|
Akustik karotaj va uni izohlash
|
bet | 42/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi
Akustik karotaj (AK) tovush va ultratovush diapozonli chastotada elastik to’lqinlarni tavsiflab, tog’ jinslarining akustik xususiyatlarini o’rganishga asoslangan. AK burg’ quduq asbobi, to’lqin tarqatgich va to’lqin qabul qilgichdan iborat. Akustik karotajda quduq devori bo’ylab elastik to’lqinlarni tarqalish tezligi va ularning so’nishi o’lchanadi. Bu miqdorlar elastik tebranishlar impulsining quduq va uning atrofidagi jinslarda tarqalishini tavsiflaydi.
Elastik tebranishlarni qo’zg’atuvchi manba maxsus konstruktsiyali tebratgichdan iborat bo’lib, u to’lqinni qabul qilib oluvchi priyomnikdan tovushni yutuvchi material bilan ajratilgan.
Akustik karotaj suyuqlik bilan to’ldirilgan quduqda o’tkaziladi, suyuqlik tebratgich generator va priyomnikning atrof muhit bilan bog’lanishi uchun zarur. Gaz bilan to’ldirilgan gil eritmasida generator va priyomnikning tabiiy muhit bilan akustik kontakti buziladi.
Quduqni sementlash sifatini nazorat qilishda elastik to’lqinlarning so’nishi o’lchanadi. O’lchash mustahkamlash quvurlarining sementlangan qismi ichida amalga oshiriladi.
1980 yildan boshlab bu metoddan kon geofizikasida keng foydalanilmoqda.
Uning yordamida kesimdagi jinslarning litologik tarkibi, kollektorlarning g’ovakligi hamda elastik to’lqinlarning harakatlanish vaqti yig’indisi aniqlanadi, kesimni taqqoslash masalalari hal etiladi va quduqni sementlash sifati nazorat qilinadi.
Elastik to’lqinlarning harakatlanish vaqti va tezligi diagrammasi quduq chuqurligi bo’ylab o’lchanayotgan miqdorlar o’zgarishini ifodalovchi egri chiziqdan iborat. Bir-biridan turli masofada joylashgan quduqlar kesimida har xil litologik tarkibga ega bo’lgan jins qatlamlarining qavatlanish xarakteri akustik karotaj diagrammalarida takrorlanadi, shu sababli bunday quduq kesimini o’zaro taqqoslash oson kechadi.
Tog’ jinslarida elastik tebranishlarning tarqalish tezligi turlicha bo’lganligi sababli akustik karotaj ma’lumotlaridan jinslarning litologik tarkibini aniqlashda foydalaniladi. Masalan, gidrokimyoviy cho’kindilarda o’tkazilgan akustik karotajda angidritlar toshtuzdan yaxshi farqlanadi. Tezlikni ko’rsatuvchi diagrammalarda gil jinslar, bo’sh tuzilgan qumlar va boshqalar past ko’rsatkichga ega bo’ladi.
Tog’ jinslarining g’ovakliligini aniqlash akustik karotajning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. G’ovaklilikni baholashning boshqa metodlariga qaraganda akustik karotaj bir qator afzalliklarga ega, chunonchi uning ko’rsatkichlari bilan g’ovaklilik koeffisienti oralig’ida chiziqli bog’lanish mavjud bo’lib, g’ovaklilikning o’zgarish intervallarida u saqlanib qoladi. Bundan tashqari akustik karotaj ko’rsatkichlariga quduqdagi suyuqlik xarakteri kam ta’sir etadi.
|
| |