|
BURG’ILASH VA QUDUQNI SINASH MATERIALLARINI GEOLOGIK HUJJATLASHTIRISH
|
bet | 52/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi 4.6. BURG’ILASH VA QUDUQNI SINASH MATERIALLARINI GEOLOGIK HUJJATLASHTIRISH
Geologik xizmat xodimlari burg’ilash jarayoni hujjatlarini o’z vaqtida va bexato tuzilishiga ahamiyat berishlari lozim. Oldingi boblarda qayd qilinganidek, quduqni burg’ilash boshlanishidan avval texnik loyihasi va smetasi tuziladi. Bunday birlamchi hujjatlar har bir quduq yoki ishlatish quduqlarini burg’ilashda quduqlar guruhi uchun tayyorlanadi. Loyiha texnik va geologik qismlardan iborat bo’lib unga geologiktexnik naryad ilova qilinadi.
Birlamchi hujjatlar yuqori tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan va qabul qilingan yagona shakl bo’yicha tuziladi, hozirgi vaqtda zamonaviy kompyuter vositalaridan ham keng foydalanilmoqda. Burg’ilashning asosiy geologik hujjatlari quydagilardan: burg’ilash jurnali, kon-geofizik tadqiqotlar natijasida olingan karotaj diagrammalari, kern tavsifi, quduqning umumlashgan kesimidan iborat.
Burg’ilash jarayonida eng birinchi tuziladigan hujjatlarga quydagilarni kiritish mumkin: quduqni sutka davomida burg’ilanganligi to’g’risidagi axborot, kollektor daftari, vaxta (navbatchi burg’ilash brigadasi) jurnali va b. Bunday hujjatlarda xronologik (bajarilgan ishlarni ketma-ket ko’rsatib yozish) tartibda burg’ilash jarayonining borishi, quduqda yuvuvchi suyuqlik harakati, neft, gaz, suv namoyonlanishini kuzatish, mustahkamlash quvurlari birikmasini tushirish va sementlash, uning germetikligini sinash, quvurni perforatsiyalash va qatlamni sinash to’g’risidagi ma’lumotlar yoziladi. Sutkalik axborot sxemasi 4.2-jadvalda berilgan.
Har bir quduq uchun quyidagi jarayonlar bo’yicha dalolatnomalar tuziladi va saqlanadi: 1) burg’ilash nuqtasi (joyi)ni topshirish va quduq qazish; 2) quduq burg’ilashni boshlash va tugatish; 3) mustahkamlash quvurlari birikmasini tushirish va sementlash; 4) mustahkamlash quvurlari birikmasining germetikligini sinash; 5) burg’ilash chog’ida qatlam sinagichi yordamida mahsuldor gorizontlarni sinash natijalari; 6) mustahkamlash quvurlari birikmasini perforatsiyalash; 7) quduqni sinash natijalari va sh.k.
4.2-jadval
|
| |