|
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi
|
bet | 33/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasiAlevrolitlarning karotaj tavsifi yaxshi o’rganilmagan. Ko’pincha kern bo’yicha aniqlangan alevrolit qatlamlari elektr karotaji diagrammalarida qumli qatlamlar sifatida ajratiladi, PS egri chiziqlarida quduq devoriga shimilgan suyuqliklar qarshiligiga bog’liq holda minimum qiymatlar va solishtirma qarshiliklar qayd qilinadi. Gil aralashmalaridan xoli alevrolitlarda ushbu holat kuzatiladi. Bunday alevrolitlar mikrozondlar, radioaktiv karotaji, yonlama zondlash karotaji, kavernogramma diagrammalarida qumtoshlardan kam farqlanadi.
Gil aralashmalaridan xoli alevrolitlar quduq kesimida kam uchraydi, ko’pincha gilli alevrolitlar ichida yupqa qatchalar ko’rinishida qavatlanib keladi. Gilli alevrolitlarning karotaj tavsifi gil jinslarnikiga o’xshashdir. PS egri chizig’i deyarli o’zgarishsiz, qiyshayishsiz chiziladi, gamma-karotaj egri chizig’ida yuqori qiymatga ega bo’ladi. Gilli alevrolitlar zichligi gil jinslar zichligidan yuqori bo’lganligidan ularning zohiriy qarshiligi ham ancha ko’pdir. Gilli alevrolitlarning o’tkazuvchanligi yomon bo’lganligi uchun mikrozond diagrammalarida ular qarshisida musbat o’sishlar, mikrozondlar yordamida olingan zohiriy qarshilik diagrammalarida gil va qum qatlamlarinikiga nisbatan yuqori ko’rsatkichlar qayd qilinadi.
NGK diagrammalarida gilli alevrolitlarning ko’rsatkichlari suyuqlik bilan bir xil to’yingan qum qatlamlar ko’rsatkichlari bilan deyarli bir xildir. Gilli kollektorlarda vodorod miqdorining yuqori darajada bo’lishi gil aralashmalari tarkibida kristallangan suvlarning bo’lishidan darak beradi.
Gilli alevrolitlar qarshisida qayd qilingan kovako’lchagich egri chiziqlaridan quduq diametrini doloto diametridan sezilarli darajada o’zgarmaganligini ko’rish mumkin. Ko’pincha kovako’lchagich egri chiziqlarida quduq diametrining kattalashganini ko’ramiz, bu jarayon gilli alevrolitlarning qum va qumtosh jinslar bilan qavatlanganida kuzatiladi.
Mikrozond ma’lumotlari asosida alevrolit va gil pachkalarini katta aniqlikda ajratish hamda ular ichida yaxshi kollektorlik xususiyatlariga ega bo’lgan qum va qumtosh qatchalarni belgilash mumkin.
|
| |