«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi




Download 11,69 Mb.
bet34/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

Karbonat jinslar. Karotaj diagrammalari yordamida karbonat jinslarni tabaqalash va ayniqsa ohaktosh va dolomitlarni ajratish qiyin kechadi.
Mergellar. Tarkibi ohak va loyqadan iborat jins. Uning tarkibida karbonatlardan kaltsit va dolomit (40-60 foizgacha), gilli minerallardan esa montmorillonit, glaukonit, kaolinit, shuningdek, kvarts, gips va temirli minerallar bo’ladi. Rangi oq, pushti, sarg’ish qizg’ish, yashil. Mergel 10% li xlorid kislotada kuchli «qaynaydi». Unga kislota tomizilganda yuzasida dog’ qoladi.
Mergellarning solishtirma qarshiligi g’ovakligiga va gillilik darajasiga bog’liq holda katta intervalda o’zgaradi. Mergellar g’ovakligi gilli qumtoshlar va alevrolitlardan farqli o’laroq chuqurlik oshgan sari o’zgarmaydi. Buning asosiy sabablaridan biri mergel tarkibidagi karbonat material jinsning mustahkam skeletini hosil qiladi va natijada yuqorida yotgan jinslardan bo’ladigan bosim ta’sirida zichlashmaydi.
Mergelning bo’sh, yuqori g’ovaklikka ega bo’lgan turlarining solishtirma qarshiligi taxminan 5-7 Omm ga teng, juda zich tuzilgan (masalan, Buxoro-Xiva neft-gazli regionida kellovey-oksford, neokom, alb va b. yaruslar) mergellarining zohiriy qarshiligi qiymati bir necha yuz Om·metrga etadi. SHu sababli mergelning zohiriy qarshilik egri chiziqlarining ko’rinishi turlicha bo’ladi.
PS karotaji diagrammalarida mergellar xuddi gil jinslarniki kabi chiziladi, ya’ni gil jinsining nol chizig’idan deyarli og’maydi. Qarshiliklar diagrammasida oddiy zondlar yordamida chizilgan egri chiziqlarda zohiriy qarshilik qiymati yuqori bo’lsa, gradient va potentsial mikrozondlarida chizilgan egri chiziqlarda musbat orttirmalar uchramaydi.
Gamma-karotaj diagrammalarida mergellar ohaktosh va gil jinslar oralig’idagi holatda bo’ladi. Mergellarning tabiiy radioaktivligining o’rtacha qiymati toza ohaktosh va qumtoshlarnikiga nisbatan yuqori, lekin gil jinslar, gilli alevrolit va argillitlarnikidan past bo’ladi.
Neytron gamma-karotaj diagrammalarida mergellar boshqa gil jinslardek ajratiladi, masalan, gilli alevrolitlar va gilli qumtoshlarning ko’rsatkichlari gil jinslarnikiga nisbatan yuqori bo’lsa, zich ohaktosh va kuchli sementlangan qumtoshlarnikidan past bo’ladi.
Ayrim taqribiyliklarga ko’ra mergellarni karbonat sement bilan qotgan gil jinslar sifatida ham qarash mumkin. Zarralarni o’zaro biriktirib turgan sement jinsni suv ta’sirida ko’pchish va ivishdan saqlaydi, shu sababli mergel kavernogrammalarida quduq diametri doloto diametriga monand keladi. Faqat tarkibida gil fraksiyasi juda ko’p bo’lgan mergellarda quduq diametrini biroz kattalashgani seziladi. Ba’zan gil jinslari orasida uchraydigan qattiq, lekin mo’rt mergel qatlarida quduq diametrida kattalashish kuzatiladi.

Download 11,69 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi

Download 11,69 Mb.