• Tayanch so‘z va iboralar
  • Mavzu: avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlarini etish tashkil etish VA ishlarni qabul




    Download 14,11 Kb.
    bet1/2
    Sana02.07.2024
    Hajmi14,11 Kb.
    #266376
      1   2
    Bog'liq
    5. AVTOMOBIL YO‘LLARINI TA’MIRLASh VA SAQLASh IShLARINI ETISh TAShKIL ETISh VA IShLARNI QABUL QILISh. (1)


    10-11-12. MAVZU: AVTOMOBIL YO‘LLARINI TA’MIRLASh VA SAQLASh IShLARINI ETISh TAShKIL ETISh VA IShLARNI QABUL QILISh.
    RYeJA:

    1. Yo‘l ta’mirlash ishlarini tashkil etish.

    2. Yo‘llarni ta’mirlash va saqalash ishlarini qabul qilish. 3.Yo‘llarni ta’mirlash va saqlash ishlari sifatini baholash.



    Tayanch so‘z va iboralar: Yo‘llarni saqlash, ekspluatatsiya jarayonida saqlash ishlari, qora qoplamalar, organik bog‘lovchilar, qoplamani yemirilishdan saqlash, foydalanilayotgan yo‘llarning sifat ko‘rsatkichlari tizimi, yo‘llarning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash, progibomer, tamg‘a ko‘targich, dinamik kuch ta’sirida ishlaydigan qurilma, vibrograf, shtanga, shtamp, viagraf, tolchkomer ko‘rsatkichi, seymon-betonli, dinamometrik arava va motoroller g‘ildiragi.
    Avtomobil yo‘llarini saqlash – avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlari elementlarini soz xolatda saqlash, shuningdek avtomobil yo‘lining butun uzunligida yil mobaynida bajariladigan avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarining texnik qurilmalari ish rejimlari bo‘yicha kompleks ishlar, doimiy ravishda paydo bo‘ladigan mayda shikastlanishlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, xarakat xavfsizligini tashkil etish va ta’minlash, shuningdek avtomobil yo‘llarini qishda saqlash va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha kompleks ishlar.
    Avtomobil yo‘llarini saqlash bilan band bo‘lgan ishchilarning ishini tashkil qilishda quyidagilar ko‘zda tutiladi;

    • avtomobil yo‘llarini saqlash bo‘yicha ishlar asosan mexanizatsiyalangan usulda bajariladi. Ayrim mexanizatsiyalashtirilmagan saqlash ishlarini qo‘l kuchi bilan bajarish mumkin;

    • yo‘llarni saqlash ishlari yo‘l bo‘limlaridagi yil davomida o‘ziga tegishli qismda ish yurituvchi, yetarli darajada texnika bilan ta’minlangan maxsus brigada yoki bo‘g‘inlar tomonidan amalga oshiriladi. Bu o‘zlariga biriktirilgan doimiy ishlarni yaxshi o‘zlashtirish va ularni o‘z vaqtida yuqori sifat bilan bajarishga imkon beradi.

    Avtomobil yo‘llarida saqlash ishlarini bajarish uchun yo‘l bo‘limlari qoshida qoplamalarni ta’mirlash va tozalash, sun’iy inshootlar va yo‘llarni jixozlash bo‘yicha aloxida brigadalar tashkil etish tavsiya etiladi. Avtomobil yo‘llarini saqlash ishlari bo‘yicha yillik ish xajmi yo‘llardan foydalanuvchi tashkilot tomonidan yo‘lni ma’muriy axamiyatini xisobga olgan xolda, yo‘l toifasiga qarab, xarakat jadalligi va ishlarni takrorlanishiga qarab aniqlanadi. Saqlash bo‘yicha ishlar ishchi xizmatchilarning doimiy tarkibi tomonidan kalendar grafik asosida tuzilgan ( bir kunlik yoki bir oylik) yillik ish jadvali asosida amalga oshiriladi. Ishlarni bajarish texnologiyasiga amal qilinadi. Yillik rejalarni tuzishda mavsumiy texnik ko‘riklar natijasi xisobga olinadi.
    Ish joyining xususiyati shundan iboratki, ishchilar avtomobil yo‘lining o‘zlari xizmat ko‘rsatadigan qismida doimiy band bo‘ladilar. Shuning uchun ishchilar maxsus kiyim va boshqa aloxida ximoya vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishlari shart. Maxsus brigadalar tomonidan yo‘l bo‘laklarida 1chi uning aloxida

