-rasm. Gaz karotaji va lyuminestsent tahlilning sxematik egri shiziqlari




Download 11,69 Mb.
bet39/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

4.2-rasm. Gaz karotaji va lyuminestsent tahlilning sxematik egri shiziqlari (M.A.Jdanov, 1981) Gaz karotaji, uglevodorod gazlari miqdori: I – umumiy; II – og’ir; III – lyuminestsent tahlil natijalari.
Qum: 1 – neftli; 2 – gazli
Gaz karotaji diagrammasini talqin qilishda yuqorida qayd qilingan omillardan tashqari texnik sabablar va tadqiqotlar metodikasini hamda kongeologiyasi omillarini ham hisobga olish zarur. Bunday
omillarga: gaz omili miqdori, neftning fizik xususiyatlari, qatlam bosimi, suvli qatlamlarda erigan uglevodorodlarning mavjudligi, kollektorlarning neft-gazga to’yinganligi va b. kiradi.
Agar qatlamlarda gaz omili juda yuqori (50 m3/t va undan ko’p) bo’lsa va keng ko’lamda o’zgarsa, u holda gaz karotaji egri chizig’ida anomaliyalar yaqqol ifodalanadi va keskin farqlanadi. Gaz omili past qatlamlarda (30-40 m3/t va undan kam) o’tkazilgan gaz karotaji egri chizig’ida og’ir neft uyumlariga xos anomaliyalar sezilarli ifodalanmaydi va keskin o’zgarishlar kuzatilmaydi, shu sababli diagrammalarda ularni ajratish mumkin bo’lmaydi. Demak, gaz karotaji ko’rsatkichlariga neftning fizik xususiyatlari sezilarli ta’sir ko’rsata oladi, gazni neftda erish darajasi ham ularga bog’liq. Ma’lumki, og’ir neft uglevodorod gazlarini yaxshi erita olmaydi va uni kam miqdorda ajratadi; engil neft esa uglevodorod gazini yaxshi va ko’p miqdorda eritadi, qatlam bosimi pasayganda uni tez ajrata oladi.
Suvli qatlamlarda erigan uglevodorod gazlarining bo’lishi gaz karotaji diagrammasini buzib yuborishi mumkin. Ushbu omilning ta’siri yaxshi o’rganilgan bo’lsada, amaliyotda egri chiziq dalillarini talqin qilishda, erigan uglevodorod gazlari miqdorini aniqlash va hisobga olish lozim bo’ladi. Gaz karotaji diagrammasini talqin qilishda, shuningdek, jinslarni gaz va neftga to’yinganlik miqdorini gaz karotaji ko’rsatkichlariga ta’sirini ham hisobga olish kerak.
Gaz karotaji diagrammasi sifatiga bir qator omillar ta’sir etadi: olingan namuna tahlili natijalarini quduq chuqurligiga moslay olmaslik; gil eritmadagi mavjud gaz fonini diagrammadagi gaz anomaliyalarini buzib yuborishi; suyuq neftni gil eritmaga singishi; gazda yonmaydigan nouglevodorod gazlarning bo’lishi va sh.k.
Gaz karotaji egri chizig’ini tuzishda gil eritma namunalari tahlili natijalaridan gazsimon uglevodorodlarni qatlamdan chiqib, gil eritmaga qo’shilgan chuqurligini aniqlash va belgilash katta ahamiyatga egadir. Quduq og’zida gil eritma va shlamdan tahlil uchun namuna olingan vaqt quduq chuqurligiga mos kelmaydi, chunki gaz b-n to’yingan gil eritmasi quduq tubidan uning og’zigacha ko’tarilguncha quduq tubi ma’lum bir miqdorga chuqurlashgan bo’ladi. SHu sababli gaz karotajida quduq chuqurligini aniqlash muhim hisoblanadi.
Namuna olingan haqiqiy chuqurlik quduqda gaz namoyonlangan (zohiriy) chuqurlik bilan namunani quduq tubidan uning og’zigacha ko’tarilishiga ketgan vaqt davomida qazilgan intervallar farqi orqali aniqlanadi. Quduq tubi chuqurligi burg’ilash uskunalari uzunligini o’lchash bilan aniqlanadi, ular oralig’ida esa gaz karotaji stantsiyasida qayd qilingan quduqni chuqurlashtirish ma’lumotlaridan foydalanib topiladi. Gil eritmasini quduq tubidan uning og’zigacha ko’tarilishiga ketgan vaqt quduqning haqiqiy chuqurligidan (namuna olingan vaqtdan) avvalroqdagi chuqurligini bildiradi. Gil eritmasini quduq og’ziga kechikib etib kelishi, ya’ni kechikish vaqti quduq chuqurligiga va eritmani aylanish tezligiga bog’liq.
Quduq diametrini va burg’ilash nasosi sarfini o’zgarmas miqdor deb hisoblab, eritmani kechikish vaqti (T) quyidagi tenglama orqali topiladi
T =H (D2 -d2 ) ,

