8- amaliy ish Ko’p taktli avtomatlarning rele -kontaktlaridagi sxemalarining sintezi




Download 371 Kb.
bet1/3
Sana16.10.2023
Hajmi371 Kb.
#87919
  1   2   3
Bog'liq
8-Amaliy ish
Mustaqil ish mavzularining taqsimlanishi, 3-amaliy (1), 1 5A110102 Talimda axborot texnologiyalari магистратура 2021 2022 (1), Ma�ruza 22. Sut emizuvchilar ekologiyasi va evolyutsiyasi. Reja-3, Graflar nazariyasi. Graflar nazariyasiningasosiy tushunchalari. , Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish v, test[3], Kibrxavfsizlik dedlayin maruza, 1. Foiz stavkasining oshishi ga olib keladi-fayllar.org (2), Kurs ishi, Bolalar folklori, Boshlang\'ich sinflarda grammatik tahlilni o\'tkazish metodikasi.”-fayllar.org, Mustaqil ish AUMY fanidan, Boshlang’ich ta’limda aktdan foydalanish fanidan maruzlar matni-fayllar.org (3)

8- Amaliy ish
Ko’p taktli avtomatlarning rele -kontaktlaridagi sxemalarining sintezi

Rele sxemalar ishlab chiqish va sozlash jarayonida paydo bo’ladigan mantiqiy masalalarni avtomatik ravishda yechish uchun muljallangan. Bironta obektni boshkarish yoki sozlash uchun muljallangan releli sxemalarning majmuasi avtomat diskretli deb ataladi. Diskretli avtomatni tariflash uchun uch chekli ko’plik tushunchasi kiritiladi.


