• 1. C++ dasturlash tiliga kirish.
  • 1-maruza: C++ dasturlash tiliga kirish. C++ Tilining leksik asoslari. Reja




    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/9
    Sana24.02.2022
    Hajmi0.72 Mb.
    #18025
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    1-Maruza C DASTURLASH TILIGA KIRISH. C tilining leksik asoslari. (1)
    Iqtisodiy qism.TB.OXR TRUDA


    1-MARUZA: C++ DASTURLASH TILIGA KIRISH.
    C++ TILINING LEKSIK ASOSLARI. 
    REJA: 
    1. C++ dasturlash tiliga kirish. 
    2. C++ dasturlash tili alifbosi va xizmatchi so’zlari. Amallar. Izohlar satrini tavsiflash. 
    3. Standart funksiyalar va ularning yozilishi. 
    4. Konsol orqali muloqot qilish.
    5. Chiqarish operatori. Kiritish operatori. 
    1. C++ dasturlash tiliga kirish. 
    C++ dasturlash tili C tiliga asoslangan. C esa o'z navbatida B va BCPL tillaridan kelib 
    chiqqan. BCPL 1967 yilda Martin Richards tomonidan tuzilgan va operatsion sistemalarni 
    yozish uchun mo'ljallangan edi. Ken Thompson o'zining B tilida BCPL ning ko'p hossalarini 
    kiritgan va B da UNIX operatsion sistemasining birinchi versiyalarini yozgan. BCPL ham, B 
    ham tipsiz til bo'lgan. Yani o'garuvchilarning ma'lum bir tipi bo'lmagan - har bir o'zgaruvchi 
    kompyuter hotirasida faqat bir bayt joy egallagan. O'zgaruvchini qanday sifatda ishlatish esa, 
    yani butun sonmi, kasrli sonmi yoki harfdekmi, dasturchi vazifasi bo'lgan.
    C tilini Dennis Ritchie B dan keltirib chiqardi va uni 1972 yili ilk bor Bell Laboratoriyasida, 
    DEC PDP-11 kompyuterida qo'lladi. C o'zidan oldingi B va BCPL tillarining juda ko'p muhim 
    tomonlarini o'z ichiga olish bilan bir qatorda o'zgaruvchilarni tiplashtirdi va bir qator boshqa 
    yangiliklarni kiritdi. Boshlanishda C asosan UNIX sistemalarida keng tarqaldi. Hozirda 
    operatsion sistemalarning asosiy qismi C/C++ da yozilmoqda. C mashina arhitekturasiga 
    bog'langan tildir. Lekin yaxshi rejalashtirish orqali dasturlarni turli kompyuter platformalarida 
    ishlaydigan qilsa bo'ladi. 
    1983 yilda, C tili keng tarqalganligi sababli, uni standartlash harakati boshlandi. Buning 
    uchun Amerika Milliy Standartlar Komiteti (ANSI) qoshida X3J11 tehnik komitet tuzildi va
    1989 yilda ushbu standart qabul qilindi. Standartni dunyo bo'yicha keng tarqatish maqsadida 
    1990 yilda ANSI va Dunyo Standartlar Tashkiloti (ISO) hamkorlikda C ning ANSI/ISO 
    9899:1990 standartini qabul qilishdi. Shu sababli C da yozilgan dasturlar kam miqdordagi 
    o'zgarishlar yoki umuman o'zgarishlarsiz juda ko'p kompyuter platformalarida ishlaydi. 


    C++ 1980 yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C ga asoslangan tarzda tuzildi. C++ 
    juda ko'p qo'shimchalarni o'z ichiga olgan, lekin eng asosiysi u ob'ektlar bilan dasturlashga 
    imkon beradi. 
    Dasturlarni tez va sifatli yozish hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etmoda. Buni ta'minlash 
    uchun ob'ektli dasturlash g'oyasi ilgari surildi. Huddi 70-chi yillar boshida strukturali 
    dasturlash kabi, programmalarni hayotdagi jismlarni modellashtiruvchi ob'ektlat orqali tuzish 
    dasturlash sohasida inqilob qildi. 
    C++ dan tashqari boshqa ko'p ob'ektli dasturlshga yo'naltirilgan tillar paydo bo'ldi. 
    Shulardan eng ko'zga tashlanadigani Xerox ning Palo Altoda joylashgan ilmiy-qidiruv 
    markazida (PARC) tuzilgan Smalltalk dasturlash tilidir. Smalltalk da hamma narsa ob'ektlarga 
    asoslangan. C++ esa gibrid tildir. Unda C ga o'xshab strukturali dasturlash yoki yangicha
    ob'ektlar bilan dasturlash mumkin. Yangicha deyishimiz ham nisbiydir. Ob'ektli dasturlash 
    falsafasi paydo bo'lganiga ham yigirma yildan oshayapti. 
    C++ funksiya va ob'ektlarning juda boy kutubxonasiga ega. Yani C++ da dasturlashni 
    o'rganish ikki qismga bo'linadi. Birinchisi bu C++ ni o'zini o'rganish, ikkinchisi esa C++ ning 
    standart kutubhonasidagi tayyor ob'ekt/funksiyalarni qo'llashni o'rganishdir. 

    Download 0.72 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-maruza: C++ dasturlash tiliga kirish. C++ Tilining leksik asoslari. Reja

    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish