|
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi talabalari uchun
|
bet | 4/4 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 0,54 Mb. | | #245996 |
Bog'liq KURS ISHI TAYYORLASHKURS ISHINI HIMOYA QILISH
Kurs ishi himoyasi ilmiy munozara xarakteriga ega bo’lib, ochiq tarzda, o’ta talabchanlik va qat’iyat bilan ilmiy bahs va muloqot odobiga rioya qilgan holda o’tkaziladi.
Kurs ishining asosiy natijalarini bayon qilish uchun so’z talabaga beriladi. Kurs
ishi himoyasi taqdimot yo’li bilan amalga oshiriladi. Kurs ishi mavzusi bo’yicha talabaga ma’ruza qilish uchun 10-15 daqiqagacha vaqt beriladi.
Ma’ruzadan so’ng komissiya a’zolari talabaga og’zaki tarzda savollar beradilar. Savolga javob berishdan oldin talabadan diqqat bilan eshitish va yozib olish talab etiladi. Javoblar mantiqan lo’nda va dadil, isboti bilan berilsa, keyingi beriladigan savollarni tug’ilmasligiga zamin yaratadi.
Barcha savol-javoblar tugaganidan so’ng komissiya a’zolari talabaning kurs ishi himoyasi bo’yicha bahosini qabul qiladi va tegishli qaydnomaga rasmiylashtiradi.
KURS ISHLARINI BAHOLASH TARTIBI
Reyting tizimi bo’yicha talabaning kurs ishini 100 ballik tizim asosida
baholanadi.
A-4 o’lchamli yozuv qog’ozida kurs ishini yozish
T A R T I B I :
Kurs ishi betlari quyidagicha yozilishi lozim:
Chap tomondan - 30 mm
Yuqoridan - 20 mm
O’ng tomondan - 20 mm
Pastdan - 20 mm
1 ta betda jami 27-28 qator bo’ladi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
|
| |