    elementida ta’mirlash ishlari amalga oshirilganda, tegishli yo‘riqnomalar asosida ish joylari ajratiladi xamda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida to‘siq va yo‘l belgilari o‘rnatiladi.
    Umumfoydalaguvdagi avtomobil yo‘llarida saqlash ishlari malakali ishchilar, xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy amal qiluvchi, ta’mirlash va saqlash ishlari qoidalarini to‘la o‘zlashtirgan ishchilar tomonidan bajariladi.
    Yoshi 18 ga yetgan, mashinani boshqarish xuquqini beruvchi guvoxnomaga ega bo‘lgan, tibbiy xay’at ko‘rigidan o‘tgan mazkur ishga yaroqli deb topilgan va ishni xavfsiz yuritish talablarini biladigan shaxslarga mashina va mexanizmlarni boshqarishga ruxsat etiladi.
    Suv bilan yuvadigan PS—20 mashinasi bilan faqatgina ahlatni supurishdan tashqari suvni kuchli purkab qoplama yuzidagi loy va mayda zarralarni ham chetga chiqara oladi. Qoplama yuzalarini chan-gsizlantirib turish uchun xlorli kalsiy 20—30 % li eritmasidan 1 m3 suvga 0,15—0,301 dan qo‘shib yoki uning kukunidan 0,5 kg/m2 sarfida ishlatiladi. Qurg‘oqchilik tumanlarida bunday tadbir yoz fasli mobaynida 2—3 marta bajarilsa ham yaxshi naf beradi. Ayrim hollarda esa uning o‘rniga sulfrt spirtli bo‘tqadan ham foydalansa bo‘ladi.
    Yo‘lni muntazam ravishda iflosdan tozalab turish lozim. Qoplama va transport g‘ildiraklariga zarar yetkazmaslik uchun qoplama yuzi hamda uning chekkalaridagi temirli narsalarni yig‘ib olish uchun ostiga kuchli elektr magnit o‘rnatilgan maxsus mashinadan foyda- laniladi. Magnit kuzovga o‘rnatilgan yuritkichli generatordan quwat olish hisobiga ishlaydi. Qoplamadan 10—20 sm yuqorida joylashgan magnitli mashina yo‘ldan o‘taturib 1 kg gacha og‘irlikdagi temir bo‘lagini yig‘ib boradi. Magnit vaqti-vaqti bilan temir bo‘laklaridan tozalanib turiladi.
    To‘xtash va to‘xtab turish manzillaridagi ko‘katli bezam joylar mutaxassis — bog‘bonlar qarovida bo‘lish kerak.
    Yoz faslida daraxtlarning kasallanishi va qurt yeyishidan saqlab turish uchun dorilanadi.
    Avtomobil yo‘llarini yuqorida aks ettirilgan holatda ushlab turish uchun ekspluatatsiya jarayonida saqlash ishlari quyidagi kompleks vazifalarni o‘z ichiga oladi:

    • yo‘l inshootlarini muntazam nazorat qilib turish va ularni qo‘riqlash;

    • yo‘l inshootlari holatini toza saqlash;

    • yil davomida yo‘lning barcha inshootlarida sodir bo‘lgan joriy nuqsonlarni tezda bartaraf etish;

    • yo‘l uchun ajratilgan mintaqani ko‘kalamzorlashtirish va uni saqlab turishni muntazam nazorat qilish;

    • yo‘ldan o‘tuvchilar uchun harakat xavfsizligi va qulaylikni ta’minlash;

    • yo‘l inshootlarining xizmat qilish sharoitini o‘rganish va tahlil qilish.

    Avtomobil yo‘llarida yo‘l to‘shamasi va qoplamasini saqlashda quyidagi ishlar bajariladi:

      • yo‘l qoplamasini doimiy ravishda changdan, loydan, qordan, muzdan tozalash, qoplama yemirilishidan hosil bo‘lgan qoldiqlarni yig‘ishtirish va changsizlashtirish hamda qoplamada buzilish natijasida sodir bo‘lgan nuqsonlarni bartaraf etish;

      • qatnov qismidagi muzgarchilik va sirpanchiqni qum va boshqa muzgarchilikka qarshi aralashmalar sepib bartaraf qilish;

      • ayrim deformatsiyalangan va bo‘shliqlar hosil bo‘lib turuvchi hamda ko‘pchish havfi bo‘lgan yo‘l bo‘laklarida qarovni amalga oshirish (vaqtinchalik to‘siqlar o‘rnatish va qatnovni yopiq shitlar, taxtalar va boshqa buyumlardan

    foydalangan holda harakatni tashkil etish, zarur bo‘lganda ularni yig‘ishtirish) yo‘lda hosil bo‘lgan o‘yiq va yoriqlarni ochish va to‘ldirish;

      • shag‘alli, tuproqli va traktor yo‘llarini tekislash va shibbalash.

    Yo‘l bo‘limlarining avtomobil yo‘llariga xizmat ko‘rsatishning me’yoriy masofasi.



    Avtomobil yo‘llari toifasi

    Xizmat ko‘rsatish tarmoq uzunligi, km

    Amaldagi qatnov jadalligiga ko‘ra xizmat ko‘rsatish tarmoq uzunligini o‘zgartirish koeffitsiyenti

    Xizmat ko‘rsatish
    tarmog‘ining aholi yashash punktlaridan o‘tgan hollarda hisobga olinadigan
    koeffitsiyent

    Qatnov qismida ajratuvchi to‘siq o‘rnatilganda kamaytirish koeffitsiyenti


    Download 14,11 Kb.
      1   2




    Download 14,11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlarini etish tashkil etish VA ishlarni qabul

    Download 14,11 Kb.