R= {R1:R2:…:PN}-kirish alfaviti
Λ= {λ1:λ2:…:λM}-chiqish alfaviti
K= {K0:K1:…:K2-1}-ichki alfaviti
Bu ko’pliklarda ikki funksiya beriladi:  ichki xolat almashinish tartibini aniqlaydigan o’tish funksiyasi; ψ- ichki xolat va kirish xolatiga qarab avtomatning xolatiga qarab avtomatning chiqish xolatini aniqlaydigan chiqish funksiyasi. Avtomatni mavxum shaklda berilgan deb xisoblanadi, agar uning uchta ko’pligi R,Λ,K, boshlangich xolati K0 aniqlangan xamda ikki funksiyasi   va ψ berilgan bo’lsa. Mavxum avtomatning o’tish va chiqish funksiyalari kuyidagi uchta usullardan birida beriladi: 1) jadvalli, 2) grafali 3) analitik.
Mavxum avtomatga muvofik amaldagi avtomat qo’yiladi.Amaldagi avtomatning kirish alfaviti signallarning ko’pligi
X=(X1, X2,…….. , Xn)
bilan chiqish alfaviti chiqish signallarning ko’pligi avtomatning
Z=(Z1, Z2,…….. , Zm)
bilan ichki alfaviti - ichki xolatning ko’pligi
Y=(Y1, Y2,…….. , Yr)
bu yerda n- avtomatning kirishlar soni: m - chiqishlar soni: r- xotira elementlarining soni.
Avtomatlarning tuzilish sintezining bilan bog’lik muamolar yechimlayotganda yukorida bayon etilgan usullarning birontasi bilan berilgan deb xisoblanadi. Bundan tashkari, elementlar /boshlang’ich/ avtomatlarning /xotira elementlari/ to’plami beriladi yoki tanlab olinadi. Tuzilish sintezi - o’tish va chiqish funksiyalariga binoan ishlaydigan, berilgan turdagi elementlarning yordamida sxemasini tuzish uchun quydagilar kerak:
1. R kirish alfavitining xar bir Ri xarfiga X=(X1,X2,…….. , Xn)(Xi=0,1) signallarning qiymat yig’indisi yoziladi, Bu bosqich kirish signallarini kodlantirish deb ataladi.
2. Λ chiqish alfavitining xar bir Λi xarfiga Z=(Z1,Z2,….. , Zm)(Zi=0,1) amaldagi (fizik) chiqish qiymat yig’indisi yoziladi. Bu bosqich chiqish signallarini kodlantirish deb ataladi.
3. Elementlar avtomatlarning (xotira elementlari) soni va turi aniqlanadi.
4. Berilgan mavxum avtomatning xar bir Ki xolatiga Y=(Y1,Y2,. , Yr)(Yi=0,1) xotira elementlarining xolat yig’indisi yoziladi. Bu bosqich avtomatning ichki xolatini kodlantirish deb ataladi.
5. Avtomatning kombinasion qismi tuzilishingi aniqlaydigan va mantiqiy sxemalarning ishini ko’rsatadigan Z1,Z2,…….. , Zm va Y1,Y2,.. , Yr o’zgarish funksiyalarini topish.
Misol. 1 - rasmda ko’rsatilgan usul bilan mavxum avtomat berilgan bo’lsin. Avtomatning graf usulda berilgan ishlash algaritmi graflar yordamida amalga oshiriladi. Graf algebraik nisbatlarning tuzilishi ifodalaydigan yo’nalgan tarmoqlar bilan ulangan uchlardan (nuqtalar) iboratdir diskret avtomatning ishlash algaritmi graf modeli, malum kirish signallar tasirida xar xil xolatlarga o’tish tartibini ko’rsatadi. Graflarning uchlari avtomatlarning ichki xolatlari bilan o’xshatiladi. Xar bir tarmoq ushbu tarmoqqa tegishli o’tishni vujudga keltirib chiqaradigan kirish xarfi bilan belgilanadi. Bu tarmoq shuningdek yuqorida ko’rsatilgan o’tishda xosil bo’ladigan chiqish xarfi bilan (mili avtomatlari uchun) belgilanadi. MUR avtomatning grafida chiqish xarfi chiqish xolatini aniqlaydigan uchlar yonida yoziladi.
1 - rasmda keltirilgan grafni taxlil etaylik. Berilgan mavxum avtomati uch ko’pligi bilan ifoda etilgan: P = {R1:R2}; λ= {λ1:λ2}; K = {k0:k1;k2;k3}.
Avtomatning n va m kirish xarflari tasirida biron-bir xolatdan ikkinchisiga o’tish yo’li strelkalar yordamida ko’rsatiladi. r - chiqish alfavitining xarflari graf uchlari yonida joylashgan bu MUR avtomati berilganligidan dalolat beradi.Bunday avtomatning chiqish signallari xar bir daqiqada faqat uning ichki xolati bilan aniqlanadi . qo’llanilayotgan vazifa berilgan mavxum avtomatning kontakt releli elementlardagi tuzilish sxemasini tuzishdan iborat. Bundan kelib chiqyaptiki avtomatning tuzilish sxemasini amalga oshiruvchi xotira elementlari sifatida kontaktli relelardan foydalaniladi.
Yechim: 1. N- kirish xarflarini ifodalash uchun zarur bo’lgan avtomatning amaldagi N kirishlar soni N≥2N shartidan aniqlanadi misolda N=2(P1 vaP2) bo’lganligi uchun, amaldagi kirishlarning eng kam miqdori birga teng, yani N=1. X kirish signalning kodlashtirish variantini 10- jadvalga muvofiq tanlab olamiz.
2. M - chiqish xarflarini ifodalash uchun zarur bo’ladigan avtomatning amaldagi M chiqishlar soni M shartdan aniqlanadi. Ushbu misolda Mo’2M shuning uchun amaldagi bitta Z- chiqish bo’lgani kifoya. Z chiqish signalining kodlashtirish variantini 11 - jadvallga muvofiq tanlaymiz.

Download 371 Kb.
  1   2   3




Download 371 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



8- amaliy ish Ko’p taktli avtomatlarning rele -kontaktlaridagi sxemalarining sintezi

Download 371 Kb.