• Jinslarning kollektorlik xususiyatlari.
  • Jinslarning litologik tavsifi va ularning stratigrafik xususiyatlari




    Download 11,69 Mb.
    bet22/252
    Sana04.12.2023
    Hajmi11,69 Mb.
    #110957
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   252
    Bog'liq
    NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

    Jinslarning litologik tavsifi va ularning stratigrafik xususiyatlari.
    Jinslarning litologik tarkibi uning tashqi yuzasidan ― sirtidan kuzatib aniqlanadi va quyidagi ma’lumotlar yoziladi:

    1. gil jinslar uchun ― rangi, qatlanishi, qumliligi, zichligi, yopishqoqligi,

    yog’liligi, karbonatliligi va sh.k.;

    1. qum va qumtoshlar uchun ― donadorligi, bir xil tarkibliligi, zarralarning silliqlanganligi, zarralar tarkibi, zarralarning sementlanganligi yoki sementlanmaganligi va ularning tavsifi, boshqa jins zarralarining aralashganligi, gilliligi, karbonatliligi va sh.k. Qumlarning makroskopik donadorligi ko’z bilan chamalab, panjalar bilan maydalab aniqlanadi. Mayin zarrali qumlar ezilganda ayrim zarrachalar qo’lga ilashadi, lekin ularni ko’z bilan farqlab bo’lmaydi. Yirik zarrali qumlarda ayrim zarrachalarni ko’z bilan farqlash mumkin.

    v) karbonat jinslar uchun ― tarkibi; ohaktoshlar, dolomitlar, mergellar salmog’i ularning tashqi belgilariga hamda suyultirilgan xlorid kislota tomizilganda karbonat gazi ajralib chiqishi hisobiga jinsni «qaynashi»ga qarab aniqlanadi. Bunday reaktsiya paytida ohaktoshlar kuchli, dolomitlar kukuni esa kuchsiz «qaynaydi».
    Jinslar qatlanib yotsa ularning qatlanish yo’siniga, qalinligiga, mahsuldor gorizontlar o’rganilayotganda qumli qatlamlarning qalinligiga e’tibor beriladi. Jinslarning stratigrafik tavsifi konning u yoki bu stratigrafik gorizontiga xos asosiy faunalariga yoki tashqi belgilariga ko’ra bayon qilinadi. Agarda qayd qilingan tashqi belgilar uchramasa, u holda laboratoriyada aniqlangan mikrofaunalar ma’lumotlaridan foydalaniladi.
    Jinslarning kollektorlik xususiyatlari. Mahsuldor qatlamlarning kollektorlik
    xususiyatlari (g’ovakliligi, o’tkazuvchanligi) laboratoriyada kern namunalaridan aniqlanadi. Bunday namunalar uchun alohida yorliqlar tuziladi. Namunalar soni mahsuldor qatlam, gorizont, svitalarning qalinligiga va litologik tarkibiga (qumtosh, gilli qumtosh, ohaktosh va sh.k.) mutanosib holda olinadi. Mahsuldor qatlam kesimi bir xil tarkibli jinslardan tarkib topgan bo’lsa, namunalar bir me’yorda olinadi. Agarda mahsuldor gorizont keskin farqlanuvchi har xil tarkibli jinslardan tuzilgan bo’lsa, uning kollektorlik xususiyati ushbu gorizontni tuzuvchi har bir qatdan olingan kern bo’yicha aniqlanadi.


    Download 11,69 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   252




    Download 11,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jinslarning litologik tavsifi va ularning stratigrafik xususiyatlari

    Download 11,69 Mb.