|
Atom yadrosining tarkibi. Bog’lanish energiyasi. Massa deffekti
|
Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 14,75 Kb. | | #259278 |
Bog'liq Atom yadrosining tarkibi. Bog’lanish energiyasi. Massa deffekti
Xulosa
Mening malak ishimning mavzusi “Atom yadrosining tarkibi. Bog’lanish energiyasi. Massa deffekti” mavzusini o’qitish metodikasi bolib, ushbu ishimga doir fizik ma`lumotlar va pedagogic texnologiyalar haqida ma`lumotlar berdim. Ushbu bitiruv ishini yozish jarayonida bir nechta adabiyotlar bilan tanishib chiqib, pedagogik texnologiyalar haqida ko’plab ma’lumotlarni oldim va malaka ishini yozish jarayonida foydalanidim.
Hamkorlikka asoslangan, o’quvchilarning faolligini oshirishga mo’ljallangan, o’quvchilarni boshqalarning fikrini eshitish, tushunish, hurmat qilish, o’zgalar manfaatlari bilan hisoblashish, ulardan o’rganish, ularga o’rgatish, ta’sir qila olish, o’zining va boshqalarning «men»ligini sezish, his qilish, o’zini boshqarish, fikrini lo’nda va aniq bayon qila olishga o’rgatishga qaratilgan «interfaol» o’qitish usullari fizika fanini o’qitishda tez ijobiy samara berishi mumkin. Interfaol usullar guruhdagi kichik guruxlar o’rtasida raqobat muhitini vujudga keltirib, talaba-o’quvchilarni xarakatchanlikka boshlab, ruxlantiradi, natijada o’quvchilar hamkorlikka o’rgana boshlaydilar. Har qanday interfaol usul to’g’ri va maqsadga muvofiq qo’llanilganida o’rganuvchilarni mustakil fikrlashga o’rgatadi.
Dars ishlanmalarida keltirilgan metodidan foydalanish ta’lim-tarbiyada maqsadning amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish, ham o’qituvchi, ham o’quvchining hamkorlikdagi faoliyati hamda ular qo’ygan maqsadga erishishiga yordam beradi.
O’qituvchi va o’quvchining maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan, bunda o’qituvchi o’quvchilarning bilim saviyasi, guruh harakteri, sharoitiga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishish uchun kompyuter bilan ishlash lozimdir, balkim film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo’lar, bular o’qituvchi va o’quvchilarga bog’liq.
Shu bilan bir qatorda o’qitish jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur, bu jarayonda o’qituvchi o’quv predmetining o’ziga xos tomonini, joy va sharoitni, eng asosiysi, o’quvchining imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishini hisobga olishi kerak, shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda, o’quvchini ta’limning markaziga olib chiqish kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar
Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti. Ta’lim taraqqiyoti. 3-maxsus son.1999.
9. Fizika. Multimediya darslik. OOO “Integral SOF” Faniyev. A. G. N.N. Boltayev. “ Innovasion texnologiyalarga hamkorlik qilish va ularni rivojlantirish institute.” 2003 yil.
Ishmuhamedov R. va boshqalar. Ta’limda innovasion texnologiyalar. (Ta’lim muassasalari pedagog-o’qituvchilar uchun amaliy tavsiyalar) – T.: 2008.
Davronov P.Z. Yangi pedagogik texnologiyalar. Samarqand. 2008.
Habibullayev R., Boydedayev A., Fizika. Umumta’lim maktablarining 10-sinfi uchun darslik. –T.: 2010.
Habibullayev R., Boydedayev A. va boshq. Fizika. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik. –T.: 2019.
Saidahmedov N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar. –T.: 2003.
WWW.Geogle.uz
|
| |