi

    mamlakatning og'ir sanoat mahsuloti AQSh, Germaniya va Fransiyani mahsulotlaridan 4-5 barobar ortiq edi.



    Jahondagi sanoat yetakchiligini yo'qotilishi
    XIX asrning 70-yillariga kelib Angliya o'z yetakchilik mavqei- ni yo'qota boshladi.
    Mamlakatning jahon sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi
    1870 yildagi 32%dan XX asr boshiga kelib 18%ga tushib qoldi.
    Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sur'atlari qisqardi.
    An'anaviy tarmoqlar ham (tekstil, metallurgiya, ko'mir) nis- batan tushkunlik holatiga tushdi.
    XIX asrda shakllangan ularning texnik asosi eskirgan bo'lib, yangi texnikani ishlab chiqarish yo'lga qo'yilmagan edi.
    Ingliz monopoliyalari. XIX asrning 80-90 yy.da birinchi ingliz monopoliyalari tashkil topdi. Yirik monopolistik birlashmalar sanoatning quyidagi tarmoqlarida vujudga keldi - elektrotexnika, quvur ishlab chiqarish, kimyo, harbiy va boshqalar.
    Ularga misol: ingliz-german portlovchi moddalar tresti (Dina- mit-Nobel, 1886 y.), kimyo tresti (Yunayted Alkali, 1890 y.). Mor­gan moliyaviy guruhi qudratli ingliz-amerika kemasozlik trestini yaratdi.
    Mustamlakalar. XIX asr o'rtalariga kelib Angliya qudratli ish- lab-chiqarish texnik bazadan tashqari katta mustamlaka yerlariga egalikni qo'lga kiritdi. Mamlakatning qudrati deyarli qaram hududlarni ekspluatatsiyasi evaziga ta'minlanar edi. Mahalliy aholini talon-taroj qilish, noekvivalent ayirboshlov, ko'psonli soliq to'lovlari keng tarqalgan edi. Mustamlakalardagi yerosti va yer usti boyliklari talon-taroj qilindi.
    Savdo siyosati.
    industirlashtirish jarayoni sanoatni qudratini oshirib Angli- yani "dunyoning fabrikasi"ga aylantirdi va tashqi savdo siyosatin- ing yo'nalishlarini o'zgartirdi
    Angliya sanoat rivoji bo'yicha boshqa mamlakatlarni o'zib o'tib raqobatdan cho'chimas edi.
    Bug' dvigatellari. Industrial taraqqiyotning yutuqlari asosan bug' dvigatellarini joriy etilishi bilan bog'liq. Bu bug' transportini rivojlanishiga ham olib keldi. Mamlakatning orolda joylashgan- ligi kemasozlik rivojini taqazo etdi. 1811 yilda Angliyada paroxod transporti rivojlana boshlandi, 40-50-yy.dan boshlab yirik okean kemalari qurila boshlandi.

    Download 117.3 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 117.3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Industrial sivilizatsiyaning shakllanishi davrida yevropaning iqtisodiy taraqqiyoti (XIX asr) Reja

    Download 117.3 Kb.