-rasm. Shkapov neft koni kesimining mahsuldor qismi bo’yisha o’tkazilgan standart karotaj diagrammalarining taqqoslash sxemasi




Download 11,69 Mb.
bet55/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

5.1-rasm. Shkapov neft koni kesimining mahsuldor qismi bo’yisha o’tkazilgan standart karotaj diagrammalarining taqqoslash sxemasi (N.A.Perkov, 1981): 1 – qumtosh; 2 – ohaktosh; 3 – argillit
Yuqorida qayd etilgan qatlamlar elektr karotaj diagrammasida ko’rsatkichlarining doimiyligi bilan ajralib turadi, bu esa taqqoslanayotgan quduqlarda ularning litologik tarkibining izchilligidan darak beradi. Quduqlarning bir-biridan uzoq masofada va strukturalarning turli qismlarida joylashganligini hisobga olsak, qatlamlarning litologik tarkibining konning hamma qismida bir xilliligini ko’ramiz.
Quduqlarning standart karotaji ma’lumotiga ko’ra ajratilgan to’rtta qatlamning har birini elektrli xususiyati o’ziga xos bo’lib, ular yordamida quduqda karotaj o’lchovlari amalga oshirilayotgan paytda quduqning tubi kesimning qaysi qismida joylashganini aniq aytish mumkin.
PS karotajining eng minimal qiymatlari bo’yicha belgilangan. Qumtosh qatlamlardan iborat mahsuldor gorizontlar terrigen jinslar pachkasi ichida joylashgan bo’lib, yuqorida ta’riflangan ohaktoshlarni ajratib turadi. Odatda mahsuldor gorizontlarning solishtirma qarshiligi ularning neftga to’yinganlik darajasiga bog’liq.
5.1-rasmda berilgan taqqoslash sxemasida mahsuldor qumtosh qatlamlar qalinligi va litologik tarkibining o’zgaruvchanligi hamda ularning vertikal chegarasini tayanch ohaktosh gorizontlari chegarasiga nisbatan surilgani bilan tavsiflanadi. Masalan, 10-quduqning kesimining yuqori qismida joylashgan qumtosh gorizonti 15-quduqda pastga qarab surilgan va «qora ohaktosh» qatlamidan gil qatchasi orqali ajralgan. 13-quduqdagi asosiy qatlam bilan bir qatorda «qora ohaktosh» gorizonti ustki qismi yaqinida qo’shimcha qum qatchalari (1945-1952 m) ham namoyonlanadi; 16-quduqda esa bu qatcha ohaktosh ustki qismi ustida joylashadi.
Ohaktosh qatlamining o’rtasidagi ikki qatchalar orasida joylashgan mahsuldor gorizontning litologik o’zgaruvchanligi faqat 14-quduqda qayd qilinadi, 10,15 va 13quduqlarda bu gorizont gilli qumtosh va alevrolitlardan tarkib topadi, 16-quduqda esa gil jinslar bilan o’rin almashgan. Ohaktosh qatlamining o’rta va pastki qatchalari orasidagi gorizont bir (10 va 15-quduq) yoki ikki (13 va 14-quduq) qatlamdan tarkib topgan. 16-quduqda ushbu gorizont almashinib keluvchi qumtosh va argillitlardan iborat.
Stratigrafik gorizontlar ichidagi mahsuldor qatlamlar qalinligining va fatsial tuzilishining o’zgaruvchanligi, ular chegaralarining o’zgarib turishi o’rganilayotgan maydon chegarasida ushbu qatlamlar ayrim, bir-biridan chegaralangan qumtoshalevrolitli linzalardan iborat bo’lishi mumkin.

Download 11,69 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Shkapov neft koni kesimining mahsuldor qismi bo’yisha o’tkazilgan standart karotaj diagrammalarining taqqoslash sxemasi

Download 11,69 Mb.