|
KURS ISHI MAVZUSI BO’YICHA ILMIY ADABIYOTLAR VA BOSHQA MATERIALLARNI TO’PLASH
|
bet | 2/4 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 0,54 Mb. | | #245996 |
Bog'liq KURS ISHI TAYYORLASHKURS ISHI MAVZUSI BO’YICHA ILMIY ADABIYOTLAR VA BOSHQA MATERIALLARNI TO’PLASH :
Talaba tanlangan kurs ishi mavzusi bo’yicha yetarlicha material to’plashi shart. Shuni alohida ta’kidlash joizki, talaba o’ziga tegishli manbadan nusxa olib, uni alohida papkada yoki katalogda to’plashi maqsadga muvofiqdir. Ushbu papkada adabiyot va maqolalarning muallifi, nomi, nashr qilingan yili, nashriyot va hajmi aks ettiriladi. Adabiyotlar fondi yaratilgandan so’ng talabaga kurs ishini yozish va uni izohlash imkoniyati kengayadi. To’plangan barcha ilmiy-nazariy manbalar o’rganilib, kurs ishining kirish qismida ilmiy tortishuvlar shaklida qisqacha keltirilishi kurs ishining yanada mazmunli bajarishga imkon yaratadi
KURS ISHIGA QO’YILADIGAN ASOSIY TALABLAR
- Kurs ishining umumiy hajmi 40-70 betlardan iborat bo’lishi kerak;
- Kurs ishida yangi fikrlarni ifodalaydigan jumlalar xat boshidan yoziladi. Agar
- matnda chet tilidagi so’zlar, atamalar yoki gaplar bo’lsa, ular asliga to’g’ri holda to’laligicha yozilishi zarur;
- Kurs ishi varaqlarining tartib raqami pastdan o’rtaga qo’yiladi.;
- Kurs ishining titul varag’ini qabul qilingan namunaga mos ravishda rasmiylashtirish talab etiladi.;
- Kurs ishi bajarilganligi yuzasidan o‘qituvchi tomonidan taqriz berilishi shart;
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini rasmiylashtirish
Kurs ishi yakunida talaba tomonidan foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ko’rsatib o’tiladi. Ro’yxatda qonuniy-me’yoriy hujjatlar, Prezident asarlari, sohaga oid darslik va qo’llanmalar keltiriladi. Shuningdek, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatida matbuot (gazeta va jurnallar) ma’lumotlari, turli vazirlik va tashkilotlarning yillik hisobotlari, internet ma’lumotlari qayd qilinishi mumkin.
KURS ISHINI YOZISH
- Kurs ishi bo`yicha umumiy ish hajmi eng kamida 40 bet bo`lishi kerak(foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati va ilovalardan tashqari) .
- Titul varag’i bajarilgan kurs ishining birinchi beti hisoblanadi ;
- Kurs ishining ikkinchi betida kurs ishiga taqriz blankasi qo’yiladi;
- Uchinchi betda mundarija, unda kurs ishining tarkibiy tuzilishidagi savollar va barcha boshqa qismlar ko’rsatiladi
|
| |