Quduq kavernometriyasi va kavernogrammalarni izohlash




Download 11,69 Mb.
bet43/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

4.4.6. Quduq kavernometriyasi va kavernogrammalarni izohlash


Quduq kesimini o’rganishda kavernogramma ma’lumotlaridan keng foydalaniladi. Uning yordamida chuqurlik bo’ylab quduq diametri o’zgarishini ifodalovchi egri chiziq chiziladi. Kavernogramma quduqda bajarilgan geofizik tekshiruvlar natijasini taqqoslab, quduq holatini baholash, qatlamning geologik tavsifini va diametrini aniqlash uchun tuziladi.

Kavernomerda to’rtta dastak bo’lib, maxsus o’rnatilgan prujinalar dastak uchini quduq devorlariga qisib, unga doimo tegib turishini ta’minlaydi. Kavernomer quduq bo’ylab harakatlanganda dastaklar quduq diametrining o’zgarishi to’g’risidagi ma’lumotlarni yer yuzasidagi karotaj stantsiyasiga yuboradi (4.3-rasm). Natijada quduq diametrining chuqurlik bo’ylab o’zgarishini ko’rsatuvchi egri chiziq ― kavernogramma chiziladi. Kavernogramma ma’lumotlaridan, shuningdek, quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: a) quduq devori bilan mustahkamlash quvuri oralig’idagi bo’shliqni sementlashga sarf bo’ladigan 4.3-rasm. Kavernomer sement miqdorini hisoblashda; b) quduq ichidagi holatni baholashda; v) quduqning
geologik kesimini aniqlashda; g) geofizika ma’lumotlarini taqqoslashda; d) quduqning texnik holatini nazorat qilishda; e) qatlamlarni sinashda paker qurilmalari va mustahkamlovchi quvurlar boshmog’i o’rnatiladigan joylarni tanlashda; j) quduq kesimida kollektorlarni ajratishda (boshqa kon-geofizika metodlari diagrammasi bilan birgalikda), gil qobiq qalinligini aniqlashda va b. da.
Kavernogramma quduq chuqurligi bo’ylab 1:500 yoki 1:200, diametri bo’ylab 1:10 yoki 1:5 masshtabda qayd qilinadi. CHizilgan egri chiziqlar tahlili quduq diametri qiymatining jinslarning litologik tarkibiga ko’ra sezilarli darajada o’zgarishini ko’rsatadi.
Gil va alevrolit qatlamlarida bajarilgan kavernogrammalarda quduqning haqiqiy diametri nominal (belgilangan o’lcham)dan katta bo’ladi. Diametrning kattalashish darajasi gil jinslar xususiyatiga va qatlamni harakatlanayotgan burg’ilash eritmasi bilan qancha vaqt yuvib turilganligiga bog’liq.
Kollektorlik xususiyatlari yaxshi bo’lgan donador ohaktoshlar va dolomitlarda hamda qumtosh va alevrolitlarda gil eritmasi yordamida quduq burg’ilanganda eritma zardobini qatlam-kollektorga singishi kuzatiladi, natijada quduq devoridagi bunday jinslarda gilli qobiq hosil bo’ladi, bu jarayon kavernogramma diagrammasida qayd qilinadi va quduq diametrini belgilangan o’lchamidan kichiklashganligi kuzatiladi. Gilli qobiq qalinligi gil eritmasi sifati va jinslarning kollektorlik xususiyatlariga bog’liq holda o’zgaradi. Kollektor-jinslarning g’ovakligi yuqori darajada, gil eritmasi sifati esa past bo’lsa, gilli qobiqning qalinligi katta bo’ladi.
Zich tuzilgan ohaktosh va dolomitlarda, zich gilli qumtosh va alevrolitlarda gilli qobiq hosil bo’lmaydi, shu sababli kavernogrammalarda bunday jinslar tarqalgan uchastkalarda quduq diametri o’zgarishsiz qoladi.
Quduq diametrining kattalashishi yuqori g’ovaklilik, darzlik va kovaklikka ega bo’lgan karbonat kollektorlar tarqalgan joylarda qayd qilinadi. Odatda kavernogrammada bunday uchastkalar burg’ilash eritmasi jadal yutiladigan intervallarga mos keladi. Donador-darzli holatdagi zich tuzilgan karbonat kollektorlar tarqalgan uchastkalar kavernogrammasida quduq diametri belgilangan o’lchamdan o’zgarmaganligini kuzatish mumkin.
Angidritlarda quduqning belgilangan diametri o’zgarmaydi. Toshtuz (galit, silvin) da quduq diametri sezilarli kattalashadi, gipsda ― ozroq oshadi. Kavernogrammaning bunday xususiyati 4.4-rasmda ko’rsatilgan.

Demak, kavernogrammaning gorizontal masshtabi to’g’ri tanlansa, uning yordamida quduq kesimidagi terrigen jinslarni aniq ajratish mumkin bo’lar ekan, ba’zan standart zondlar bilan qayd qilingan KS va PS da karotaj diagrammalariga qaraganda ham aniqroq natija olinadi.
Kavernogramma ma’lumotlarini talqin qilishda quydagilarga e’tibor berish zarur:

  1. qatlam-kollektorlarni ochgan quduqlar diametri kavernogrammalarda haqiqiysidan kichikroq bo’lishi, agar qatlamning qalinligi kam va u yuvilgan gillar ustida yotgan bo’lsa, biroz kattalashgan bo’lishi mumkin;

  2. kavernogrammalarda zich tuzilgan gilli qumtoshlar va alevrolitlarni gil jinslardan ajratish mumkin, standart elektr karotaj diagrammalarida esa ular tavsifi deyarli bir xil bo’ladi.

  3. Qumtosh va alevrolitlar orasida joylashgan yupqa gil qatlar kavernogrammalarda standart elektr karotaj diagrammalaridagiga nisbatan yaxshi

farqlanadi.


Download 11,69 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Quduq kavernometriyasi va kavernogrammalarni izohlash

Download 11,69 Mb.