|
Fotokarotaj va uni izohlash
|
bet | 41/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi
Quduq devorini suratga olish (fotokarotaj) jinslarning litologik tarkibini aniqlash
hamda ularning g’ovakliligini va darzliligini (ko’proq karbonat jinslarda) o’rganish maqsadida amalga oshiriladi.
Suratga olish quduqqa tushiriladigan karotaj kabeliga o’rnatilgan FAS1 fotoapparati bilan amalga oshiriladi. Asbobning diametri 102 mm bo’lib, 600S gacha temperaturada va 50 MPa bosimda ishlay oladi. Quduq devorini aylana bo’ylab 7 sm diametrda har 10-25 sm da suratga oladi. Asbob quduqqa bir marotaba tushiribko’tarilganda 25 m intervalni tekshira oladi. Fotosuratlardan zich, darzli va kovakli jinslarni ajratish mumkin.
Suratlarni quduq devorining asl o’lchamiga mos kelguncha kattalashtirish imkoni bor. Quduq toza va tiniq suyuqlik bilan to’ldirilib, olingan suratlardagi tasvirlar ravshan bo’lib, ulardan foydalanish oson kechadi. YUvuvchi suyuqlik sifatida suvdan foydalansa neft va gaz uchun burg’ilanayotgan quduqlarda olingan suratlar tiniq chiqadi, bunda fotoapparatni quduqqa tushirishdan oldin u toza suv bilan 0,5-1,0 soat davomida yuviladi.
Neft, ko’mir va ruda konlarida hamda gidrogeologik maqsadlar uchun qazilayotgan quduqlar devorini suratga olish natijasida kollektorlar, suv qatlamlari va g’ovaklar bo’shlig’i strukturasini aniqlash mumkin bo’ladi.
Fotosuratlarda darzliklar aniq chegaralarga ega bo’lgan yo’l-yo’l chiziq sifatida ko’rinadi. Chiziqlarning egri-bugriligi stilolitli (qatning oddiy ko’z bilan ko’rinadigan ustunsimon yoki do’ng joyidagi) choklarga xos; kovaklar, ayniqsa yiriklari xira dog’ ko’rinishini oladi. Suratlardan eni 40 mkm dan katta bo’lgan darzliklarnigina ilg’ash mumkin.
Oqish rangli material (masalan, kaltsit) bilan to’lgan darzliklar stilolit choklari va ochiq darzliklarga ko’ra yaxshi farqlanadi. Fotosuratlarda darzliklar yo’nalishi, rivojlanishi va ochiqligi yaxshi ko’rinadi. SHuningdek, ularda diametri 1-3 mm gacha bo’lgan hamda ishqorli zonalarda diametri bir necha sm dan 10 sm gacha va undan yirik ochiq makrobo’shliqlar yaxshi ifodalanadi. Bunday darzlik va bo’shliqlarni kern materiali asosida aniqlash va o’rganishning imkoni yo’q. SHu bilan birga quduq kesimida bunday darzlik va bo’shliqlarning bo’lishi burg’ilash chog’ida gil eritmasining jadal yutilishiga olib keladi.
Darzlik va bo’shliqlardan tashqari fotosuratlarda jinsning donadorligi, qatqatligi, yertomirchalar, izlar va mayda strukturalarning borligi yaxshi ko’rinadi.
Fotosuratlarni izohlashda (masalan, kern namunasi yuzasini) mikroskopdan foydalaniladi, olingan ma’lumotlardan jinslarning kollektorlik xususiyatlarini (g’ovakliligi, o’tkazuvchanligi va sh.k.) va darz ketganligini aniqlashda foydalaniladi. Mikroskopning o’lchov shkalasi yordamida dastlab darzlikning butun uzunligi bo’yicha ochiqliligi aniqlanadi, so’ngra darzlikning ochiqliligining o’rtacha qiymati va darzlarning zichlik koeffisienti hisoblab topiladi. Fotokarotaj natijalarini o’rganish asosida darzlikning zichligini o’rtacha arifmetik qiymati aniqlanadi va undan foydalanib, ma’lum bir interval uchun jinslarning darzlilik koeffisienti hisoblanadi.
Fotokarotajdan, shuningdek, quduq holatini nazorat qilishda, ya’ni mustahkamlash quvurlari birikmasining zararlangan joylarini aniqlashda, quvurni perforatsiya natijalarini ko’zdan kechirishda va gidravlik yorishni nazorat qilishda foydalaniladi.
|
| |