• Birinchi qadamlar
  • Python dasturlash tilini ishga tushirish
  • Ananaviy "Hello, World!"
  • Mavzu. Pythonda o‘zgaruvchilar, ma’lumot tiplari. Kiritish va chiqarish operatorlari




    Download 212.9 Kb.
    Sana18.09.2023
    Hajmi212.9 Kb.
    #82523
    Bog'liq
    1-Mavzu. Pythonda o‘zgaruvchilar, ma’lumot tiplari. Kiritish va chiqarish operatorlari
    “MUZEYLAR TO‘G‘RISIDA”GI, Fan dastur. um.ped, Nurdinova Odina, Макола Россия, моя мечта metinov
    1. Mavzu. Pythonda o‘zgaruvchilar, ma’lumot tiplari. Kiritish va chiqarish operatorlari




    Python dasturlash tili haqida

    Python dasturlash tili 1991-yil 20-fevral kuni Gvido van Rossum tomonidan taqdim etilgan. Python dasturlash tili yaratilishidan maqsad dasturlash jarayonida hosil bo'ladigan ko'dni o'qish uchun sodda qilish edi. Python - obyektga yo'naltirilgan dasturlashni hamda funksional dasturlashni ham qo'llab quvvatlaydi. Bunga qaramasdan Python to'liq obyektga yo'naltirilgan dasturlash tili.




    Birinchi qadamlar





      • O`rnatuvhi faylni yuklab olish: python.org/downloads/. Shu yerdan Python 3.7,

    3.8 yoki 3.9 versiyasini yuklab olishni tavsiya etamiz.

      • Yuklangan faylni iwga tushirib quyidagilarga e`tibor beramiz:





    Ochiladigan oyna

    Avval Add Python to PATH ga bosib so'ng Install Now bosiladi.


    Endi agar yuqoridagi tavsiyalarga ko'ra Pyhton ni o'rnatgan bo'sangiz, uni ishga tushirishga tayyorsiz!




    Python dasturlash tilini ishga tushirish


    Ishga tushirishning bir necha usullari mavjud, ammo biz quyida ishlatish uchun eng qulayini keltiramiz.





    1. Win + R tugmalar birikmasi bosiladi.

    2. Ochilgan oynada cmd terilib Enter tugmasi bosiladi.

    3. So'ngi ochilgan oynada endi python terilib Enter bosiladi. Quyida qilingan ishning rasmlari keltiriladi:


    2 - qadam bajarilayotganda...



    Barchasi to`g`ri o`rnatilganda.
    Hech qayerda adashmagan bo`lsangiz taxminan biznikidaka oyna chiqishi kerak.


    An'anaviy "Hello, World!"


    Boshqa dasturlash tillardan farqli o'laroq Pythonda kodingizning boshi va oxiri faylning boshi va oxiri bilan ustma-ust tushadi shuning uchun yuqoridagi so'ngi oynada print("Hello, World!") deb yoziib Enter bosishingiz kifoya.

    O'ZGARUVCHI (VARIABLE)


    O'zgaruvchi —kompyuter xotirasida ma'lum bir qiymatni saqlash uchun ajratilgan joy. Soddaroq qilib tushuntirsak, o'zgaruvchini quti, quti ichidagi narsani esa qiymat deb tasavvur qilish mumkin. Pythonda qiymatlar son, matn, ro'yxat va hokazo ko'rinishida bo'lishi mumkin.

    O'zgaruvchilarni kerakli buyumlar (ma'lumotlat) saqlanadigan, nomlangan qutilarga o'xshatish mumkin


    Quyidagi misolga e'tibor bering, biz 2 ta o'zgaruvchi yaratdik (ism va yosh) va ularga qiymatlar yukladik (Pythonda boshqa tillardagi ka'bi o'zgaruvchilarni avvaldan e'lon qilish yo'q):
    ism = "Abdulloh" yosh = 25 print(ism) print(yosh) Natija:
    Abdulloh
    25
    O'zgaruvchi (variable) bunday deyilishiga sabab, uning qiymati istalgan vaqt o'zgartirilishi mumkin:
    ism = "Abdulloh" print(ism) ism="Muhammad" print(ism)
    Natija:
    Abdulloh Muhammad
    Yuqoridagi misolda ism nomli o'zgaruvchiga avval Abdulloh keyin esa Muhammad qiymatlarini berdik.
    O'ZGARUVCHILARNI NOMLASH
    O'zgaruvchilarga nom berishda quyidagi qoidalarga amal qiling:



    • O'zgaruvchi nomi harf yoki pastki chiziq (_) bilan boshlanishi kerak

    • O'zgaruvchi nomi raqam bilan boshlanishi mumkin emas

    • O'zgaruvchi nomida faqatgina lotin alifbosi harflari (A-z), raqamlar (0-9) va pastki chiziq (_) qatnashishi mumkin

    • O'zgaruvchi nomida bo'shliq (пробел) bo'lishi mumkin emas

    • O'zgaruvchi nomida katta-kichik harflar turlicha talqin qilinadi (ism, ISM, va Ism uchta turli o'zgaruvchi)

    Qo'shimcha qoida sifatida:





    • O'zgaruvchi nomini kichik harflar bilan yozing.

    • O'zgaruvchi nomida 2 va undan ortiq so'z qatnashsa ularning orasini pastki chiziq (_) bilan ajrating (ism_sharif="Anvar Narzullaev")

    • O'zgaruvchiga tushunarli nom bering (y=20 emas yosh=20, d="Korea" emas davlat = "Korea" va hokazo)

    • Shuningdek o'zgaruvchilarga Pythonda ishlatiladigan funktsiyalar va maxsus kalit so'zlarning (keywords) nomini bermang. Kalit so'zlar ro'yhatini ko'rish uchun Spyder konsolida avval help() deb yozing va Enter tugmasini bosing. Keyin esa keywords deb kiritib, yana Enter bosing. Marhamat, ekraningizda Pythondagi maxsus kalit so'zlar ro'yhatini ko'ryapsiz:




    Bu so'zlardan o'zgaruvchilarni nomlashda foydalanmang!
    Download 212.9 Kb.




    Download 212.9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu. Pythonda o‘zgaruvchilar, ma’lumot tiplari. Kiritish va chiqarish operatorlari

    Download 212.9 Kb.