• C++ tilidagi programma tuzilishi va uning kompilyatsiyasi:[
  • 17- ma’ruza: C++ tilining leksik asoslari Reja: C++ tilidagi programma tuzilishi va uning kompilyatsiyasi. C++tili alfaviti va leksemalar




    Download 15.67 Kb.
    bet1/2
    Sana03.06.2023
    Hajmi15.67 Kb.
    #69510
      1   2
    Bog'liq
    17-ma\'ruza
    TUSHUNTRISH-XATI, Kombinatorika tarixi, 10 sinf 2chi chorak, elektr1, diplom ishi, 1-5, Reference-301191106678, Amaliyot xati, Амалиёт ҳисоботини тайёрлаш услубий қўлланма, N0EIFUbesDUysh66QiMrTqjsASqtuTIIpwVQxshQ, 1. Qo‘shma gap haqida umumiy tushuncha. Qo’shma gap turlari-azkurs.org, Язык программирования C#, Maktablarda “Tarbiya” fanini o‘qitish huquqlari-fayllar.org, 13.00.01-IMTIHON DASTURI

    17- Ma’ruza: C++ tilining leksik asoslari
    Reja:
    1. C++ tilidagi programma tuzilishi va uning kompilyatsiyasi.
    2. C++tili alfaviti va leksemalar.
    3. Identifikatorlar va kalit so’zlar.

    Tayanch iboralar: Kompilyatsiya, fayl kengaytmasi, direktevalar, leksemalar, izohlar, oqimli o’qish va yozish funksiyalari, til alfaviti, identifikatorlar, kalit so’zlar.




    C++ tilidagi programma tuzilishi va uning kompilyatsiyasi:[C++ tilida programma yaratish bir nechta bosqichlardan iborat bo‘ladi. Dastlab, matn tahririda (odatda programmalash muhitining tahririda) programma matni teriladi, bu faylning kengaytmasi «.cpp» bo‘ladi. Keyingi bosqichda programma matni yozilgan fayl kompilyatorga uzatiladi, agarda programmada xatoliklar bo‘lmasa, kompilyator «.obj» kengaytmali obyekt modul faylini hosil qiladi. Oxirgi qadamda komponovka (yig‘uvchi) yordamida «.exe» kengaytmali bajariluvchi fayl programma hosil bo‘ladi. Bosqichlarda yuzaga keluvchi fayllarning nomlari boshlang‘ich matn faylining nomi bilan bir xil bo‘ladi.
    Kompilyatsiya jarayonining o‘zi ham ikkita bosqichdan tashkil topadi. Boshida preprotsessor ishlaydi, u matndagi kompilyatsiya direktivalarini bajaradi, xususan #include direktivasi bo‘yicha ko‘rsatilgan kutubxonalardan C++ tilida yozilgan modullarni programma tarkibiga kiritadi. Shundan so‘ng kengaytirilgan programma matni kompilyatorga uzatiladi. Kompilyator o‘zi ham programma bo‘lib, uning uchun kiruvchi ma’lumot bo‘lib, C++ tilida yozilgan programma matni hisoblanadi. Kompilyator programma matnini leksema (atomar) elementlarga ajratadi va uni leksik, keyinchalik sintaktik tahlil qiladi. Leksik tahlil jarayonida u matnni leksemalarga ajratish uchun «probel ajratuvchisini» ishlatadi. Probel ajratuvchisiga - probel belgisi ('─'), '\t' - tabulyatsiya belgisi, '\n'- keyingi qatorga o‘tish belgisi, boshqa ajratuvchilar va izohlar (kommentariylar) kiradi.
    Programma matni tushunarli bo‘lishi uchun izohlar ishlatiladi. Izohlar kompilyator tomonidan «o‘tkazib» yuboriladi va ular programma amal qilishiga hech qanday ta’sir qilmaydi.
    C++ tilida izohlar ikki ko‘rinishda yozilishi mumkin.
    Birinchisida "/*" dan boshlanib, "*/" belgalari bilan tugagan barcha belgilar ketma-ketligi izoh hisoblanadi, ikkinchisi «satriy izoh» deb nomlanadi va u "//" belgilardan boshlangan va satr oxirigacha yozilgan belgilar ketma-ketligi bo‘ladi. Izohning birinchi ko‘rinishida yozilgan izohlar bir necha satr bo‘lishi va ulardan keyin C++ operatorlari davom etishi mumkin.
    Misol.
    int main()
    {
    // bu qator izoh hisoblanadi
    Int a=0; //int d;
    Int c;
    /* int b=15 */
    /*- izoh boshlanishi
    a=c;
    izoh tugashi */
    return 0;
    }
    Programmada d, b o‘zgaruvchilar e’lonlari inobatga olinmaydi va a=c amali bajarilmaydi.
    Quyida C++ tilidagi sodda programma matni keltirilgan.
    # include // sarlavha faylni qo‘shish
    int main () // bosh funksiya tavsifi
    { // blok boshlanishi
    cout << “Salom Olam! “\n”; // satrni chop etish
    return 0; // funksiya qaytaradigan qiymat
    } // blok tugashi
    Programma bajarilishi natijasida ekranga "Salom Olam!" satri chop etiladi.
    Programmaning 1-satrida #inc1ude.. preprotsessor direktivasi bo‘lib, programma kodiga oqimli o‘qish/yozish funksiyalari va uning o‘zgaruvchilari e’loni joylashgan «iostream.h » sarlavha faylini qo‘shadi. Keyingi qatorlarda programmaning yagona, asosiy funksiyasi -main() funksiyasi tavsifi keltirilgan. Shuni qayd etish kerakki, C++ programmasida albatta main() funksiyasi bo‘lishi shart va programma shu funksiyani bajarish bilan o‘z ishini boshlaydi.
    Programma tanasida konsol rejimida belgilar ketma-ketligini oqimga chiqarish amali qo‘llanilgan. Ma’lumotlarni standart oqimga (ekranga) chiqarish uchun quyidagi format ishlatilgan:
    cout « ;
    Bu yerda sifatida o‘zgaruvchi yoki sintaksisi to‘g‘ri yozilgan va qandaydir qiymat qabul qiluvchi til ifodasi kelishi mumkin (keyinchalik, burchak qavs ichiga olingan o‘zbekcha satr ostini til tarkibiga kirmaydigan tushuncha deb qabul qilish kerak).
    Masalan:
    Int uzg=324;
    Cout<Berilganlarni standart oqimdan (odatda klaviaturadan) o‘qish quyidagi formatda amalga oshiriladi:
    cin>> ;
    Bu yerda qiymat qabul qiluvchi o‘zgaruvchining nomi.
    Misol:
    int Yosh;
    cout <<”Yoshingizni kiriting_”;
    cin>>Yosh;
    Butun turdagi Yosh o‘zgaruvchisi kiritilgan qiymatni o‘zlashtiradi. Kiritilgan qiymatni o‘zgaruvchi turiga mos kelishini tekshirish mas’uliyati programma tuzuvchisining zimmasiga yuklanadi.
    Bir paytning o‘zida probel () vositasida bir nechta va har xil turdagi qiymatlarni oqimdan kiritish mumkin. Qiymat kiritish tugmasini bosish bilan tugaydi. Agar kiritilgan qiymatlar soni o‘zgaruvchilar sonidan ko‘p bo‘lsa, «ortiqcha» qiymatlar bufer xotirada saqlanib qoladi.
    # include
    int main ()
    {
    int x,y;
    float z;
    cin>>x>>y>>z;
    cout << “O’qilgan qiymatlar \n”;
    cout<return 0;
    }
    O‘zgaruvchilarga qiymat kiritish uchun klaviatura orqali
    10 20 3.14
    harakati amalga oshiriladi. Shuni qayd etish kerakki, oqimga qiymat kiritishda probel ajratuvchi hisoblanadi. Haqiqiy sonning butun va kasr qismlari ' . ' belgisi bilan ajratiladi.

    Download 15.67 Kb.
      1   2




    Download 15.67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    17- ma’ruza: C++ tilining leksik asoslari Reja: C++ tilidagi programma tuzilishi va uning kompilyatsiyasi. C++tili alfaviti va leksemalar

    Download 15.67 Kb.