• 4.4.7. Termokarotaj va uni izohlash
  • rasm. Quduq kavernogrammasi




    Download 11,69 Mb.
    bet44/252
    Sana04.12.2023
    Hajmi11,69 Mb.
    #110957
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   252
    Bog'liq
    NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

    4.4 rasm. Quduq kavernogrammasi (M.A.Jdanov,
    1981): 1 – qumtosh; 2 – gil; 3
    – gilli qumtosh yoki alevrolit;
    4 ohaktosh; r=1,60 Omm; ds=273 mm

    Demak, diagramma ma’lumotlariga ko’ra quduq kesimidagi jinslarning litologik tarkibini aniqlash hamda suyuqlik o’tkazadigan va o’tkazmaydigan qatlamlarni ajratish mumkin bo’ladi. SHuningdek, quduqlar kesimini o’zaro taqqoslash, quvur tashqi

    bo’shlig’i hajmini hamda uni sementlashga
    sarflanadigan sement miqdorini bilish, quduqda sodir bo’lgan falokatlarni bartaraf etish mumkin.

    4.4.7. Termokarotaj va uni izohlash


    Termokarotaj tog’ jinslarining o’zidan issiqlik o’tkazish qobiliyatini o’rganishga asoslangan bo’lib, quyidagi maqsadlarda bajariladi:

    1. burg’ qudug’i bilan ochilgan geologik kesimda temperatura o’zgarishini o’rganish va geotermik gradientni aniqlash;

    2. burg’ilanayotgan quduq bo’ylab temperaturani aniqlash. Olingan ma’lumotlarga asoslanib, karotaj ma’lumotlarini izohlash, burg’ilash uskunalari va geofizik asboblarning ishlatish sharoitini baholash;

    3. quvur tashqi bo’shlig’ida sementning ko’tarilish balandligini aniqlash;

    4. quduqlarning texnik holatini tadqiq qilish. Quduqda hosil bo’lgan temperatura me’yorida emasligini bilgan holda qatlamdagi flyuid oqimining quduqqa sizib kiradigan joyini, quduqda aylanayotgan gil eritma miqdorining kamayishi orqali uning qatlamga sizilish zonasini, quvur tashqi bo’shlig’ida suyuqlik harakatlanayotgan chegara oralig’ini aniqlash va b.

    Quduqlardan olingan karotaj ma’lumotlari tahlili tog’ jinslarining issiqlik xususiyatlari ularning litologik tarkibiga, zichligiga, suvga to’yinganligiga, qatlanishiga va sh.k.ga bog’liqligini ko’rsatadi. Kesimning geologik tuzilishini o’rganish maqsadida termokarotaj kamdan-kam o’tkaziladi, chunki cho’kindi jinslar issiqlik xususiyatlariga ko’ra bir-biridan deyarli farqlanmaydi. Agar quduq burg’ilash eritmasi bilan to’ldirilsa, u holda turli issiqlik xususiyatiga ega bo’lgan jinslardan ajralayotgan issiqlik quduqda mo’’tadillashadi, ya’ni termokarotaj egri chizig’ida temperaturaning keskin o’zgargan va anomal o’zgarishlarga duchor bo’lgan intervallari qayd qilinmaydi.

    Download 11,69 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   252




    Download 11,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    rasm. Quduq kavernogrammasi

    Download 11,69 Mb.