|
Amudaryo muhandislik texnikumi
|
Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 0,54 Mb. | | #154199 |
Bog'liq Iqboloy Safarboyeva 8-2023
AMUDARYO MUHANDISLIK TEXNIKUMI
8-2023 guruh talabasi
Safarboyeva Iqboloy ning
Dasturlash fanidan
Mustaqil ishi
Mavzu:O’zgaruvchilar
Topshirdi: Safarboyeva Iqboloy
Qabul qildi: Xo’jaboyeva Mahliyo
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
1.O’zgaruvchilarga qiymat berish
2.C++ dasturlash tilida o’zgaruvchilar
3.Ishorali va ishorasiz tiplar
III.Xulosa
IV.Foydalangan adabiyotlar
Mavzu:O’zgaruvchilarga qiymat berish
O'zgaruvchi —kompyuter xotirasida ma'lum bir qiymatni saqlash uchun ajratilgan joy. Soddaroq qilib tushuntirsak, o'zgaruvchini quti, quti ichidagi narsani esa qiymat deb tasavvur qilish mumkin. Pythonda qiymatlar son, matn, ro'yxat va hokazo ko'rinishida bo'lishi mumkin.
O'zgaruvchilar ma'lumotlar qiymatlarini saqlash uchun ishlatiladigan 'qutilar' deb atash mumkin. Boshqa dasturlash tillaridan farqli o'laroq, Python o'zgaruvchini e'lon qilish uchun hech qanday ortiqcha buyruq talab qilmaydi.
O'zgaruvchi birinchi marta unga qiymat bergan paytingizda yaratiladi.
x = 5
y = "John"
print(x)
print(y)
O'zgaruvchilarni biron bir aniq turi bilan e'lon qilinishi shart emas va ular o'rnatilgandan keyin ham turini o'zgartirishi mumkin, masalan:
x = 5 # x ning turi - int(ya'ni butun son)
print(x)
x = "Sayyora" # y ning turi - str(ya'ni matn, yoki harflar birikmasi)
print(x)
Mavzu: C++ dasturlash tilida o’zgaruvchilar
O'zgaruvchi - Xotiraning nomlangan qismi bo’lib, o’zida ma’lum bir toifadagi qiymatlarni saqlaydi. O’zgaruvchining nomi va qiymatlari bo’ladi. O’zgaruvchining nomi orqali qiymat saqlanayotgan xotira qismiga murojaat qilinadi. Programma ishlashi jarayonida o’zgaruvchining qiymatini o’zgartirish mumkin. Har qanday o’zgaruvchini ishlatishdan oldin, uni e’lon qilish lozim.
int - 123 yoki -123 kabi butun sonlarni (butun sonlar) saqlaydi.
double - 19.99 yoki -19.99 kabi o'nli raqamlar raqamlarini saqlaydi
char- "a" yoki "B" kabi bitta belgilarni saqlaydi. Char qiymatlari bitta tirnoq bilan o'ralgan.
string- "Hello World" kabi matnlarni saqlaydi. Qator qiymatlari ikki tirnoq bilan o'ralgan
bool - qiymatlarni ikki holat bilan saqlaydi: haqiqiy yoki noto'g'ri, True yoki False ( 1 yoki 0)
O'zgaruvchi qisqa nomga ega bo'lishi mumkin (masalan, x va y) yoki ko'proq tavsiflovchi nom (yosh, cpp, master va h.k). C++ o'zgaruvchilar uchun qoidalar:
O'zgaruvchilar nomi raqam bilan boshlanmaydi!
O'zgaruvchi [a-Z] harf bilan boshlanib raqamlar ham aralashtirsa bo'ladi. ( _ali123, son90 va h.k)
O'zgarvchi nomida katta va kichik harflar ahamiyatga ega bo'lib misol uchun Aka va aka ikki xil o'zgaruvchi nomi hisoblanadi! (Aka, aka, AkA, aKa)
Mavzu: Ishorali va ishorasiz tiplar
Ishorali va ishorasiz tiplar
Dasturda qo'llaniladigan butun sonli tiplar ishorali va ishorasiz bo'lishi mumkin. Ba'zan o'zgaruvchi uchun faqatgina musbat sonni qo'llash foydali bo'ladi. Unsingned kalitli so'ziciz keltirilgan butun sonli tiplar (short va long) ishorali hisoblanadi. Ishorali butun sonlar manfiy va musbat bo'lishi mumkin. Ishorasiz sonlar esa doimo musbat bo'ladi. O'zgaruvchilarning tayanch tiplari
C++ tilida boshqa berilganlar tiplari ham qaralgan. Ular butun sonli, haqiqiy va belgili bo'lishi mumkin. Haqiqiy o'zgaruvchilar kasr ko'rinishda ifodalanuvchi qiymatlarni ham o'zida saqlaydi. Belgili o'zgaruvchilar bir bayt joy egallaydi va 266 ta belgi hamda ASCII belgilarni saqlash uchun ishlatiladi.
ASCII belgilari deganda kompyuterlarda qo'llaniladigan standart belgilar to'plami tushuniladi. ASCII - bu American Standard Code for Information Interchange ( Amerikaning axborot almashinishi uchun standart kodi) degan ma'noni anglatadi.
Kalit so'zlar. C++ tilida ayrim so'zlar oldindan zahiralanadi. Bular kalitli so'zlar deb aytiladi. Bunday so'zlarni o'zgaruvchilarni nomlashda ishlatish mumkin emas. Ularga if, while, for va main kabi so'zlar kiradi. Kompilyatorning texnik dokumentasiyasida barcha zahiralangan so'zlarning ruyxati turadi.
O'zgaruvchiga qiymat berish. O'zgaruvchilarga qiymat berish uchun o'zlashtirish operatori qo'llaniladi. Masalan, Width o'zgaruvchisiga 5 qiymatni berish uchun quyidagilarni yozish lozim:
unsigned short Width;
Width = 5;
Bu ikkala satrni Width o'zgaruvchisini aniqlash jarayonida birgalikda yozish mumkin.
unsigned short Wigth = 5;
Bir necha o'zgaruvchilarni aniqlash vaqtida ham ularga qiymat berish mumkin:
Long width = 5, length = 7;
Xulosa
Men bu mavzuda xulosa yozishimdan maqsad O’zgaruvchilar haqida chuqurroq bilimga ega bo’lishdir.O’zgaruvchilar turlari juda ko’p bo’lib unda har xil misollarni bajarish uchun ishllatiladi.Shuning uchun me bu mavzuni chuqurroq o’rganish uchun tanladim.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.www.google.uz
2.www.ziyonat.uz
3.www.wikipediya.uz
4.kutubxona.uz
5google cheome
6.Umumiy pedogogika M.Salayeva N.S.Atayeva
|
| |