• KURS ISHINI HIMOYA QILISH
  • Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi talabalari uchun




    Download 0,54 Mb.
    bet3/4
    Sana20.05.2024
    Hajmi0,54 Mb.
    #245996
    1   2   3   4
    Bog'liq
    KURS ISHI TAYYORLASH

    KURS ISHINI YOZISH
    Kurs ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligini asoslovchi matn va dalillar, kurs ishini olib borishda ko’rib chiqiladigan muammolar, kurs ishining maqsadi va vazifalari, izlanish obyekti hamda uning amaliy ahamiyati aks ettiriladi.
    Kurs ishining birinchi bobida tanlangan mavzuning nazariy jihatlari ilmiy tortishuvlar asosida yoritiladi. Shuningdek, mavzu bo’yicha mavjud muammolar o’rganilishi lozim.
    Ikkinchi va keyingi boblarda o’rganilayotgan mavzu va masalaning hozirgi holati tahlil qilinadi hamda amaliyotda orttirgan tajribasi asosida mavjud kamchiliklarni bartaraf qilishga yo’naltirilgan taklif va tavsiyalar asoslanilishi zarur. Talaba tomonidan tahlil qilingan ma’lumot va manbalar asosida yuritishning ilg’or usullari dalillar yordamida asoslab beriladi. Takomillashtir ish bo’yicha qabul qilingan qarorlarning samaradorligi jadval va chizmalar orqali aniqlanadi.
    Xulosa qismida talaba kurs ishining asosiy qismida keltirilgan isbotlar va qarorlarning eng muhim ahamiyatga egalarini yoritadi. Kurs ishining mazmuni va matnida yozilgan taklif hamda tavsiyalarni xulosaga olib chiqishi kerak.
    KURS ISHINI HIMOYA QILISH
    Kurs ishi himoyasi ilmiy munozara xarakteriga ega bo’lib, ochiq tarzda, o’ta talabchanlik va qat’iyat bilan ilmiy bahs va muloqot odobiga rioya qilgan holda o’tkaziladi.
    Kurs ishining asosiy natijalarini bayon qilish uchun so’z talabaga beriladi. Kurs
    ishi himoyasi taqdimot yo’li bilan amalga oshiriladi. Kurs ishi mavzusi bo’yicha talabaga ma’ruza qilish uchun 10-15 daqiqagacha vaqt beriladi.
    Ma’ruzadan so’ng komissiya a’zolari talabaga og’zaki tarzda savollar beradilar. Savolga javob berishdan oldin talabadan diqqat bilan eshitish va yozib olish talab etiladi. Javoblar mantiqan lo’nda va dadil, isboti bilan berilsa, keyingi beriladigan savollarni tug’ilmasligiga zamin yaratadi.
    Barcha savol-javoblar tugaganidan so’ng komissiya a’zolari talabaning kurs ishi himoyasi bo’yicha bahosini qabul qiladi va tegishli qaydnomaga rasmiylashtiradi.

    Download 0,54 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi talabalari uchun

    Download 0,54 Mb.