«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi




Download 11,69 Mb.
bet25/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

Shlam uchun yorliq


Rayon ______________ Quduq № ______________ Shlam namunasi ____________________________
Shlam olinadigan chuqurlik, m _____________________
Shlam olingan haqiqiy chuqurlik, m _______________
Fraksiya, mm ______________________________
Namuna tavsifi ____________________________
Shlam oluvchining F.I.O. _______________________
Shlam namunalari laboratoriyada o’rganilgandan so’ng kern materiali bilan birga omborda saqlanadi. Olingan namunalarda gil, qum, qumtosh va boshqa aralashmalarning necha foiz borligi aniqlanadi. Bu ish namunani tarozida tortib ko’rish yoki binokulyar (ikki ko’zli lupa) yordamida amalga oshiriladi. Jinsning u yoki bu ko’rinishdagi zarralari va parchalarining ko’p yoki ozligiga qarab uning litologik xususiyati belgilanadi. Shlamning tashqi belgilariga qarab litologik tarkibini aniqlashdan tashqari, u mikroskopik tekshiruvlardan ham o’tadi.
Burg’ilash eritmasini tozalash sistemasining takomillashmaganligi bois burg’ilangan jinslarning bir qismi nasoslar yordamida yana qayta quduqqa haydaladi. Shu sababli quduqdan chiqayotgan burg’ilash eritmasida avval qazib o’tilgan intervallardagi jinslar ham ozmi-ko’pmi uchraydi. Gil eritmasining ifloslanish darajasini aniqlash uchun quduq har 30 m ga chuqurlashganda eritmani qabul qiluvchi maxsus idishdan namuna olinadi.
Shlamni o’rganish orqali kesim bo’yicha jinslarning umumiy litologik tarkibini va uni chuqurlik bo’ylab o’zgarishini bilish mumkin, ba’zan belgili gorizontni ifodalovchi jins parchalari ham uchraydi. Bu metod bilan kesimni jins qatlari bo’yicha mufassal tavsiflab bo’lmaydi. O’lchami 0,3 mm dan yirik jins bo’laklari burg’ilash eritmasi oqimida cho’kadi, oqibatda bunday zarralarning qanday chuqurlikda burg’ilanganligini aniqlab bo’lmaydi. SHlam namunasini olishda quduq tubi chuqurligi yozib qo’yiladi.
Tog’ jinslarining granulometrik tahlili. Shlamning granulometrik tarkibi uni elakdan o’tkazish yo’li bilan aniqlanadi va u «elakli tahlil» deb ataladi. Bunda har xil diametrdagi zarralarning miqdori alohida-alohida tarozida tortiladi va shlamning umumiy og’irligiga nisbatan foizda hisoblanadi. Bu metod yordamida o’lchami 0,1 mm va undan yirik qum (psammit) fraksiyalar ajratiladi. O’lchami 0,1 mm dan kichik fraksiyalar yanada kichik o’lchamli fraksiyalarga ajratilmaydi, chunki diametri 0,1 mm dan kichik teshikli elaklardan bu metodda foydalanilmaydi. Ba’zan alevrolit (0,1-0,01 mm) va pelit (0,01 mm dan kichik) fraksiyalari ham ajratiladi, bunda gidravlik, chayqatish va b. metodlardan foydalaniladi. Qum fraksiya zarralari kattakichikligiga qarab quyidagilarga bo’linadi (G.N. Kaminskiy bo’yicha):

  1. dag’al zarrali qum, zarralar diametri 2  1 mm;

  2. yirik zarrali qum, diametri 1  0,5 mm;

  3. o’rta zarrali qum, diametri 0,5  0,25 mm; 4) mayda zarrali qum, diametri 0,25  0,1 mm.

Ajratilgan fraksiyalar zarralarining silliqlanganligi binokulyar yordamida o’rganiladi, silliqlangan, yarim silliqlangan va silliqlanmagan qirrali shakldagi jins zarralari ajratiladi. Jinslarning granulometrik tarkibini o’rganish orqali bir xil geologik sharoitda hosil bo’lgan va stratigrafiyasiga ko’ra bir xil nomlanadigan yotqiziqlar bir xil yiriklikdagi zarralardan tuzilganligini bilish mumkin. Lekin amaliyotda turli stratigrafik gorizontlardagi qatlamlarning granulometrik tarkibi deyarli bir xil bo’ladi, shu sababli qayd qilingan metod bilan qatlanishi bo’yicha jinslarni tavsiflab bo’lmaydi. Ushbu metodni kesimning nisbatan yirikroq, kattaroq intervallarini: ayrim pachkalar, svitalar, ba’zan belgili gorizontlarni tavsiflashda qo’llash mumkin. Jinslarning granulometrik tarkibini o’rganish bilan cho’kindilarning hosil bo’lish sharoitini, yotqizilayotgan material manbaini va sh.k. aniqlash mumkin.
Granulometrik tahlil natijalarini grafikda ifodalash qulay hisoblanadi: ordinata o’qi bo’ylab quduq chuqurligi, abstsissa o’qi bo’ylab fraksiyalar miqdori foizda beriladi; ayrim fraksiyalarni turli shartli belgilarda ham ko’rsatish mumkin.

Download 11,69 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi

Download 11,69 Mb.