|
Mexanik karotaj va uni izohlash
|
bet | 40/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi
Burg’ilanayotgan jinslarni dolotalarning emirilish xususiyatiga ko’ra o’rganish murakkab ishlardan biri deb hisoblanadi. Dolotoning emirilish shakli va xususiyatiga qarab qanday tog’ jinslari burg’ilanayotganligini taxminan bilish mumkin. Masalan, gil jinslarni yoki bo’sh qumlarni burg’ilashda doloto kam emiriladi, zich va qattiq jinslarda esa emirilish kuchli bo’ladi. Ohaktoshlar va ohakli qumtoshlar dolotoni o’tmas (arra) qilib qo’yadi. Gil jinslarda u o’tmas bo’lib qoladi, jinslarning kesuvchi zihi yumaloq shakl oladi (masalan, RX dolotosi). Zich qumtoshlarda doloto bir tekis va kuchli emiriladi.
Burg’ilash jarayonini xronometrajlash (biror narsaga sarf bo’lgan vaqtni aniq o’lchash)da kesimning 1 m oralig’ini o’tishga (toza burg’ilashga) sarflangan vaqt qayd qilinadi.
Tog’ jinslarining qattiqligi turlicha bo’lib, burg’ilashga har xil qarshilik ko’rsatadi, shu sababli 1 m jinsni burg’ilashga sarflanadigan vaqt ham turlicha bo’ladi. Xronometrajning to’liq bajarilishi uchun quduqni burg’ilash jarayoni va boshqa zaruriy ishlarga sarflanadigan vaqt uzluksiz yozib boriladi. Natijada 1 m qazishga sarflangan vaqt o’lchovlariga ko’ra diagramma chiziladi, uni vertikal o’qiga quduq chuqurligi masshtabida qo’yiladi, gorizontal o’qiga esa har bir metr o’tishga sarflangan vaqt (soat)da qo’yiladi. Natijada karotaj egri chizig’iga o’xshash grafik hosil bo’ladi, egri chiziqning o’tkir uchlari qattiq jinslarga, yassi joylari bo’sh va yumshoq jinslarga to’g’ri keladi.
Shunday qilib, chizilgan diagramma mexanik karotaj diagrammasi deb ataladi, uning yordamida kesimdagi qattiq va yumshoq jinslarni, ayniqsa karbonat jinslar ichidagi neftli intervallarni ajratish va shu bilan elektr karotaj diagrammasini izohlashni osonlashtirish mumkin bo’ladi. Darzliklari, bo’shliqlari va kovaklarida neft bo’lgan karbonat jinslari zich tuzilgan turdoshlariga nisbatan oson burg’ilanadi va ularni mexanik karotaj yordamida ajratish engil kechadi (ularni elektr karotajda umuman ajratib bo’lmaydi).
Mexanik karotaj diagrammasining aniqligiga doloto o’lchami va tipi, qotishmalarni o’rnatish usuli, quduq chuqurligi, burg’ilash uskunasi massasi, rotorning aylanish miqdori, burg’ilash nasosi quvvati, burg’ilash usuli (rotorli, turbinali va b.) ta’sir etadi. SHunga ko’ra turli quduqlar bo’yicha olingan mexanik karotaj diagrammalarini faqat burg’ilashning texnologik rejimi butkul bir xil bo’lgandagina taqqoslash mumkin.
|
| |