• Topshirdi: _______________________ Qabul qildi: _______________________ Reja
  • Suyaklarning to’liq yoki chala, ochiq yoki yopiq sinish
  • Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar) bo‘yicha yo‘nalishi 3-kurs 221/5-guruh talabasi Yusupov Zafarbek Zaripboy o’g’lining




    Download 94.1 Kb.
    bet1/5
    Sana13.04.2024
    Hajmi94.1 Kb.
    #194659
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Mustaqil ish
    MTA Majmua(2021), 1, 4-Karno kartadan foydalanib mantiqiy ifodalarni minimallash, Kalendar reja algoritm, Ishchi dastur(Dasturlash I) 24.11.2021, 1 -amaliyot, 4-Lab, Yurtimiz mustaqillikga erishishidan oldin milliy urf odat, 7-8-mavzuDT larni sertifikatlashtirish, Axborotlarni izlash va ajratib olish fanidan mustaqil ish Mavzu, Abdulla Oripov O\'zbekiston (qasida), 2 lab Yarashov Diyorbek, TATU NF Hemis axborot tizimi, Algo 1-299, prezentatsiya

    URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI




    Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar) bo‘yicha yo‘nalishi

    3-kurs 221/5-guruh talabasi

    Yusupov Zafarbek Zaripboy o’g’lining

    ‘‘Hayot faolioyati xavfsizligi’’ fanidan tayyorlagan



    MUSTAQIL ISHI

    Mavzu: Suyak singanda birinchi yordam ko’rsatish


    Topshirdi: _______________________
    Qabul qildi: _______________________


    Reja:
    1. Suyak va bo’g’imlarning chiqishi, suyak sinishi va uning turlari.
    2. Suyak singanda ko’rsatiladigan birinchi yordam.
    3. Suyak chiqishi va uni aniqlash.
    4. Xulosa.

    Suyak butunligining buzilishiga suyak sinishi, deyiladi. Suyak sinishining ikki turi farq qilinadi. Travmatik va patologik suyak sinishi. Patologik suyak sinishi suyakda patologik holatlar (sil, osteomiyelit, o’smalar) borligiga bog’liq bo’lib, bu kasalliklar kechishining muayyan bosqichda odatdagi kuch ta’siri suyak sinishiga olib boradi. Travmatik suyak sinishi yopiq (teri shikastlanmay) va ochiq (sinish zonasida teri shikastlanadi) turlariga bo’linadi.


    Suyaklarning to’liq yoki chala, ochiq yoki yopiq sinish.Ochiq suyak sinishi yopiq sinishdan xavfliroq, chunki suyak siniqlariga infeksiya tushish va osteomiyelit avj olish ehtimoli juda ko’p bo’ladi, bu suyak siniqlarining bitib ketishini birmuncha qiyinlashtiradi. Suyak to’liq va chala sinishi mumkin. Chala singanda suyak ko’ndalangiga biror qismida, aksar uzunasiga ketgan yoriq shaklida shikastlanadi suyak darz ketadi. Suyaklar juda xilma-xil shaklda: ko’ndalang, qiyshiq, spiralsimon, uzunasiga sinadi. Ko’pincha parchalangan sinish kuzatiladi, bunda suyak ayrim bo’laklarga bo’linadi. Sinishning bu turi ko’pincha o’q tegib yaralanishda uchraydi.
    Bosilish yoki ezilish oqibatida yuz bergan sinish kompression sinish, deyiladi. Suyak sinishlarning ko’pi suyak siniqlarining surilishi bilan o’tadi, bu bir tomondan sinishga sabab bo’lgan kuch yo’nalishiga, ikkinchi tomondan suyakka yopishgan muskullarning shikastlanishidan qisqarib tortishiga bog’liq. Shikastlanish xarakteri sinish sathiga, joylashgan sohasiga, yopishgan muskullarning kuchiga va shunga o’xshashlarga ko’ra, suyak siniqlari har xil ko’rinishda: burchak ostida, uzunasiga, yon tomonga suriladi. Suyak siniqlaridan biri ikkinchisining ichiga kiradigan suqilgan sinish ko’p uchraydi.
    Suyak sinishi uchun har qanday harakatga va oyoq-qo’lga og’irlik tushganda qattiq og’riq paydo bo’lishi, oyoq-qo’l vaziyati va shaklining o’zgarishi, funksiyasining buzilishi (oyoq-qo’lni ishlatib bo’lmasligi) sinish zonasida shish va momataloq paydo bo’lishi, qo’l-oyoqning kalta bo’lib qolishi, suyakning patologik (nonormal) harakatchan bo’lib qolishi xosdir. Singan joy paypaslab ko’rilganda, bemor qattiq og’riq sezadi, bunda suyakning g’adir-budirligini va yengil bosib ko’rilganda g’ijirlashini (krepitatsiya) payqash mumkin.
    Oyoq-qo’lni paypaslashda, ayniqsa, patologik harakatchanlikni aniqlashda, og’ritmaslik va asoratlar keltirib chiqarmaslik (suyak siniqlari bilan qon tomirlar, asablar, muskullar, teri va shilliq pardalarni shikastlantirmaslik) uchun har ikki qo’l bilan avaylab ushlash talab qilinadi. Ochiq sinishda aksari jarohatda suyak sinig’i chiqib turadi, bu hol suyak singanligini yaqqol tasdiqlaydi. Singan sohani paypaslash va tekshirish man qilinadi.

    Download 94.1 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 94.1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar) bo‘yicha yo‘nalishi 3-kurs 221/5-guruh talabasi Yusupov Zafarbek Zaripboy o’g’lining

    Download 94.1 Kb.