118,5Q
bunda N ― quduq chuqurligi, m; D ― quduq burg’ilangan doloto diametri, mm;
d ― burg’ilash quvurining tashqi diametri, mm; Q-burg’ilash nasosi sarfi, l/s.
Agar quduq turli diametrli dolotalar bilan burg’ilangan bo’lsa, kechikish vaqti har bir uchastka (doloto diametri o’zgargan interval) uchun alohida hisoblanadi va olingan natijalar qo’shiladi. Kechikish vaqtini ushbu usulda aniqlash quduq diametri doloto diametri bilan teng bo’lganda natija beradi. Agar, quduq diametri doloto diametridan farqlansa, chuqurlikni hisoblash natijalariga kavernometriya ma’lumotlaridan foydalanib tuzatishlar kiritiladi.
Burg’ilash nasosini sarfi ham dvigatelning ish rejimi va nasos tsilindrining to’lish koeffisientini vaqt davomida o’zgarishiga ko’ra turlicha bo’lishi mumkin. SHu sababli kechikish vaqtini indikatorlar yordamida aniqlash yaxshi natija beradi. Buning uchun burg’ilash quvurlarini ishchi quvur (kvadrat)ga burab kiritishdan oldin uning ichiga indikator-tsellofan qirindi (uzunligi 1,5 sm li 50 dona), qipiq (1 kg) yoki suli (1 kg) solinadi, so’ngra burg’ilash quvuri quduq tubiga tushirilib, nasosdan gil eritma haydaladi va indikatorni gil eritma bilan yer yuzasiga chiqish vaqti qayd qilinadi.
Quduq har 25-50 m qazilganda kechikish miqdoriga quduq tubini chuqurlashishidan kelib chiqqan holda tuzatishlar kiritiladi (yangi qazilgan intervaldan gil eritmasi namunasining yer yuzasiga ko’tarilishiga ketgan vaqt qo’shiladi).
Kechikish vaqtini yuqorida qayd qilingan usullarda hisoblashda aniq ma’lumotlar olib bo’lmaydi, ayniqsa yuqori gaz ko’rsatkichlariga ega bo’lgan qatlamlarning yotish chuqurligini aniqlashda xatoga yo’l qo’yiladi. Bunday chuqurliklar gaz karotaji diagrammasini quduq kesimining boshqa metodlar (mas., elektr karotaj) yordamida o’rganilgan diagrammalari bilan taqqoslash orqali aniqlashtiriladi.
Gaz karotaji yordamida quduq kesimida neftli va gazli qatlamlarni to’g’ridanto’g’ri ajratish mumkin. Lekin, gaz karotaji ma’lumotlaridan fodalanishda diagrammalarni talqin qilishning yuqorida qayd qilingan murakkabliklarini hisobga olish zarur. Gaz karotajining ahamiyati boshqa tadqiqot metodlari bilan birgalikda burg’ilangan quduq kesimida neft-gazli qatlamlarni katta aniqlikda ajratishda ko’rinadi.

Download 11,69 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Gaz karotaji va lyuminestsent tahlilning sxematik egri shiziqlari

Download 11,69 Mb.