|
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi talabalari uchun
|
bet | 1/4 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 0,54 Mb. | | #245996 |
Bog'liq KURS ISHI TAYYORLASH TASVIRIY SAN’AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI “Tasviriy san’at tarixi” fanidan KURS ISHI bajarish bo‘yicha TAqdimot
KURS ISHINING MAQOMI
- Kurs ishi tanlangan mavzu bo’yicha natijalarni umumiy yaxlitlikka ega ilmiy va amaliy fikrlarni aks ettiruvchi loyihaviy ishdir.
- Kurs ishida faniga doir masalalarni aks ettirishga mos kelishi kerak. Kurs ishi mavzusi dolzarb va talaba tanlagan mavzu bo’yicha aniq ilmiy, ilmiy-amaliy masalalarni hal qilishga qaratilgan bo’lishi kerak.
- Himoyaga tadqiqot xulosalari va tavsiya qilingan ishlanmalar talaba tomonidan nazariy jihatdan to’liq asoslanganligi yaqqol ko’rinadigan darajada bo’lgan kurs ishi taqdim etiladi.
- Talaba tomonidan bajarilgan kurs ishining ilmiy va ilmiy-amaliy darajasi ta’lim dasturiga javob berishi shart.
KURS ISHINI HIMOYA QILISHGA QUYIDAGI UMUMIY TALABLAR QO’YILADI:
- O‘rganilayotgan muammo bo’yicha mavjud adabiyotlarni chuqur tahlil qilish;
- Kurs ishida ijodiy ish va rasm (jadvallar)ni muayyan tizimga keltirilgan holda rasmiylashtirish;
- Kurs ishi bo’yicha to’plangan materiallarni tanqidiy o’rganish;
- Taklif va tavsiyalarning asoslab berilishi;
- Talaba tomonidan fikrning ketma-ketlikda, muayyan izchillikda bayon qilinishi;
- Qo’yilgan talablar bo’yicha kurs ishining rasmiylashtirilishi.
KURS ISHINI BAJARISH MUAYYAN BOSQICHLARDAN IBORAT
BO’LADI:
- Kurs ishi mavzusini tanlash va rejani tasdiqlatish .
- Kurs ishi mavzusi bo’yicha ilmiy adabiyotlar va boshqa materiallarni to’plash .
- Kurs ishini rasmiylashtirishga qo’yiladigan talablarni o’rganish .
- Kurs ishini elektron yozib, bosma variantda nashr ettirish .
- Kurs ishi bo’yicha ilmiy rahbardan yozma xulosa olish .
- Kurs ishini himoya qilish (taqdimot shaklida-power point dasturi yordamida) .
|
| |