|
QUDUQLARNI BURG’ILASH JARAYONIDA GEOLOGIK NAZORAT
|
bet | 45/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi 4.5. QUDUQLARNI BURG’ILASH JARAYONIDA GEOLOGIK NAZORAT
Quduqlarni burg’ilash jarayonida geologiya xizmati xodimlari tomonidan geologik ma’lumotlar olish hamda burg’ilash chog’ida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan murakkabliklar to’g’risida (gil eritmaning shimilib ketishi, eritma aylanmay qolishi, ag’darilmalar yuzaga kelishi, burg’ilash uskunasining qisilib qolishi va sh.k.) xabardor qilish maqsadida puxta geologik nazorat tashkil etilishi lozim.
Konchi-geolog geologik-texnik naryadda ko’rsatilgan tadqiqot ishlarining hammasining bajarilishiga ma’sul, uni nazorat qilib turishi kerak. CHunonchi quydagilar konchi-geologning vazifalari hisoblanadi:
Ma’lum intervallarda inklinometr yordamida quduq tanasining qiyshayishini o’lchash;
Kon-geofizik tadqiqotlar;
Belgilangan intervallardan kern olish;
Quduqni yuvish, gil eritmasi sifatini tekshirish, burg’ilash chog’ida yuzaga keladigan mushkulotlarni aniqlash;
Quduq konstruktsiyasi va ishlatish quvurlari birikmasining germetikligini sinash;
Qatlamni ochish, mustahkamlash quvurlari birikmasini perforatsiyalash va quduqni ishga tushirish;
Gaz-neftli gorizontlarni o’rganish, sinash va sh.k.
Nazorat qilish chog’ida burg’ilash eritmasida neft va gaz namoyonlanish belgilarini aniqlash, jins namunalarini olish, quduqni sinashda to’plangan dalillarni tahlil qilish va h.k. quduqning geologik kesimini tuzishda asosiy hujjat hisoblanadi.
4.5.1. Gil eritmasi sifati va quduqni yuvishni nazorat qilish hamda quduqda sodir bo’ladigan asoratlarga qarshi chora ko’rish
Burg’ilash chog’ida qo’llaniladigan gil eritmasi sifati quduqda neft-gaz namoyonlashishi, ag’darilishlar yuzaga kelishi, gil eritmasining aylanmay qolishiga va ochilgan mahsuldor qatlamning gillashishiga imkon bermasligi darkor. Gil eritmasi quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim:
quduq devoridagi jinslarni yaxshi gillashi, ulardagi g’ovak va darzliklarni berkitishi;
mahsuldor qatlamlar ochilganda gil eritmasi tarkibidagi suvni unga ko’p singmasligi;
quduq devori yuzasida yupqa, o’zidan suv o’tkazmaydigan gilli qobiq yuzaga keltirmoq;
maydalangan jins bo’laklarini gil eritmasi yordamida yer yuzasiga olib chiqishi, gilli eritma harakati to’xtaganda zarralarning quduq tubida cho’kishiga imkon bermasligi lozim.
Quduqni yuvish. Quduq tubini maydalangan jins zarralari ― shlamdan uzluksiz tozalash, jins maydalovchi uskunalarni sovutish, quduq devorini mustahkamlash va boshqa maqsadlarda vaqt ulushida quduqqa haydaladigan gil eritmasi yoki boshqa yuvuvchi suyuqliklar miqdori. SHuningdek, quduqni yuvish orqali ayrim gorizontlarni ajratish, jinslarning qattiqligini pasaytirish, burg’ilash uskunasini moylash va shu kabi ishlar bajariladi. Burg’ilash chog’ida gil eritmasi parametrlarining (zichligi, suv beraolishligi, barqarorligi, eritmadagi qum miqdori va sh.k.) o’zgarishi kecha-kunduz davomida nazorat qilinishi lozim. Bu maqsadda har bir qazilayotgan quduqda ko’chma laboratoriya yoki zaruriy asboblar to’plami, burg’ilash idorasida turg’un laboratoriya tashkil qilinadi. Gil eritmasi namunasi quduq og’zida va eritmani aylanish tizimining oxirida olinadi. Gil eritmasining aniqlangan hamma parametrlari miqdori maxsus jurnalda qayd qilinadi.
|
| |